Qiziqarli

Qomatdagi kamchiliklarni berkituvchi liboslar

Qomatdagi kamchiliklarni berkituvchi liboslar

"A-siluet" uslubidagi liboslar eng mashhur variantlardan biri boʻlibgina qolmay , modadan sira ham tashqariga chiqmaydi. Ushbu shakldagi bichim haqiqatdan ham A harfiga oʻxshaydi.  Agar siz ushbu uslubdagi libosni tanlasangiz haqiqatdan ham qomatdagi ayrim kamchiliklarni berkitishingiz mumkin boʻladi.

Qomatdagi kamchiliklarni berkituvchi liboslar

2. Trapetsiya koʻylak. Ushbu turdagi koʻylak, albatta, tropetsiya shakliga oʻxshaydi, chunki kesish pastki qismga qarab kengayadi. Koʻpchilik "tropersiya” fasonni A-Siluet bilan birlashtiradi. Umuman olganda, bu yuqorida aytib oʻtilgan fasonning oʻzgartirilgan versiyasidir. Faqat uning tarkibidagi kengaytma kattaroqdir. Aksessuarlarni almashtirish orqali siz turli xil uslublarda ansambllar yaratishingiz mumkin: shoxona uslubdan, ofis uslubigacha. Libosning bel qismi keng boʻlgani bois, koʻylak kalta boʻlgan holatda ham hunuk koʻrinmaydi. Ushbu fason dizaynerlariga qancha minnatdorchilik bildirsak kam, chunki ularning hizmatlari orqali qomatning kamchiligini berkitibgina qolmay jozibali koʻrinishga ham ega boʻlasiz.  

Qomatdagi kamchiliklarni berkituvchi liboslar

3. Draperovkali libos. Drapirovkali libosni hamma doʻkonlardan ham topa olmaysiz, biroq u bilan kiyim javoningizni boyiting. Birinchidan ortiqcha vaznga ega boʻlsangiz uni berkitadi, ikkinchidan esa juda original koʻrinadi va eʼtiborni jalb qiladi. Bunday fason uchun yengil, tabiiy va toʻkilib turadigan materiallarni tanlang, aks holda u shaklingizni yanada toʻla koʻrsatib qoʻyishi mumkin.

Qomatdagi kamchiliklarni berkituvchi liboslar

4. Baskali libos – bu fason mato boʻlagidan kiyimga tikilgan parcha. Bunday  baskalar milliy liboslarning ajralmas qismi edi. Baska nomi ham shundan kelib chiqqan. Endi har qanday burmalar modaga kirganligi sababli, baska koʻylak nafaqat qorinni yashiradi, balki juda original uslub boʻlib qoldi.

Qomatdagi kamchiliklarni berkituvchi liboslar

5. "Prinsessa” uslubidagi libos. Kesilgan shakliga qarab, malika libosi "A-siluet" kichik turlariga tegishli, farqi shundaki, a-Siluet har doim bitta boʻlakdan iborat boʻladi. Bunday uslubda bel chizigʻi yuqoriga koʻtarilgan boʻladi.  Agar siz ushbu uslubni yanada yorqin koʻrsatish niyatida boʻlsangiz tanlaydigan libosingizni yeng qismiga ham alohida eʼtibor qarating. 

Qomatdagi kamchiliklarni berkituvchi liboslar

6. Qum soat shaklidagi libos. Belingiz shaklini ingichkaroq koʻrsatmoqchimisiz? Qumsoat shaklidagi libos koʻzni vizual aldab qomatni nozik qilib koʻrsatishga qodir.

Qomatdagi kamchiliklarni berkituvchi liboslar

7. Ruffles kiyinish . Yuqorida aytib oʻtganimizdek,ruffles moda liboslarining zamonaviy uslubiga aylandi. Baskalar singari, ular qorin boʻshligʻini berkitishga yordam beradi, ayniqsa bel chizigʻi juda yuqori boʻlgan modellarda.

Qomatdagi kamchiliklarni berkituvchi liboslar

8. Pufakli koʻylak. Berkitish hususiyatiga ega yana bir ajoyib uslub. Bunday koʻylaklarni tagi ishganligidan tanib olish mumkin (odatda, ichkariga qayrilgan boʻladi). Shu bilan birga, koʻylakning yuqori qismi unchalik keng emas . Ushbu ajoyib libos uchun Dior moda uyi dizaynerlaridan qarzdormiz.

Qomatdagi kamchiliklarni berkituvchi liboslar

9. Futlyar fason.  Kichkina qora koʻylak ayollar garderobining asosiy elementi hisoblanadi. Futlyar qora koʻylak raqobatdan umuman tashqarida. Ushbu uslubni Oudrey Xepbern, Jaklin Kennedi, Edit Piaf kabi yulduzlar afzal koʻrdilar. AQShning sobiq birinchi xonimi Mishel Obama ham futlyar kiyishni afzal koʻradi. Ushbu uslubning goʻzalligi shundaki, u qoringa eʼtibor qaratmaydi. Odatda, koʻylakda yumaloq boʻyin chizigʻi (yoki umuman boʻyin chizigʻi yoʻq), Koʻylakning uzunligi tizzadan yoki midi uzunligidan iborat. 

Qomatdagi kamchiliklarni berkituvchi liboslar

10. Tyulli libos

Tyulli kalta libos bilan siz ajoyib koʻrinishga ega boʻlishingiz, hamda qorinni yashirishingiz mumkin. Ushbu bichimdagi libosni tanlaganingizda kokteyl ranglisini va tyuli koʻpini tanlang. Bunday fason hattoki boʻlajak onaning qornini bilintirmay turishga qodir. Ishonmaysizmi? Unday boʻlsa, Megan Marklning liboslarini koʻrib chiqing.

Qomatdagi kamchiliklarni berkituvchi liboslar

11. Sariy uslubda kiyinish

Bazm uchun noodatiy libos qidiryabsizmi?Goʻzal hind sarisidan ilhom oling. Shunda atrofingizdagilar sizdan nigohini uza olmay qolishadi. Yelkadan sari shleyfini tashlab oling. U sizga qorinni bilintirmaslikka koʻmaklashadi. Bunday koʻylakka sharqona uslubdagi manikyur ajoyib qoʻshimcha boʻladi.

Qomatdagi kamchiliklarni berkituvchi liboslar

Xaloskor koʻylaklar, albatta, muammoning yechimi, ammo qomat va sogʻliq uchun eʼtibor qaratishni chetga surib qoʻymang. Hamisha chiroyli ,sarvqomad va sogʻlom boʻling.  

Qomatdagi kamchiliklarni berkituvchi liboslar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar