Sayohat

Dunyodagi eng noodatiy joylarga sayohat

Dunyodagi eng noodatiy joylarga sayohat
Dunyodagi eng noodatiy joylarga sayohat

Xoʻsh, qanday ekskursiyalar bizning boʻsh vaqtimizni maroqli oʻtishini taʼminlab, shaxsiy fotoalbomlarimizni noyob suratlar bilan toʻldirishi, yangi va betakror taassurotlarni tuhfa qilishi mumkin? Maqolamiz ana shu mavzuga bagʻishlangan.

Masonlik - bu nima? 800 yildan ortiq vaqtdan beri mavjud boʻlgan yashirin jamiyatmi yoki afsona? Masonlarning asl maqsadlari nima va ular safiga qanday qoʻshilish mumkin? Masonlar butun xalqlarning siyosatiga, moliyaviy ahvoliga va ongiga taʼsir qila oladimi? Buyuk qoʻmondon va davlat arboblari orasidan qay birlari mason boʻlgan va qay birlari oʻzini mason qilib koʻrsatgan? Masonlar ular bilan aloqani uzgani uchun Pushkinni yoʻq qilganligi rostmi?

Dunyodagi eng noodatiy joylarga sayohat

Sankt-Piterburgdagi masonlik mavzusiga bagʻishlangan detektiv-sayohatda ushbu savollarga javob olishingiz mumkin. Avtobus orqali amalga oshadigan sirli Piter koʻchalaridagi bunday sayohat sizni taajjubga solishi tabiiy.

Dunyodagi eng noodatiy joylarga sayohat

Qonxoʻr sherlar, xavfli yoʻlbarslar va yirtqichlar dunyoning boshqa vakillari haqida qanday fikrdasiz? Viqorli gepardning bir qarashidan qoʻrquvga tushasizmi yoki uning xatti-harakatlarini maroq bilan kuzatasizmi? Yirtqichlar va hayvonot olamining boshqa vakillari bilan yolgʻiz qolib, ajdodlarimiz bunday xavfli vaziyatda oʻzlarini qanday his qilganliklarini bilishni va shu bilan birga oʻzingizni bir sinovdan oʻtkazib, “asablaringizni qitiqlab” olishni xohlaysizmi? Bir qarashda murakkab koʻringan ushbu loyihani Kaliforniya parki bilan hamkorlik qiladigan turistik firmalarning barchasi amalga oshirishi mumkin. 

Dunyodagi eng noodatiy joylarga sayohat

Bu yerga xavfli yirtqich hayvonlarga yaqin boʻlishni istagan yuzlab sayyohlar tashrif buyuradilar. "Shovqin va qichqiriq" nomi bilan tanilgan bu ekskursiya faqatgina qafaslar va hayvonlar pavilyonlari boʻylab oddiy aylanib chiqishdan iborat boʻlib qolmasadan, kichik chodirlarda tunashni ham oʻz ichiga oladi. Aynan mana shu narsa sayohatning betakrorligini taʼminlaydi hamda tabiat qoʻynida va yovvoyi hayvonlar bilan yolgʻiz qolish imkonini beradi.

Dunyodagi eng noodatiy joylarga sayohat

Bir kechaga zebralar, gepardlar, yovvoyi buqalar , yoʻlbarslar va hatto sherlar sizning qoʻshnilaringiz boʻladi. Siz ov jarayonining bevosita guvohi boʻlishingiz, qorongʻi tushishi bilan yirtqichlar qanchalik faollashayotgani va potentsial qurbonlari qanday xavfsizlik choralarini koʻrayotganini oʻz koʻzingiz bilan koʻrishingiz mumkin. Shuning uchun suratga oluvchi videojihozlaringizni oʻzingiz bilan olishni unutmang. San-Diegodagi hayvonlar bogʻiga qilingan ekskursiya eslashga va gapirib berishga arzigulik taassurotlarni beradi.

Dunyodagi eng noodatiy joylarga sayohat

Garri Potter ismli sehrgar bola haqida koʻp qismli ilmiy-fantastik hikoyaning barcha muxlislariga bagʻishlangan! Agar siz hali ham yozuvchi Roulingning asarlaridan cheksiz zavqlanayotgan boʻlsangiz, xuddi shu nomdagi filmning barcha qismlarini qayta-qayta koʻrib chiqqan boʻlsangiz, shubhasiz sehr olamiga olib kiruvchi gʻayrioddiy ushbu ekskursiya safari sizga maʼqul boʻladi.

