Qiziqarli

Buyuk Britaniya Qirolichasi bilan uchrashuvdagi taqiqlar va qonun-qoidalar

Buyuk Britaniya Qirolichasi bilan uchrashuvdagi taqiqlar va qonun-qoidalar
Buyuk Britaniya Qirolichasi bilan uchrashuvdagi taqiqlar va qonun-qoidalar

Qirolicha Yelizaveta IIni shaxsan koʻrish imkoniga ega boʻlib qolgan har qanday inson, noqulay ahvolga tushib qolmaslik uchun nimalarni bilishi kerak? Birinchidan, shuni taʼkidlashlozimki, agar Sizni Bukingem saroyiga taklif qilishsa, har qanday holatda sizni qirolicha bilan uchrashuvga tayyorlashadi : nimalar mumkin va nimalar mumkin emasligi, qanday kiyinishingiz kerakligi va nima deyishingiz va nima qila olmasligingiz haqida koʻrsatmalar beriladi.

Buyuk Britaniya Qirolichasi bilan uchrashuvdagi taqiqlar va qonun-qoidalar

Ammo koʻrsatmalar va maslahatlarsiz ham hammaga maʼlum boʻlgan bir necha qoidalar mavjud. Shulardan biri va eng muhimi – har qanday holatda ham qirolichaga qoʻl tekkizish mumkin emas. Siz uning qoʻlini siqib qoʻyishingiz mumkin, lekin agar u sizga oʻzi taklif qilsagina. 2000 yilda Kanadadagi Vaterlo universiteti prezidenti Devid Jonston ushbu qoidaga amal qilmadi. Qirolicha yonida zinadan tusha turib, uni tirsagidan ushlab turdi. Keyinchalik Jonsonning oʻzi tushuntirganidek, bu harakat intuitive ravishda sodir boʻlgan va qirolicha xavfsizligi uchun qaygʻurish bilan bogʻliq edi. Biroq Buyuk Britaniya tarixida Jonston "xulq-atvor qonun-qoidasini bilmaydigan odam" sifatida muxrlanib qoldi. 

Albatta, jamoat bilan uchrashuvlarda qirollik oilasining aʼzolari kim bilandir koʻrishishga yoki kim bilandir qochoqlashishga haqlari bor albatta, ammo bunday hollarda ularning oʻzlari bunday harakatlarning tashabbuskori boʻlishlari kerak.

Buyuk Britaniya Qirolichasi bilan uchrashuvdagi taqiqlar va qonun-qoidalar

Yana bir qatʼiy qoida – uchrashuvga hech qachon kechikmaslik. Qirolichadan kechroq kelish va undan avval uchrashuvni tark etish – bu hurmatsizlikning aniq bayonidir. Qiorolichaning oʻzi xohlasagina siz uchrashuvni undan avval tark etishingiz mumkin, albatta uning ruhsati bilan. Bunda qirolicha oʻz kotibiga ishora bilan belgi beradi, kotib ham oʻz navbatida bu haqda tashrif buyuruvchiga xabar beradi.

Buyuk Britaniya Qirolichasi bilan uchrashuvdagi taqiqlar va qonun-qoidalar

Yana bir qatʼiy taʼqiq – hech qachon qirolichaga orqangizni oʻgirib turmang.  Agar siz bir nechta kishi boʻlib taklif qilishgan boʻlsangiz, toʻgʻri chiziq boʻlib emas, yarim doira shaklida shunday  turishgiz kerakki, biringiz Hazrati Oliyalariga yuzingiz bilan qaragan boʻlishingiz lozim.

Buyuk Britaniya Qirolichasi bilan uchrashuvdagi taqiqlar va qonun-qoidalar

Bundan tashqari, qirolicha bilan uchrashganda, qoʻlingizda hech narsa ushlab turmasligingiz kerak. Albatta, qirolicha bilan uchrashishdan oldin, xavfsizlik xizmati muloyimlik bilan sizdan barcha hujjatlar va boshqa narsalaringini majlislar zalidan tashqarida qoldirishingizni soʻraydi. Shunday ekan, qirolichaga biror esdalik yoki shunga oʻxshash boshqa narsalarni berishni unuting, agar bu haqda oldindan kelishib olinmagan va sizga bunday hadya uchun ruhsat berilmaga boʻlsa, albatta.

Buyuk Britaniya Qirolichasi bilan uchrashuvdagi taqiqlar va qonun-qoidalar

Selfie haqida nima deyish mumkin? Unga ham umid qilmaslik kerak. Bukingem saroyida qirollik oilasidan hech kim mehmonlar bilan birga selfi qilmaydi – hattoki bunday fotosuratni olish taklifi ham hayrat va taajjub bilan kutib olinadi. Saroy tashqarisida qoidalar biroz yumshoqroq boʻlishiga qaramay, umumiy selfiga, ayniqsa qirolicha bilan selfiga ruhsat yoʻq.

Buyuk Britaniya Qirolichasi bilan uchrashuvdagi taqiqlar va qonun-qoidalar

Buyuk Britaniya Qirolichasi bilan uchrashuvda oʻzini tutishning umumiy qoidasi shundan iboratki, siz tashabbuskor boʻlishingiz shart emas, siz shunchaki qirolichaning aytganiga va nima talab qilayotganiga rioya qilishingiz kerak. Suhbatni avval siz boshlamasligingiz, qirolichadan oldin stoldan atrofidan turmasligingiz, va Hazrati Oliyalaridan avval oldin ovqat yeyishni boshlamasligingiz kerak.

Buyuk Britaniya Qirolichasi bilan uchrashuvdagi taqiqlar va qonun-qoidalar

Prezident Gerald Ford qirolicha Yelizaveta II bilan sharafiga berilgan kechki ovqat paytida raqsga tushmoqda, 1976 yil.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar