Qiziqarli

Sirli va fusunkor saroylar yurti Marokash haqida qiziqarli maʼlumotlar

Sirli va fusunkor saroylar yurti Marokash haqida qiziqarli maʼlumotlar

El-Badi saroyi

El-Badi saroyi hukmdor Ahmad al-Mansurning Portugaliya ustidan qozongan gʻalabasi timsoli boʻlib, saroy 1578- 1603 yillarda barpo qilingan. U Magʻribning betakror arxitektura namunasi sanaladi.

Ahmad al-Mansur hashamat tushunchasini juda yaxshi koʻrgani uchun saroyni barpo qilishda uning imkon qadar ulugʻvor koʻrinishiga diqqat qaratgan.

Sirli va fusunkor saroylar yurti Marokash haqida qiziqarli maʼlumotlar

Saroyga oltin, feruza, billur va kamyob marmar, irland graniti, hind oniksi, qimmatbaho yogʻoch turlari bilan bezak berilgan. Ushbu boyliklar sulton tomonidan Marokashga Portugaliya ustidan qozonilgan gʻalabadan keyin olib kirilgan.

Sulton qarorgohida 36- ta xona, ulkan hovli, bogʻlar, haybatli basseyn mavjud. 

Sirli va fusunkor saroylar yurti Marokash haqida qiziqarli maʼlumotlar

Baxiya saroyi mamlakatning asosiy turistik maskanlaridan bri boʻlib, qadimiy Marokash shahrida joylashgan. Saroy 1880 yilda qurilgan hamda mavritancha uslubda yaratilgan. Ushbu saroy 8 gektar maydonni egalaydi. Bir zamonlar saroyda vazirlik qilgan Sidi Mussa sevimli ayoli uchun mamlakatdagi eng chiroyli saroylardan birini qurishga qaror qilgan. Vazirning oila aʼzolari aynan mana shu saroyda hayot kechirishgan.

Sirli va fusunkor saroylar yurti Marokash haqida qiziqarli maʼlumotlar

Aytishlariсha saroyning asl goʻzalligini uning faqatgina ichki tomonidan koʻrish mumkin. Vazir saroy goʻzaligini boshqalarning koʻziga tashlanib turish istagida boʻlmagan. Shu sababli ham bino tashqaridan qaraganda unchalik chiroyli koʻrinmaydi. Biroq, bu shunchaki birinchi taasurot,holos.

Ichki bino betakror naqshlar, gullar, favvoralar bilan bezatilgan. 

Sirli va fusunkor saroylar yurti Marokash haqida qiziqarli maʼlumotlar

Sahroi Kabir yer sharidagi eng katta choʻlli hudud boʻlib, Shimoliy Afrikadan 5000 kilometrga qadar choʻzilgan. Ushbu hududga borish va uni oʻz koʻzlaringiz bilan koʻrish ham oson ish emas. Bunga mamlakatlardagi siyosiy vaziyat imkon bermaydi. Ammo, Marokashga tashrif buyurgan vaqtda Sahroi Kabirga tashrif buyurish imkoni sizda paydo boʻladi. 

Sirli va fusunkor saroylar yurti Marokash haqida qiziqarli maʼlumotlar

Marokash koʻp yillar davomida Fransiyaning mustamlakasi boʻlgan. Shu sababli ham mamlakatdagi aksariyat fuqarolar fransuz tilida bemalol gaplasha oladi.

Marokash dirxami AQSh dollariga nisbatan eng barqaror valyutalardan biri sanaladi.

Hukumat tepasiga yangi qirol kelgan vaqtda barcha milliy valyutalardagi suratlar almashtiriladi. Avvalgi hukumdor surati oʻrnini yangi qirol rasmi egallaydi.

Marokash Afrikaning eng rivojlangan mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda turizm va savdo-sotiq juda rivojlangan.

Sirli va fusunkor saroylar yurti Marokash haqida qiziqarli maʼlumotlar

Dunyodagi eng qadimgi universitet Marokashning Fece shahrida joylashgan. U 859 yildan boshlab talabalarni qabul qiladi.

Marokashda muhabbat timsoli bizning tasavvurimizdagi kabi yurak emas jigar hisoblanadi.

Marokash shahridagi uylarning aksariyati yorqin rangda boʻlgani sababli uni “qizil shahar” deb ham ataydilar.

Marokashda oq rang motam timsoli sanaladi.

Sirli va fusunkor saroylar yurti Marokash haqida qiziqarli maʼlumotlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar