Yangi yil dasturxoniga tortiladigan, biroq bir-biri bilan “chiqisha olmaydigan” taomlar

Diyetalog-olimlarning taʼkidlashlaricha, kraxmalga boy non bilan tarkibida oqsil boʻlgan pishloq inson organizmi uchun yaxshi taʼsir qilmaydi. Bu mahsulotlarning soʻrilishi uchun turli xil fermentlar zarur boʻladi. Buterbrod oshqozonga tushishi bilanoq pishloqning oqsili birinchi navbatda hazm boʻla boshlaydi. Nonning kraxmali esa fermentlar taʼsirida chiriy boshlaydi.

Bu ham keng tarqalgan taom. Uglevod va oqsillar bitta oshqozonga tushgandan keyin ularning hazm boʻlishi qiyinlashadi. Goʻshtdagi oqsil oshqozon osti bezi ishlab chiqaruvchi kislota taʼsirida, kartoshkadagi uglevodlar esa ishqoriy taʼsirga ega boʻlgan soʻlak fermentlari taʼsirida ichakda hazm boʻla boshlaydi. Maʼlumki, ishqor va kislota neytral muhitni yaratadi, demak, hazm qilish jarayoni ham juda sekinlashadi.

Pomidor va bodringli salat ham har qanday bayram dasturxonining bezagi. Biroq kimyo qonuniga koʻra, pomidordagi kislota bilan bodringdagi ishqor bir-biriga toʻgʻri kelmaydi. To bodring hazm boʻla boshlaguncha, pomidorlar ivib, qorinni dam qiladi. Bundan tashqari, bodring tarkibida pomidordagi vitamin C ni yemirib yuboruvchi ferment bor.

Har bir bayram dasturxoniga mevalar ham albatta tortiladi va odat boʻyicha ovqatdan keyin isteʼmol qilinadi. Biroq diyetologlarning taʼkidlashlaricha, mevalarni ovqatdan keyin emas, alohida yengil tamaddi sifatida qabul qilish lozim. Mevalar xillariga qarab, 30-60 daqiqa davomida hazm boʻla boshlaydi. Ogʻir va issiq taomlarning hazm boʻlishi esa koʻp vaqtni talab etadi. Shunday ekan, ovqatdan keyin qabul qilingan mevalar oʻzlarining navbatini kutib, hazm boʻlishga ulgurmay, oshqozonning oʻzidayoq chiriy boshlaydi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



