Oshxona

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Odatda uy bekalari va pazanda qizlar yangi yil uchun qanday yeguliklar tayyorlashlari haqida avvaldan aniq oʻylab, shunga koʻra tayyorgarlikni boshlaydilar. Aynan mana shu sababli ham biz siz uchun bayram dasturxoni uchun mos keladigan ajoyib retseptlarni taqdim etishga qaror qildik. Eng muhimi, fantaziyani ishga soling va barcha narsaga ijodkorlik bilan yondoshing.

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Kutilayotgan 2020 yilning bayram dasturxonini gazaklarsiz tasavvur qilish juda ham qiyin. Gazakning tashqi koʻrinishi ham bayramga mos tarzda Yangi yilga urgʻu berib turishi kerak. Bu borada sizga "Archa oʻyinchoqlari"gazagi xush keladi deya umid qilamiz.

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

100 gr yongʻoq

1 ta tovuq filesi

1 boʻlak sarimsoq

150 gr pishloq

bir bogʻ ukrop

taʼbga koʻra tuz va murch

mayonez

1 oʻram eritilgan pishloq

 

Tovuq goʻshti tuzli suvda qaynatib olinadi. Sovitilgach, mayda boʻlaklarga kesib chiqiladi. Yongʻoqlar blender ichiga solib maydalanadi.

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Ukrop mayda toʻgʻraladi, pishloq mayda tishli qirgʻichdan oʻtkazib olinadi. Sarimsoq ezilgach, ukrop, pishloq va eritilgan pishloq bilan birga qorishtiriladi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Masalliqlar ustidan tovuq goʻshti solingach, maydalangan yongʻoqning yarmi qoʻshiladi.

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Aralashma ichiga tuz, murch, mayonez solinadi va hosil boʻlgan massadan yirik sharchalar yasaladi. Sharchalarning bir qismi yongʻoqqa, bir qismi qirgʻichlangan pishloq, yana bir qismi esa toʻgʻralgan koʻkatga belab olinadi.

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

 

Sharchalar likop ustiga joylashtirilgach, ukrop bandidan "archa oʻyinchoq"larining ilgak qismi yasab qoʻyiladi. Istakka koʻra, sharchalarni maydalangan garmdori yoki karriga belashingiz ham mumkin. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

2020 yil dasturxoni uchun achchiqroq va noodatiy taʼmga ega boʻlgan biror gazak tayyorlash niyatida boʻlsangiz, ushbu retseptga diqqat qiling. Tuzlangan baliq va qora olxoʻri uygʻunligi yegulikka mutlaqo oʻzgacha va betakror maza bera oladi.

Kerakli masalliqlar:

250 gr seld filesi

350 gr shirin bulgʻor qalampiri

100 gr tomat pastasi

250 gr qizil piyoz

80 gr qora  olxoʻri

3 oshqoshiq oʻsimlik yogʻi 

Gazak uchun aynan qizil piyoz harid qilish kerak boʻladi. Sababi uning mazasi yegulik ichida juda oʻtkir ekanligi bilan ajralib turmaydi. Bulgʻor qalampirining yorqin ranglilaridan tanlab oling, bayramona gazak ranglar tufayli ham juda chiroyli koʻrinadi.

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Piyoz yarimhalqa shaklida toʻgʻraladi, bulgʻor qalampiri tozalab olingach, yirik shaklda maydalab chiqiladi. Masalliqlar qizdirilgan yogʻ ichiga solinadi va 20 daqiqa davomida qovuriladi.

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti
Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Bulgʻor qalampiri yumshagach, ichiga tomat pastasi va danaksiz qora olxoʻri solinadi. Agar qora olxoʻri haddan tashqari yirik boʻlsa uni 2-3 qismga boʻlib chiqish kerak. Masalliqlar aralashtirilgach, tova qopqogʻi yopiladi va past olovda 5 daqiqa dimlab qoʻyiladi. Bu yerda olxoʻrining yumshoq boʻlib chiqishiga diqqat qarating.

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Seld filesi toʻrtburchak shaklda toʻgʻraladi va gazak idishining bir tomoniga terib chiqiladi. Qovurilgan masalliqlar file boʻlaklarining yoniga joylashtiriladi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Bu kabi ajoyib gazakni muzlatgich ichida 4 kungacha saqlash mumkin. Muhimi, uning idishi yopiq holatda turishi kerak. Bundan kelib chiqadiki, gazakni bayramdan bir necha kun avval tayyorlab, vaqtni tejab qolishingiz mumkin boʻladi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

2020 yilning Yangi yil dasturxoni faqatgina gazaklardan iborat emas,albatta. Bayram taomnomasini mazali salatlarsiz tasavvur qilish ham juda qiyin. Bugungi kunda ularning turlari haddan tashqari koʻp, shu sababli ham pazandalar qanday yegulik tayyorlashni bilmay tanlov borasida murakkabliklarga duch kelishadi. Biz esa vaqtingizni tejab qolishga yordam beradigan juda oddiy, mayin va orginal salat retseptini tavsiya qilamiz. 

1 ta tovuq filesi

1 ta bodring

1 banka qizil loviya

100 gr pishloq

3 oshqoshiq kedr yongʻoqlari

taʼbga koʻra koʻkatlar

Shuningdek:

9 oshqoshiq yogurt

6 oshqoshiq mayonez

1 boʻlak sarimsoq

bir chimdimdan tuz va murch 

Tovuq goʻshti 20 daqiqa davomida tuzli suvda qaynatiladi. Shundan keyin goʻsht sovitilib, somoncha shaklida toʻgʻrab chiqiladi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti
Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

 

Bodring ham somoncha shaklida kesiladi, pishloq yirik tishli qirgʻichdan oʻtkazib olinadi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Konversalangan loviyaning suvi toʻkib tashlangach, quritiladi va idish ichiga solinadi.  Loviya ustidan goʻsht boʻlaklari, sabzavotlar va pishloq solib, aralashtiriladi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Alohida idishga yogurt, mayonez, ezilgan sarimsoq, tuz va murch solingach, qorishtirib olinadi. Masalliqlar birin-ketin yirik bokal ichiga joylanadi va ustidan mayonezli aralashma quyib, ustidan kedr yongʻoqlari sepib chiqiladi.

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Yangi 2020 yil dasturxoni uchun tayyorlanayotgan taom va salatning tarkibiy masalliqlari oʻta qimmat boʻlishi shart emas, axir orginal yeguliklarni oddiygina masalliqlardan ham tayyorlash mumkin. Agar biroz fantaziya qilib, uni dasturxonga oʻzgacha usulda tortsangiz, nur ustiga aʼlo nur boʻladi.

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Karam

2 ta tuxum

140 gr kolbasa

100 gr pishloq

4 oshqoshiq koʻknoʻxat

yarimta sabli

mayonez

bir bogʻ petrushka

 

Qaynatilgan tuxum toʻrtburchak shaklda toʻgʻrab olinadi. Salat uchun imkon qadar uy tuxumlaridan foydalanishga harakat qiling. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Karamning 1/3 qismi yupqa shaklda maydalab chiqiladi. Shundan keyin ustidan tuz sepiladi va qoʻl bilan yaxshilab aralashtiriladi. Shuni unutmangki, karam qishki turga mansub, shu sababli uni imkon qadar yumshatib olish kerak. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Dudlangan kolbasa yupqa somoncha shaklida toʻgʻrab chiqiladi. Aytib oʻtish keraki, ushbu salat uchun quruq kolbasa turlari toʻgʻri kelmaydi, bu kabi kolbasa boʻlaklari salat ichida ham qattiq boʻlib qolaveradi va chaynash vaqtida noqulayliklarni keltirib chiqaradi.

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Xom sabzi yirik tishli qirgʻichdan oʻtkaziladi, pishloq esa mayda tishli qirgʻichdan oʻtkazib olinadi. Petrushka piyoz bilan maydalanadi. Agar siz salat ichidagi xom sabzini unchalik ham yoqtirmsangiz, uni masalliqlar qatoridan chiqarib tashlashingiz mumkin.

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Karam, sabzi, kolbasa, tuxum va koʻkatlar idish ichiga solingach, ustidan mayonez qoʻshib, aralashtiriladi. Taʼbga koʻra salatning tuzi rostlanadi.

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Salat chiroyli idish ichiga joylanadi va ustidan qirgʻichlangan pishloq sepib chiqiladi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Salatni dasturxonga tortishdan 12 soat avval tayyorlab qoʻyish mumkin. Bunday holatda uning ustiga pishloq sepilmaydi, yoʻqsa pishloq butunlay qurib qolishi mumkin. Pishloqni salat isteʼmol qilinishidan 3-4 soat avval sepish tavsiya etiladi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Yangi yil bayramini dengiz mahsulotlarisiz tasavvur qilish juda hamqiyin. Bayram dasturxoni uchun moʻljallangan mazkur salat tarkibidagi qizilikra va baliq taomnomaga oʻziga xoslik bagʻishlab turadi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

150 gr qizil baliq

150 gr krevetka

200 gr krab tayoqchalari

100 gr kalmar

250 gr bodring

200 gr pishloq

3 dona tuxum

200 gr sabzi

200 gr kartoshka

1 ta qizil piyoz

2 oshqoshiq qizil ikra

mayonez

bezak uchun zaytun donalari

Marinad uchun:

