Yana Titanik haqida. Taqiqlangan yuk: Kema nima olib ketayotgan edi


Halokatning asl sabablari haqidagi baxs-munozaralar hanuzgacha davom etib kelmoqda. Taxminlarning koʻp qismi bemaʼni va tuturuqsiz boʻlib, yolgʻonchi va loʻttibozlar tomonidan uydirma sifatida toʻqib, tarqatilgan. Biroq bir qarashda bemaʼni koʻringan baʼzi taxminlar faktkarga asoslangan.

Suzish davomida Titanikning toʻrt nafar yoʻlovchisi bortdagi gospitalga kuchli giyohvand modda taʼsiridan davolanish uchun tushgan.
1912 yilda koʻpgina rivojlangan mamlakatlarda qora dori savdosi taqiqlangan, shu bois uning narxi qimmatlashgan edi. Titanik tryumlari (yuk xonasi) da bir necha tonna qadoqlangan opium plastinalari aniqlangan. Bu yuk tabiiyki, noqonuniy yoʻl bilan olib ketilayotgan boʻlgan.

Taxminlardan birida aytilishicha, kema yoʻlovchilari orasidagi er-xotinlardan biri Titanikda noyob Xoup moviy brilliantini olib ketayotgan boʻlgan. Bu qimmatbaho tosh qadimdan beri laʼnati bilan mashhur edi. Maʼlum boʻlishicha bu olmos Hindistonda oʻgʻirlangan, avval Lyudovik XV (yuqumli kasallikdan vafot etadi), soʻngra Mariya-Antuanettaga (qatl qilib oʻldiriladi) oʻtadi. Qirolichaning qatlidan keyin brilliantning izi yoʻqoladi.
Aytishlaricha Xoup brillianti Yevropaga kirib kelganida oʻzi bila birga yuqumli vabo kasallaigini olib kirgan. Titanikning halokatiga ham aynan ana shu laʼnatlangan tosh sabab boʻlgan hamda egalari bilan birga ummon tubiga gʻarq boʻlgan, degan taxminlar bor.

Bir necha omon qolgan matroslar jurnalistlar va polotsiyaga kema bortiga ortilgan misr mumiyasi haqida gʻalati voqeani soʻzlab berganlar. Goʻyo bu sirli yukni Amerikaga lord Kentervil olib ketayotgan boʻlgan va u qimmatbaho bu yuk kemadagi kapitan koʻprikchasida saqlanishini talab qilgan.

Aniq maʼlumotlarga qaraganda, Titanikda taniqli rassom Jak-Fransua Blondelning “La Circassienne Au Bain” surati olib ketilayotgan boʻlgan va sugʻurta kompaniyasi hattoki uning egasi Moris Steffansonga 100 000$ ga yaqin asar pulini toʻlagan. Bugungi oʻlchamda bu miqdor 2 yarim millon dollardan oshib ketgan boʻlar edi.
Shunisi qiziqki, Moris Steffanson kemada haddan tashqari qimmat sanʼat asarlarining kollektsiyasini olib ketilayotgan boʻlganligini maʼlum qilgan, biroq keyinchalik bu soʻzlaridan qaytgan. Taxmin qilinishicha, Steffanson haqiqatdan ham Titanikning yukxonasida Yevropaning yirik muzeylaridan oʻgʻirlangan nodir sanʼat asarlarni olib ketayotgan boʻlgan.

Ushbu surat “Titanik” ning ballar zalida tasvirga tushirilgan, unda birinchi klassdagi mamnun yoʻlovchilar guruh boʻlib rasmga tushish uchun yigʻilganlar. Surat kech soat 11.40 tasvirga tushirilgan – ikki soatu qirq daqiqadan keyin kema choʻka boshlagan.
Birinchi klassni nufuzli boy odamlar egallaganlar. Choʻkkan kemaga qilingan birinchi ekspeditsiya undagi boyliklarni 250 million dollarga baholagan.
Antikvariat (qadimgi, tarixiy nodir buyumlar), sanʼat asarlari, qimmatbaho toshlar – bularning barchasi ekspeditsiyaning kamera obyektivlariga tushgan, baʼzi eng qimmat buyumlarni esa olib chiqishga muvaffaq boʻlingan.
Ammo robotlar choʻkkan kemaning pastki palubasida joylashgan seyfni ochishni uddalay olmadilar. Taxmin qilinishicha, bu seyfda olib ketilayotgan bir tonna oltin masonlik ordenining ishonchli vakillaridan biriga tegishli boʻlgan.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



