Oshxona

Kosmetik muolajalarsiz maftunkorlikka erishish usullari

Kosmetik muolajalarsiz maftunkorlikka erishish usullari
Kosmetik muolajalarsiz maftunkorlikka erishish usullari

Toʻgʻri ovqatlanish. Yosh koʻrinish uchun goʻzallik ukollari shart emas, toʻgʻri ovqatlansangiz bu natijaga erishasiz. Oʻta shirin narsalar va oʻta shoʻr narsalarni taomnomangizdan oʻchirib tashlang. Ular teri salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Mayoriy ratsioningizni tashkil qilib oling, vitaminlar va kaloriya normasiga alohida eʼtibor qarating. 

Kosmetik muolajalarsiz maftunkorlikka erishish usullari

Uyqu. Goʻzallikni asosiy himoyachisi uyqu hisoblanadi. Uyqu kamligi tufayli koʻz ostida xalqa hosil boʻladi, teriga dogʻ tushadi.  Siz uhlayotgan paytingizda teri kollagen ishlab chiqaradi va  u terini taranglashtiradi.  Uyqu uchun 7-8 soatlik meyorni belgilab oling, shunda muddatidan oldingi ajinlarni oldini olgan boʻlasiz. 

Kosmetik muolajalarsiz maftunkorlikka erishish usullari

Suv ichish.  Suv ichib terini yoshartirish eng mashhur va koʻp sinalgan usullardan biridir. Koʻp suv ichishni oʻzingiz uchun odatga aylantiring: eslatma qoʻying yoki boʻlmasa suv ichishni eslatib turadigan mahsus dasturni telefoningizga oʻrnatib oling. Keraksiz narsalarga vaqtingizni sarflamang: aslida suv terini mahsus kremlardan koʻra samaraliroq mayinlashtiradi.

Kosmetik muolajalarsiz maftunkorlikka erishish usullari

Skrab niqob.  Haftada 1-2 marotaba skrabdan foydalanishga odatlaning. U yuzdagi quruqlik, qizarish va  ashishishni oldini oladi. Foydalanish uchun albatta eng qimmatidan ishlatishingiz shart emas. Shunchaki sinalgan retseptlar asosidagisini ishlatsangiz bas.

Kosmetik muolajalarsiz maftunkorlikka erishish usullari

Kiyim javoningizni koʻzdan kechiring. 18 yoshingizdagi buyumlar ham bormi? Oʻz kiyim javoningizni taxlil qilib, oʻzingizga yoqmagan va sizga oʻlchami toʻgʻri kelmaydiganlari bilan hayrlashing. Asosiy qoida: libos hamisha qulay boʻlishi va uni kiyganingizda oʻzingizga boʻlgan ishonchingiz ortishi kerak. 

Kosmetik muolajalarsiz maftunkorlikka erishish usullari

Tishlar parvarishi. Goʻzal tabbasum har bir ayolning tashrif qogʻozi boʻlmogʻi lozim.Goʻzallik salonidagi qimmat muolajalardan foydalanib koʻpchilik oldida tabassum qilishga uyalib yurganingizdan koʻra tishingizni salomatligiga chuqur eʼtibor qaratib maftunkor tabassum sohibi boʻlganingiz maʼqul.

Kosmetik muolajalarsiz maftunkorlikka erishish usullari

Jismoniy mashqlar.  Muntazam ravishda sport bilan shugʻillaning. Uyda, zalda, kechki sayr, yugurish, suzish, raqs. Bu kabilardan oʻzingizning fiziologik holatingizga toʻgʻri keladiganini tanlab shugʻillanishni boshlang. Sport bilan shugʻillanish sizni soʻgʻlom va xushbichim qilib qoʻya qolmay hayotingizga qoʻshimcha energiya bagʻishlaydi hamda ruhingizni tetik qiladi.

Kosmetik muolajalarsiz maftunkorlikka erishish usullari

Asl goʻzallik siri goʻzallik salonidagi muolajalarda emas balki har kungi oʻz ustingizda ishlash uchun qilgan samarali harakatlaringizdadir.

Kosmetik muolajalarsiz maftunkorlikka erishish usullari
Kosmetik muolajalarsiz maftunkorlikka erishish usullari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar