Qiziqarli

Dunyodagi ajoyib va qoʻrqinchli liftlar

Dunyodagi ajoyib va qoʻrqinchli liftlar
Dunyodagi ajoyib va qoʻrqinchli liftlar

Bu lift Xitoyning Hunan viloyatida Chjanjiajie milliy bogʻida joylashgan. U ulkan togʻ tizmasi yonidan oʻtib, bir necha daqiqada sayyohlarni 330 metr balandlikda joylashgan togʻ choʻqqisiga olib chiqadi, bu yerda kuzatuv punkti oʻrnatilgan. Lift Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan boʻlib, u “ochiq havoda” joylashgan dunyodagi eng baland lift hisoblanadi.

Dunyodagi ajoyib va qoʻrqinchli liftlar

Koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilar 1000ta zinadan tepaga chiqmasliklari uchun AQShning eng baland yodgorligi – Sent-Luisdagi Gateway Arkasi lift bilan jihozlangan. Liftning eshiklari shishadan qilingan, shuning uchun tashrif buyuruvchilar binoning ichki tuzilishini koʻrishlari mumkin.

Dunyodagi ajoyib va qoʻrqinchli liftlar

Shotlandiyadagi Union va Ford Clyde kanallari orasidagi balandlik farqi 24 metrni tashkil qiladi. Ilgari ular oʻn bitta shlyuz bilan bogʻlangan edi, ammo 1930 yillarda kanalni yopishga qaror qilishgan. 20-asr oxirida qayta qurish jarayonida eski noqulay muhandislik tizimining oʻrniga kanal qulflangan kema lift bilan jihozlanishi taklif qilindi. Lift gʻildiragining burilish vaqti taxminan 15 minut. Kanallarga yoʻnaltirilgan sayohatni tanlab, sayyohlar dunyodagi yagona aylanadigan gidravlik liftning ishini ichkaridan koʻrishlari mumkin.

Dunyodagi ajoyib va qoʻrqinchli liftlar

Injenerlar Berlindagi Radisson Blu mehmonxonasi xollida joylashgan dunyodagi eng katta shoʻr suvli akvarium ichki qismida shaffof liftni oʻrnatishdi. Osmonga koʻtarilish paytida tashrif buyuruvchilar suv osti dunyosini 360 gradus panoramasiga kirish imkoniyatiga egalar. Akvariumda 97 turdagi 1500 baliqlar bor.

Dunyodagi ajoyib va qoʻrqinchli liftlar
Dunyodagi ajoyib va qoʻrqinchli liftlar

Balandligi 1113 metr boʻlgan Hammetshvand tepaligi Burgenstok yarim orolidagi eng baland joy. Bir daqiqa vaqt ichida 152 metr balandlikka koʻtariladigan yuqori tezlikda ishlaydigan lift bilan tepaga chiqishingiz mumkin.

Dunyodagi ajoyib va qoʻrqinchli liftlar
Dunyodagi ajoyib va qoʻrqinchli liftlar

SkyView lifti Stokgolmni qushlarning koʻzi bilan koʻrish imkonini beradi. 1 m/s tezlik bilan shisha gondola dunyodagi eng katta sharsimon tuzilish - Globe Arena tomi boʻylab harakatlanadi va yoʻlovchilarini dengiz sathidan 130 metr balandlikka yetkazadi.

Dunyodagi ajoyib va qoʻrqinchli liftlar

Londondagi Lloyd binosining ikkinchi nomi - ichkaridan teskari uy. Bu nomni bino arxitektorlar tashqi muhandislik kommunikatsiyalari, zinapoyalar va liftlarni tashqi tarafda joylashtirganligi sababli oldi. Barcha 12 liftning devorlari shishadan yasalgan boʻlib, u koʻtarish paytida atrofni bemalol koʻrinishini taʼminlaydi. Binoga faqat xodimlar kirish huquqiga ega, ammo har yili Londonning “Ochiq eshiklar kuni” paytida har kim Lloyd binosiga kirib, liftda sayohat qilishi mumkin.

Dunyodagi ajoyib va qoʻrqinchli liftlar

Dunyodagi eng baland binolar roʻyxatida Taipei shahrida joylashgan Taipei 101 binosi atigi 5 oʻrinni egalladi, ammo osmonoʻpar binoning liftlari tezligi jihatidan tengi yoʻq va dunyodagi eng tezkor liftlar hisoblanadi. Ular soatiga 60,6 km tezlikda koʻtariladi. Beshinchi qavatdan 89-chi qavatdagi kuzatuv boʻlimiga chiqish vaqti bor-yoʻgʻi 39 soniya.

Dunyodagi ajoyib va qoʻrqinchli liftlar

Shtutgartdagi afsonaviy Mercedes-Benz avtomobilsozlik kompaniyasining muzeyida, hatto lift dizaynini ham avtomobilsozlik mavzusisiz qilish mumkin emas edi. Liftlar kontseptual avtomobillar qatoriga oʻxshash futuristik kapsulalar shaklida yasalgan. Ular ekspozitsiya boshlanadigan 9 qavatga mehmonlarni jimgina koʻtaradilar.

Dunyodagi ajoyib va qoʻrqinchli liftlar
Dunyodagi ajoyib va qoʻrqinchli liftlar

Oklend markazidagi 328 metrlik Sky Tower binosida liftning poli qisman shishadan qilingan. Lift soatiga 18 km tezlikda koʻtarilganda, yoʻlovchilar oyogʻi ostida jarlik uzoqlashadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar