Foydali

Aura nima va uni Yangi yil avvalidan tozalash nima uchun kerak?

Aura nima va uni Yangi yil avvalidan tozalash nima uchun kerak?

Sharqiy taʼlimotlarda va ayrim yoʻnalishlarda aura tushunchasi insonning qalb va ruhiaksi deya tushuniladi.

Doimiy stresslar, baland ovozdagi soʻzlashuvlar, hattoki salbiy fikrlar oqibatida ham inson aurasi oʻzining himoya kuchini yoʻqotadi va parchalanish xavfi bilan ham toʻqnash keladi. Shu tariqa insonlar salbiy fikrlarga nisbatan taʼsirchan,stressli vaziyatlarda oʻta zaif, jismoniy jihatdan kasallikka beriluvchan boʻlib qolishadi. Ushbu himoya kuchini qayta tiklash mumkin, buning uchun aurani oddiygina mashqlar yordamida tozalab olish kerak boʻladi. Bu kabi mashgʻulotlar Yangi yil avvalidan yangi hayot boshlash uchun ham ayni muddaodir. 

Aura nima va uni Yangi yil avvalidan tozalash nima uchun kerak?

Avvalo buning uchun koʻpi bilan bir oy vaqt kerakligini hisobga oling. Harakatni shu kunlarda boshlasangiz, Yangi yil bayramiga qadar oʻzingizni ancha yengil va sergʻayrat inson sifatida his qilasiz. 

Aura nima va uni Yangi yil avvalidan tozalash nima uchun kerak?

Meditatsiyaning foydasi haqida shifokorlar ham koʻp bora taʼkidlaganlar. U ongni salbiy fikrlardan himoya qilish bilan birga organizmga koʻproq diqqat qaratish, atrofdagi sodir boʻlayotgan hodisalar bilan birga yashash uchun imkon beradi. Kuniga hech boʻlmaganda 20 daqiqa meditatsiya bilan shugʻullanish juda katta foyda berishi mumkin. Buning uchun avvalo xonada yolgʻiz qolib, chiroqni oʻchiring (yoki xiraroq qilib qoʻying). Sokin musiqa yoqing va qulay holatda oʻtirib oling. Bunda bel qismi tikka, yelkalar boʻsh holatda, qoʻllar esa tizza ustida, kaftlar yuqoriga qaragan boʻlishi kerak. Hayolingizdagi barcha muammolarni chiqarib tashlang, hech narsa haqida oʻylamaslikka harakat qiling (eng qiyin narsa ham aynan mana shu!). Koʻzlaringizni yumib, chuqur nafas oling va tanani boʻsh qoʻying. Hayolingizda tananing barcha mushaklari - yuz, yelkalar, barmoqlar, oyoqlar, miya bilan aloqaga kirishing. Ijobiy energiya butun tanangiz boʻylab yurganini tasavvur qiling. Shunda enregiya biomaydonning zararlangan qismlarini qayta tiklab beradi. 

Aura nima va uni Yangi yil avvalidan tozalash nima uchun kerak?

Tabiat manzaralari - inson qalbining eng yaxshi davosidir.

Har kuni 15 daqiqa boʻlsa ham sokin joyda sayr qiling. Bu istirohat bogʻi, daryo qirgʻogʻi yoki koʻl atrofi boʻlishi mumkin. Sayr maskanini oʻz imkoniyatingizdan kelib chiqib tanlayverasiz. Eng muhimi, odamlar kamroq boʻlgan, diqqatingiz koʻp ham chalgʻimaydigan shovqinsiz joylarga boring. Balki bu sizga kulguli tuyular, ammo biror daraxtni mahkam quchoqlab turish ham insonga juda katta kuch beradi, tanani energiya  bilan taʼminlaydi, qalbdagi ogʻriqlarni davolashda ham buning foydasi juda katta.

Aura nima va uni Yangi yil avvalidan tozalash nima uchun kerak?

Sokin va chiroyli musiqa insonning aurasinigina emas, uydagi muhitni ham tozalashi mumkin ekanligini bilasizmi? Yoqimli musiqa tanlab oling-da, uni janjal yoki munozaralari suhbat oʻtkazilgan xonada 10 daqiqa davomida yoqib qoʻying. 

Aura nima va uni Yangi yil avvalidan tozalash nima uchun kerak?

Inson aurasini tozalash va qayta tiklashdagi muhim jihatlardan biri - shukronalik hissidir. Hayotingizda mavjud narsalar, qoʻlingizda bor imkoniyatlar uchun shukrona keltirib, duo qiling. Buni soʻz bilan ifodalash shart emas, barchasini hayoldan oʻtkazsangiz, ich-ichingizdan his qilib, soʻzsiz duo qilsangiz ham boʻladi. Shukronalik hissi ortidan oʻzingizni juda yengil his qilishni boshlaysiz. 

Aura nima va uni Yangi yil avvalidan tozalash nima uchun kerak?

 

Bergamot, apelsin, kedr efir moylari salbiy hayollardan insonni chalgʻitib, stressdan qutulishga yordam beradi. Har tong va kechki vaqtda surtadigan biror kremingiz tarkibiga 1-2 tomchi efir moyidan qoʻshing. Tanangizdan taralib turgan mayin ifor aurani tozalashda juda qoʻl keladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar