Yangi Yil dasturxoniga “siyqasi chiqqan” olivyeni koʻzni quvontiradigan qilib tortish usullari


Bekalar olvyeni siyqasi chiqqan, oʻrniga boshqa salat tayyorlayman, deyishlariga qaramay, oila aʼzolari doim ulardan mana shu salatni tayyorlashlarini soʻraydilar. Yangi Yil dasturxoniga yangilik olib kirmoqchi boʻlgan bekalar bu salatni nostandart, yaʼni oʻzgacha bezak bilan tortsalar, hammani hayratda qoldirgan boʻladilar. Oʻsha-oʻsha salat, biroq boshqacha koʻrinishda.

Klassik olivye salati – faqat tepasiga mayonez surtilgan, sabzavotlardan tayyorlangan shakllar bilan bezatilgan.

Tayyor salat idishga toʻgʻri toʻrtburchak shaklida joylashtiriladi, usti esa sabzavotlardan kesilgan mayda kubikli shaklchalar bilan bezatiladi.

Pishiriqlar uchun moʻljallangan shakl beruvchi qolip yordamida salatni idishga halqa koʻrinishida joylashtirish kerak. Ustidan ukrop donachalari va rezavor mevalar bilan bezatish loizim.

Qavatli olivye salati eng oddiy usul. Toʻrtburchak skakldagi qolipga salatning har bir masalligʻi qavatma-qavat terib boriladi, har bir qavat terilgandan keyin ustidan mayonez surtiladi. Eng ustiga yashil noʻxot teriladi, shakl berilgan sabzi bilan bezatiladi va ustidan maydalangan tuxum sepiladi.

Mehmonlarni yangilik bilan hayratlantirishni xohlasangiz, uni original usulda torting. Salatni nafaqat likopchalarda, balki qaynatilgan tuxumning yarim pallasida ham tortish mumkin. Faqat bunday usul salat masalliqlarini judayam mayda shaklda toʻgʻrashni talab qiladi.

Salatni original usulda tortish uchun yana bir gʻoya. Idishning tubiga mayonez quyiladi, ustidan esa uchburchak shaklida masalliqlar terib chiqiladi.

Salatni va umuman har qanday taomni tortishda idishlarning ahamiyati katta. Shunday ekan, mehmonlaringizda taassurot uygʻotishni xohlasangiz, olivye salatini chiroyli shisha idishchalarda tortishingiz mumkin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