1,5 oshqoshiq sirka

150 ml suv

1 choyqoshiq tuz

1 choyqoshiq shakar

 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Piyoz yarimhalqa shaklida toʻgʻraladi va ustidan shakar  hamda tuz sepib, sirka bilan aralashtirilgan suv quyiladi. Masalliqlar 10 daqiqa davomida tindiriladi. Shundan keyin marinad toʻkib tashlanadi va piyoz sovuq suvda yuvib olinadi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Tuxum, barcha sabzavotlar va dengiz mahsulotlari avvaldan qaynatib olinadi. Kalmar somoncha, tuxum, bodring va krab tayoqchalari toʻrtburchak shaklida toʻgʻraladi, kartoshka, sabzi va pishloq qirgʻichdan oʻtkazib olinadi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti
Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Chuqur idish ichiga plyonka yoyib olingach, ustiga avval kalmar va sabzi solib, mayonez quyiladi. Baliq ham toʻrtburchak shaklda toʻgʻralgach, masalliqlar ustidan joylashtiriladi. Keyingi qatlamni esa tuxum va mayonez tashkil qiladi. Idish ichiga bodring, piyoz, karb tayoqchalari va pishloq solingach, yana bir bor mayonez quyiladi.  Salatning oxirgi qavatini kartoshka va mayonez tashkil qiladi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Idishning ustki qismi plyonka bilan yopiladi va 4 soatga sovutgich ichiga joylanadi. Shundan keyin salat tekis idish ustiga agʻdariladi.

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Salatning ustki qismi zaytun donalari, qizil baliq va koʻkatlar bilan bezatiladi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

2020 yil dasturxoni uchu qanday issiq taom tayyorlashni bilmayapsizmi? Agar Yangi yilni mutlaqo yangicha uslubdagi taomlar bilar qarshi olish niyatida boʻlsangiz, ananasli taomning ushbu retsepti sizga juda qoʻl keladi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

1 ta ananas

200 gr tovuq goʻshti

20 gr goʻsht

1 choyqoshiq tuyilgan shirin garmdori

ziravorlar

1 choyqoshiq tuz

1 choyqoshiq zaytun yogʻi

2 oshqoshiq barbekyu qaylasi

 

Ananasning yuqori va pastki qismi kesib olinadi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Oʻtkir pichoq yordamida ustki qismidagi poʻchoq ajratib chiqiladi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Ananasning ichki qismi pichoq yordamida oʻyib olinadi.

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Tovuq goʻshti toʻgʻrab chiqilgach, garmdori, yogʻ, ziravorlar bilan birga 15 daqiqaga marinadlab qoʻyiladi.

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

File boʻlaklari ananas ichiga joylashtirilgach, ustki qismiga yupqa qilib kesilgan goʻsht boʻlaklari oʻrab chiqiladi.

 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

 

Ananas patnis ustiga joylashtirilgach, ustidan barbekyu qaylasi surtib olinadi.

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Taomning ustki qismi chiroyli holatda boʻlishi uchun folga qogʻozi bilan oʻrab qoʻyiladi.

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Taom 200 daraja haroratda yarim soat pishiriladi. Keyin esa folga qogʻozi olib tanlanadi va jarayon yana 20 daqiqa davom ettiriladi. Pishgan taom boʻlaklarga boʻlingan holatda dasturxonga uzatiladi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Bayram uchun tuzilgan taomnomadan nafaqat tortlar, balki shirin pechenyelar ham oʻrin olsa nur ustiga aʼlo nur boʻladi. Bu kabi shirinliklar bilan uyingizga kelgan mehmonlarni koʻngildagidek kutib olishingiz mumkin.

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

80 ml sut

150 gr kartoshka kraxmali

1 choyqoshiq qavartma

50 gr qora shokolad

75 gr oʻsimlik yogʻi

150 gr un

100 gr qandupa

qandolat sepmasi

qizil rangli drajelar 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Yumshatilgan sariyogʻ qandupa bilan birga pasta koʻrinishiga keltirib olinadi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Alohida idish ichiga un elab olingach, kraxmal va qavartma bilan qorishtiriladi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Sariyogʻli aralashma ichiga asta-sekinlik bilan sut quyilgach, quruq masalliqlar qorishmasi solib chiqiladi. Xamir un sepilgan pergament qogʻoz ustiga joylanadi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti
Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Xamir ustidan ikkinchi qogʻoz boʻlagi yopiladi va yupqa koʻrinishda yoyib chiqiladi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Qogʻozning ustki qavati olib tashlangach, qoliplar yordamida xamirdan turli shakllar kesib olinadi. Shirinliklar 180 daraja haroratda 10-15 daqiqa pishiriladi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Pishgan shirinliklar pech ichida olingach, toʻliq sovitiladi. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Bezak uchun shokolad eritilgach, pechenyening ustki qismida turli tasvirlar hosil qilinadi.

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

Umid qilamizki, mazkur retseptlar yordamida 2020 yilni ajoyib tarzda kutib olasiz. 

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti
Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar