Yulduzlar hayoti: Xeyli Biber haqidagi siz bilmagan 10 fakt

1. Xeyli Biberning sevimli ichimligi fundukli frappuchino hisoblanadi.

2. Jastin Biber rafiqasi uchun goʻzallik timsoli - Margo Robbidir.

3. Xeyli oʻz vaqtida balerina boʻlishni orzu qilgan. Amerika Balet teatr maktabida ushbu raqs turidan saboq olgan va oyoq sohasidan jarohat olgani sababli ham raqsdan voz kechishga majbur boʻlgan.

4. Modellik faoliyatini 2014 yildan boshlagan.

5. Biberning sevimli sport turi boks boʻlib, bir necha yil avval mazkur sport turi bilan shugʻullangan va uni raqsga qiyoslagan.

6. U professional model sifatida ovqatlanish sifatiga juda koʻp eʼtibor beradi va hech qachon fast-fud isteʼmol qilmaydi.

7. Uning sevimli xonandasi Adel boʻlib, xonandaning qoʻshiqlari uni koʻz yosh toʻkishga majbur qilar ekan.

8. Xeyli jinsi shimlarini qaychi bilan qoʻlbola usulda oʻzi kesib olishni yaxshi koʻradi.

9. Xeyli Jastin Biber bilan 2009 yilda tanishib qolgan. Uning otasi Stiven Bolduin oʻz qizini "Today Show"ga olib boradi va boʻlgʻusi juftlik shu yerda ilk bor toʻqnash keladilar.

10. Xeyli 8 sinfdan keyin maktabga bormagan va oʻqishni uyida davom ettirgan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