Dunyodagi eng noodatiy joylarga sayohat

Buyuk Britaniya poytaxti koʻplab maftunkor inshootlar, binolar majmuasi va Xogvarts nomli ajoyib qasr maktabiga ega. Mukammal kompyuter grafikasi yosh sehrgarlarning mashhur oʻquv majmuasi devorlariga yaqinlik tuygʻusini yaratishga yordam beradi.

Dunyodagi eng noodatiy joylarga sayohat

Oʻzingizga va bolangizga sehr olamiga unutilmas sayohat hadya qiling. Ekskursiya dasturi 10 soat davom etadi, bunda siz mashhur filmning suratga olish maydonchasiga tashrif buyurishingiz va unda ishtirok etgan hayratlanarli dekoratsiyalarni tomosha qilishingiz mumkin.

Dunyodagi eng noodatiy joylarga sayohat

Ekskursiya "gapirayotgan" ilon bilan tanishishni, yosh sehrgarlarni olib kelayotgan  mashhur poyezd tashrif buyuradigan platformaga borish, shuningdek, filmda sehrgarlik maktabining chalkash koridorlari koʻrinishida paydo boʻlgan Gloucester sobori koridorlari boʻylab sayr qilishni oʻz ichiga oladi. Va tabiiyki, Garri Potter oʻz savollariga javob izlayotgan maktab kutubxonasi sifatida koʻrsatilgan Oksford universiteti kutubxonasini oʻz koʻzingiz bilan koʻrishingiz mumkin.

Dunyodagi eng noodatiy joylarga sayohat

Agar yirtqich hayvonlar huzuriga sayohat yoki yosh sehrgar olamiga ekskursiyalar sizni qiziqtirmasa yoki haqiqiy qoʻrquv hissini uygʻotmagan boʻlsa, Yangi Orleandagi dahshatli qabristonga tashrif buyurishingizni maslahat beramiz. Sent-Luis va Lafayett nomlari ostidagi joylar dahshatli filmlar va oʻtkir hissiyot ixlosmandlarini oʻziga jalb qiladi.

Dunyodagi eng noodatiy joylarga sayohat

Goʻyo hozir oʻlik odamning qoʻli chiqib keladigandek eskirgan, qarovsiz qolgan qabrlar, eski sagʻanalar va qabr toshlari - bularning barchasi eng dahshatli qoʻrquv hissini uygʻotadi. Mariya Lavoning arvohi haqidagi mahalliy afsona esa allaqachon paydo boʻlgan qoʻrquvni yanada kuchaytiradi. Afsonaga koʻra, Meri mashhur jodugar edi. Uning qabri ham shu yerda joylashgan.

Dunyodagi eng noodatiy joylarga sayohat

Eng mard sayyohlar jodugar bilan uchrashish uchun qabristonga nopok kuch "odamlar dunyosiga kirgan" kunlarda kelishadi. Walpurgis kechasi - bu borada yilning eng mashhur kuni. Uch marta aylanib, jodugarning sagʻanasining eshigini taqillatishga jurʼatingiz yetadimi? Afsonada aytilishicha, shu yoʻl bilan hatto eng maxfiy istakni amalga oshirish mumkin ekan.

Dunyodagi eng noodatiy joylarga sayohat

Agar siz oʻtkir hayajonli hissiyotlarni xohlayotgan boʻlsangiz hamda oʻzingizni qoʻrqmas odam, deb bilsangiz Yangi Orlean qabristonlari boʻylab noyob sayohatni amalga oshiring. "Qabriston sayyohligi”  hech kimni befarq qoldirmaydi.

Dunyodagi eng noodatiy joylarga sayohat

Aynan mana shu eski tashlandiq qabrisron yozuvchi Ann Rayni "Vampir bilan intervyu" asarini yaratishga ilhomlantirgan. Yoʻlboshchilarning aytishlaricha, yarim tunda Yangi Orleandagi ushbu qabristonning barcha oʻliklar tirilib, ularning abadyat oʻlkalariga bostirib kirishga jurʼat etganlarni dahshatli qoʻrquvga solar ekanlar.

Dunyodagi eng noodatiy joylarga sayohat
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar