Oshxona

Dunyodagi eng qimmat taom va mahsulotlar

Dunyodagi eng qimmat taom va mahsulotlar
Dunyodagi eng qimmat taom va mahsulotlar

La Bonnotte kartoshkasida yoqimli yongʻoq lazzati va limon aromati bor. Bu kartoshkaning navi 1930-yillarda paydo boʻlgan, ammo u birinchi oʻn yilliklarda talabga ega emas edi. Noyob kartoshkaga taniqlik 1995 yilda keldi va narxining oshishiga sabab boʻldi: oʻshanda 1 kg mahsulot uchun rekord narx belgilandi - 475$, va shundan beri u doimo oʻsib bormoqda.

Dunyodagi eng qimmat taom va mahsulotlar

Kartoshka Atlantika okeanidagi Frantsiyaning Nurmuatye orolida oʻsadi. Narxining balandligi uni yetishtirish usuli bilan bogʻliq. 

Dunyodagi eng qimmat taom va mahsulotlar

Kartoshka dalalari faqat nasldan naslga oʻtib borayotgan texnologiya yordamida dengiz oʻtlari bilan oʻgʻitlantiriladi. Ushbu nav faqat qoʻlda ekiladi va yigʻib olinadi va bir kilogramm narxi 500 yevroga teng.

Dunyodagi eng qimmat taom va mahsulotlar

Eng qimmat chuchvara Bronks hududida joylashgan "Oltin Geyts" restoranida rus muhojirlari uchun tayyorlanadi. Taomning narxi yuqoriligi ungagi mol, losos va choʻchqa goʻshtidan tashqari, dengiz qaʼrida yashaydigan mashʼal baligʻining bezi qoʻshilganligi sabablidir. 

Dunyodagi eng qimmat taom va mahsulotlar

Aynan ana shu baliq bezi sababli chuchvara past yorugʻlikda koʻk-yashil rangda yonadi. 8 ta chuchvaraning narxi 2 400$, 16 taniki esa 4 400$ ga teng.

Dunyodagi eng qimmat taom va mahsulotlar

Beluga-albinos - bu Kaspiy dengizida yashaydigan yirik osyotr baligʻidir. Albinos beluga tillarang ikrasini juda kamdan-kam hollarda - har 100 yilda bir marta qoʻyadi, shuning uchun uning narxi juda yuqori.

Dunyodagi eng qimmat taom va mahsulotlar

1 kilogramm uvildiriq (ikra) ning narxi 8 500 yevroga teng.

Dunyodagi eng qimmat taom va mahsulotlar

Oq trufellar - dunyodagi eng qimmat taom. Bir dona qoʻziqorinning narxi 2 000 yevro. Bu trufellarda oʻziga xos hid bor, ammo shunga qaramay u har-xil taomlar bilan birga isteʼmol qilinadi. 

Dunyodagi eng qimmat taom va mahsulotlar

Dunyoda iqlim oʻzgarishi sababli, bu trufellarni yetishtirish yildan yilga qiyinlashib bormoqda.

Dunyodagi eng qimmat taom va mahsulotlar

Wagyu yapon marmar mol goʻshti dunyodagi eng mazali, mashhur va qimmatbaho goʻshtlardan biridir. U ajoyib xushboʻy hidli, marmarligi A4 va taniqli yogʻli tuzilishga ega. Bunday goʻshtni beradiganYaponidagi Vagyu naslli zotdor novvoslarga olijanob xoʻjayinlarga qaragandek munosabatda boʻlishadi: ular massaj oladilar, pivo ichadilar va klassik musiqa tinglaydilar. Bunday goʻshtning 1 kg narxi 450 dollarga boradi.

Dunyodagi eng qimmat taom va mahsulotlar

Dunyodagi eng qimmat pishloqlardan biri bugʻu pishloqlari hisoblanadi. Bu pishloq faqat bir joyda tayyorlanadi - Shvetsiyadagi Moose House fermasida. Uni tayyorlash uchun buʼgu sutidan foydalaniladi. Rangi oq boʻladi, narxi 1 000 yevro 1 kilogramm uchun. 

Dunyodagi eng qimmat taom va mahsulotlar

Bu shoʻrva qaldirgʻoch soʻlagidan tayyorlanadi. 1 kilogramm narxi 3 000$. Bunday qimmat narx kerakli masaliqlarning qiyin topilishi bilan bogʻliq - qaldirgʻoch soʻlagini faqatgina uning uyasidan topish mumkin. Ular uyalarini juda ham baland va noqulay joyga qurishadi.

Dunyodagi eng qimmat taom va mahsulotlar

Kopi-luvak qahvasini tayyorlash uchun qahva daraxtining yangi mevalari musang nomli hayvonlarga beriladi. Bu hayvon qahvani yeb, hazm qiladi va ichi boʻshaganda qahva donachalarini tushuradi. Bunday qahva donachalari odamlar tomonidan yigʻib olinadi, yuvib-tozalanadi va quyoshda quritiladi. 
Tailandda tayyorlanadigan Black Ivory navli 1 kilogramm qahva 1000$ turadi. Bu qahva navini yetishtirish uchun uni fillarning hazm qilish tizimidan oʻtkazish kerak boʻladi. Daromadning 10% i fillarga veterinar yordam koʻrsatish hamda ularning dori-darmoni uchun ajratilinadi.

Dunyodagi eng qimmat taom va mahsulotlar

Narxi 1 kilogramm uchun 400$ dan 1 000$ gacha boʻlishi mumkin. Bunday qimmatligi sababi, zafaron yiliga atigi 7 kun (kuzda) gullaydi. 1 kilogramm zafaron tayyorlash uchun oʻrtacha 300 ming gulni terib olish kerak boʻladi.

Dunyodagi eng qimmat taom va mahsulotlar

Royal 007 pitsasini Domeniko Krolli ismli oshpaz 4 200$ ga tayyorlagan, va bu dunyodagi eng qimmatbaho taomlar roʻyxatiga kiritilgan. 30 santimetrlik pitsada konyakli tuzlamaga botirilgan lobster, shampanskiy qoʻshilgan ikra, dudlangan losos, uksus, bugʻu goʻshti va porshuta bor hamda bularning hammasining ustidan yeyishga moʻljallangan 24 karatli zarhal quyilgan. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar