Tushlar haqida 6 ta qiziqarli fakt

Biz ularni tez-tez koʻrib turamiz. Ular miyaning yaxshi ishlashida muhim rol oʻynaydi.Tushlar kun davomida olingan maʼlumotlarni qayta ishlashga yordam beradi.Koʻzlaringizni yumib, tushlarning sehrli dunyosiga yana bir bor kirishdan oldin, tushlar haqida 9 ta qiziqarli maʼlumotlar bilan tanishishni taklif qilamiz. Ishoning, bu maʼlumotlar hali koʻpchilikka maʼlum emas.
1.Tushlarsiz yashaydigan inson
Urush paytida Yuvalning boshini jarohatlagan rikoshet jarohati butun dunyo boʻylab shifokorlarni hayratda qoldirdi. 1982 yilgacha hamma uchun bitta narsa ayon edi-inson uyqusiz va tushlarsiz yashay olmaydi. Kalamushlar va mushuklar tush koʻrish jarayonidan mahrum qilingan tadqiqotlar koʻrsatishicha, tajriba qilingan hayvonlar sinov boshlanganidan bir necha hafta oʻtgach nobud boʻlishgan.Ushbu tajribalar shifokorlarda hech qanday shubha qoldirmadi - tushlarning fazasi hayotni davom ettirish uchun juda muhimdir.
Yarador Yuval bilan bogʻliq vaziyat mutaxassislarni shubhaga qoʻydi. Hodisa sodir boʻlgan paytdan boshlab bugungi kungacha u hech qanday tush koʻrmadi. Bu odamni koʻpgina professorlar tekshirib koʻrishgan va shuni aniqlashdiki, oʻq miyaning "ponce" yoki "koʻprik" deb nomlangan qismiga tegdi. Aynan u tungi tasvirlarni shakllanishiga javobgardir.Shifokorlar, tush koʻrmasa Yuvalning xotirasida jiddiy muammolar paydo boʻlishini taxmin qilishdi. Ammo u muvaffaqiyatli huquqshunos, rassom boʻlib, toʻliq va baxtli hayot kechiryapti.

2.Ona qornidagi tushlar
Tush koʻrish qobiliyati embrionlik patdidayoq paydo boʻladi. Tush koʻrish goʻdaklar orasida ayniqsa keng tarqalgan. Kichkintoylar kunning 70% da uxlashadi va bu vaqtning 50% da esa ular turli xil suratlarni koʻrishadi. Hayotning birinchi yillari jadal rivojlanishga, atrofimizdagi dunyoni va oʻzimizni oʻrganishga bagʻishlangan, shuning uchun uyqu aqliy faoliyatni shakllantirishda juda muhim rol oʻynaydi.
3. 90 daqiqali tush
Biz hayotimizning uchdan bir qismini uyquda oʻtkazamiz.Har kecha biz taxminan 5 ta tush koʻramiz, ularning umumiy davomiyligi bir yarim soatni tashkil qiladi.
4. Uyqudagi hayot
Uyqumizning paradoksal qismida, tush koʻrish paytida,miya uygʻoqlikdagi kabi jadal ishlaydi. Uyquning koʻp bosqichlarida tanamizdagi jismoniy jarayonlar sekinlashadi, tana dam oladi va miya toʻlqinlarining chastotasi pasayadi. Ammo tushlar davrida bizning kul rang moddamiz 100%ishlaydi! Puls va nafas olish tezlashadi, ammo mushaklar falaj boʻlib qoladi.
5. Maʼnosiz va tartibsiz dunyo
Kundalik fikrlashdan farqli oʻlaroq, tushda mantiq yoʻq.Siz bir joyda boʻlishingiz, keyin toʻsatdan, bir vaqtning oʻzida butunlay boshqa joyda paydo boʻlib, gʻalati narsalarni qilishni boshlashingiz mumkin.
Bunday tartibsizlik kimga kerak? Albatta, oʻzimizga! Bu bizning xotiramizni qayta tartibga keltirish uchun kerak. Tushda ong osti barcha yangi maʼlumotlar va tajribalarni toʻplaydi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki,tushlarni yoʻqotgan odamlarning miyasi oʻz vazifalarini yomon bajaradi va ularning xotirasi, uxlaydigan va tush koʻradiganlarnikiga qaraganda sezilarli darajada zaiflashadi.

6. Yeqilish va suzish
Siz suzish yoki uchishingizga toʻgʻri kelgan tushni bir necha bor koʻrgan boʻlsangiz kerak. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, shunga oʻxshash hodisa barcha madaniyat, irq va jins vakillari orasida uchraydi. Bu tushlarning eng keng tarqalgan turlaridan biridir. Fiziologik nuqtai nazardan, bunday parvozlar unchalik muhim emas. Siz suzayotgan yoki choʻkayotgan tushlar,uyquning turli bosqichlariga oʻtish paytida yuzaga keladigan, tanadagi oʻzgarishlarga boʻlgan psixologik reaktsiya bilan bogʻliq. Sizning tanangiz asta-sekin mushaklarning tarangligidan xalos boʻladi va tushlar paytida boʻshashadi.

7. Miyaning tasviri
Yangi MRT skanerlash qurilmasining yaratilishi,insoniyatni uyqu paytida odamning miyasida nima sodir boʻlishini tushunishda yangi yutuqlarga olib keldi. Shifokorlar bosh suyagi qutisining baʼzi qismlarida qon oqishini kuzatishga muvaffaq boʻlishdi. Shunday qilib, ular tushda ishlaydigan elementlar: gipokamp (xotira bilan bogʻliq), bodomsimonlar(hissiyotlar bilan bogʻliq) va bosh miya pogʻonasidagi koʻprik ekanligini aniqladilar.
8. Oʻtmish va bugungi kunni aralashmasi
Garchi olimlar uyqu paytida miyaning holatini muvaffaqiyatli namoyish eta olishgan boʻlsa-da, ushbu murakkab mexanizm haqidahali koʻplab savollar mavjud. Koʻrinishidan, tushda miya tasodifiy xotira bankidan maʼlumotlarni oladi. Ushbu maʼlumotlar vaqt jadvalida turli joylarda joylashgan. Shundan soʻng ong osti xotiralarni tasodifiy tartibda aralashtiradi.Tushdagi elementlar oldingi kundan, oʻtgan haftadan yoki hatto bir necha oy oldin sodir boʻlgan voqealardan olingan boʻlishi mumkin. Bu shuni anglatadiki,agar siz biron bir odamni tasodifan koʻchada uchratsangiz, u haqidatushni bir necha haftadan keyin ham, ehtimol turli vaziyatlarda va boshqa joyda koʻrishingiz mumkin.
9. Eng keng tarqalgan tushlar
- maktabda yoki universitetda imtihonlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash;
- havo kemasining parvozi yoki qulashi;
- suzish;
- falajlik yoki harakatlanishda qiyinchilik;
- birovdan qochish;
- odamlar, hayvonlar yoki hayoliy mavjudotlar tomonidan oʻgʻirlanish;
- tabiiy ofatlar;
- tish toʻkilishi;
- tahqirlanish holati;
- avtobusga, poyezdga yoki samolyotga kechikish;
- binoda yashirin xonalarni qidirish;
- pul qidirish yoki yoʻqotish;
- oʻtmishdagi yoki hozirgi davrdagi odamlar bilan uchrashuv;
- homiladorlik va tugʻish;
- notanish vaziyatlarda notanish odamlar bilan uchrashish.
Tushlar haqli ravishda hayotimizdagi eng sirli va qiziqarli hodisalardan biri deb hisoblanadi. Ular toʻgʻrisida aniq bir narsa deyish qiyin, chunki olimlar hanuzgacha uyqu va unga bogʻliq jarayonlarni oʻrganish bilan shugʻullanmoqdalar. Ishonch bilan, biz faqat bitta narsani ayta olamiz - toʻliq uyqu insonning jismoniy va ruhiy salomatligi uchun juda muhimdir. Uyquning sifatini kuzatib boring! Yoqimli tushlarni tilaymiz!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



