Dunyodagi eng boy davlat rahbarlari

Dunyodagi eng boy prezidentlar reytingini Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin ochib beradi. Uning bugungi kundagi boyligi 40 milliard AQSH dollariga teng. Ayrim manbalarda koʻrsatilishicha, u "Surgutneftegaz"ning 40% va "Gazprom"ning 5%lik aksiyalariga egalikqiladi.
Ammo, rasmiy maʼlumotlarda mamlakat rahbarining faqatgina shaxsiy uyi, garaj, kichik yer hududi va bir necha avtomobillari bor ekanligi koʻrsatiladi holos.
Ayrim mish-mishlarga koʻra, Vladimir Putin dunyodagi eng boy odam ham boʻlishi mumkin. Tahminlarga koʻra, uning boyligi 200 milliard dollardan oshishi ehtimoldan holi emas. Prezidentga tegishli boʻlgan va qiymati 1 milliard dollarni tashkil qiluvchi "sirli saroy", 500 million dollar evaziga sotib olingan hashamatli yaxta, 58 ta turli samolyotlar va 11 ta qimmatbaho soat ham buni isbot etishi mumkin. Ularning umumiy qiymati esa hech kimga maʼlum emas.
Rossiya prezidentining aslida qancha boylikka egalik qilishi haqida aniq bir maʼlumot olib boʻlmaydi.
Putin gap boylik masalasi haqida borganda shunday degan edi:
"Men nafaqat Yevropadagi, balki butun dunyodagi eng boy odamman: sababi hamisha taassurotlar yigʻib yuraman. Boyligim shundan iboratki, rus xalqi menga Rossiyadek buyuk mamlakatni boshqarishni ikki marta ishonib topshirdi".

Reytingimizning ikkinchi oʻrnidan esa Tailand qiroli Pxumipon Adulyadet joy oldi. Marhum qirolning boyligi 35 milliard dollarni tashki qiladi. Qirol 63 yil davomida mamlakatni boshqargan boʻlib, turli mamlakatlardagi 6686 ta yer uchastkalariga ega edi. Bundan tashqari, qirol dunyodagi eng katta olmosga ham egalik qilgan.
Aslini olganda, uning mazkur boyliklari aynan oʻziga emas, taxtdagi insonga tegishlidir. Biroq, Tailand qirolligi taxti oilaviy meros qoldirilgani sababi uning boyliklari ham keyingi qirolning qoʻliga oʻtgan. Aytishlaricha, Tailand tojining qiymati 500 million dollarga teng ekan.

Yanabir boy davlat rahbari Bruney sultoni Xassanal Bolkiax hisoblanadi. Uning qoʻl ostidagi shaxsiy boyligi qiymati 20 milliard dollarga teng. Ushbu pullar neft va gaz savdosidan orttirilgan.
2016 yili ABC Australia "Sulton Playboy" nomli hujjatli film tayyorlagan edi. Unda Bruney sultonining hashamatli hayoti toʻlib koʻrsatib beriladi. Badavlat sulton qimmatbaho mashinalarning ashaddiy ishqibozi, uning qoʻl ostida 500 dan ortiq Rolls-Royces mashinalari, yaxtalar va mehmonxonalar mavjud.
Sultonga tegishli boʻlgan saroy esa "Dunyodagi eng katta yashash joyi" sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan. Bir tasavvur qilib koʻring, ushbu saroyda 1778 ta xona mavjud!!!

Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla bin Abdulaziz al Saud ham Bruney sultoni kabi neft orqali anchagina boylik yigʻib olgan edi. Unga tegishli boʻlgan boyliklar 18 milliard dollarni tashkil qiladi.
Uning oila aʼzolari soni 25000 kishiga teng va barchalari juda hashamatli hayot kechirishadi. Qirollik oilasi aʼzolari haqiqiy ertaklardagi kabi umr kechiradilar.
Bundan 4 yil avval vafot etgan qirol hayotlik vaqtlarida juda shafqatsiz boʻlgan. Aytishlaricha, oʻz vaqtida 90 kishi qatl qilishga farmon bergan ekan.

Yana bir badavlat prezident BAA rahbari, Abu-Dabi amiri Xalifa Bin Zayd Al Naxayan boʻlib, uning boyligi 15 milliard dollardan ortadi. Oilasining umumiy boyligi esa 150 milliard dollarni tashkil qiladi.
Shayxni oʻz mamlakatidagi odamlar juda ham yaxshi koʻrishadi. Butun dunyoga mashhur boʻlgan Burj Xalifa osmonoʻpar binosi ham aynan uning sharafiga shunday nomlangan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



