Oʻzbekiston

Yulduzlar haqida. Oʻzbek estrada qoʻshiqchilarining daromadi qancha?

Yulduzlar haqida. Oʻzbek estrada qoʻshiqchilarining daromadi qancha?

Kontsertga tayyorgarlik sakkiz oy davom etadi. Har bir yoʻnalish alohida faoliyat olib boradi: marketing, ijodkorlar, bezak ishlari. Shuning uchun kontsert daromad manbai boʻlolmaydi, toʻgʻrirogʻi u piar.

Ijodkorlar daromadining 95% i milliy sektor orqali keladi. U xalqning talabiga qarab shakllangan. Iqtisodiyotning oltin qoidasiga binoan, talab bor joyda taklif ham boʻladi. Tantanalar, toʻylar, tugʻilgan kun va boshqa tadbirlar – ijodkorlarning haqiqiy daromad manbaidir.

Yulduzlar haqida. Oʻzbek estrada qoʻshiqchilarining daromadi qancha?

Eng talabi kuchli qoʻshiqchilar qatoriga Yulduz Usmonova, Shahzoda, Rayhon, Ozodbek Nazarbekov, Shohruxhon, Lola, Ulugʻbek Rahmatullayev, Munisa Rizayeva, “Shahzod guruhi, Ziyoda kabi ijrochilar kiradi.Bir kunda ular 4-8 cha tadbirlarda xizmat qiladilar. Gonorarlari ijro etgan qoʻshiq soniga bogʻliq. Shunday artistlar toifasi ham borki, ular faqatgina toʻylarda ijro etadilar. Ular TV koʻrinmaydilar, kliplar suratga olmaydilar. Ularning xizmat haqlari 1 500 000 dan 3 000 000 soʻmgacha tashkil etadi.

Yulduzlar haqida. Oʻzbek estrada qoʻshiqchilarining daromadi qancha?

Ijodiy faoliyatiga nisbatan qoʻyilgan koʻpyillik norasmiy taqiqdan keyin Yulduz Usmonova mamlakat televideniyasi yana paydo boʻlib, muxlislarini xushnud etdi. Oʻzbek estradasining primadonnasini yaqqol koʻrishni istaganlar diqqatiga, uning toʻy va tantanalardagi “birrov” chiqishi 20 millionni tashkil etadi.

Yulduzlar haqida. Oʻzbek estrada qoʻshiqchilarining daromadi qancha?

Dj  Piligrim taxallusi bilan mashhur boʻlgan Ilhom Yoʻlchiyev oʻzining shaxsiy uslubiga ega va bir nechta janrni bir yoʻlakda birlashtiradi. Dj Piligrim Oʻzbekistonda madaniyat klubining shakllanishiga koʻpgina hissasini qoʻshdi – u oʻzbek tilidagi birinchi klub kompozitsiyasining muallifiga aylandi. Uning chiqishi 15 million soʻmni tashkil etadi.

Yulduzlar haqida. Oʻzbek estrada qoʻshiqchilarining daromadi qancha?

Farruh Zokirov mashhur qoʻshiqchi va bastakor, “Yalla” guruhining asoschisi, Oʻzbekiston xalq artisti – u haqda yana koʻp gapirish mumkin, u kuylashni boshlaganda nima uchun biz hammamiz uni oʻzbek estradasining afsonasi deyishimizni tushunib olish mumkin. Qoʻshiqchi “Oʻzbekiston xalq artistlari klubi” ni boshqargani uning muxlislarini quvontirdi. “Yalla” musiqa ansamblining har bir qoʻshigʻi musiqa arxivining oltin fondidan joy olgan. Bu qoʻshiqlar allaqachon klassika boʻlib ulgurib boʻlgan. Farruh Zokirovning tadbirlarga chiqishi 20 million soʻmni tashkil etadi.

Yulduzlar haqida. Oʻzbek estrada qoʻshiqchilarining daromadi qancha?

Milliy estradaning bulbul ovoz xonandasi. Oʻzbekiston Xalq artisti, nafaqat musiqiy xitlari bilan mashhur, balki endi mamlakatning ijodkor shaxslarini qoʻllab-quvvatlash bilan ham shugʻullanadi. Bugungi kunda Ozobdek Nazabekov Oʻzbekiston madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yiritmoqda. Qoʻshiqchining bir tadbirda qatnashishi 15 million soʻmdan boshlanadi.

Yulduzlar haqida. Oʻzbek estrada qoʻshiqchilarining daromadi qancha?

Taniqli xonanda, qoʻshiqlar muallifi va aktrisa Lola Yoʻldosheva – samimiy ijrochi va kuchli ayol. Bu yulduzning bitta toʻy yoki tadbirda ishtirok etishi uchun 8 million soʻm ish haqi oladi.

Yulduzlar haqida. Oʻzbek estrada qoʻshiqchilarining daromadi qancha?

Shahzoda oʻzida sharqona xikmat va qalb uygʻunligini mujassam etadi. Aynan ana shu obraz muxlislarining yuragini zabt etgan. Tadbirlaga chiqishi 8 million soʻmdan boshlanadi

Yulduzlar haqida. Oʻzbek estrada qoʻshiqchilarining daromadi qancha?

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, tomashabop yakkaxon kontsertlari bilan mashhur. Qoʻshiqchining gonorari 8 million soʻmga teng.

Yulduzlar haqida. Oʻzbek estrada qoʻshiqchilarining daromadi qancha?

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, oʻzbek yoshlarining sevinli xonandasi milliy xit-paradning yoqori pogʻonalarini egallab keladi. Qoʻshiqchining tadbirlarda qatnashish bahosi uning qanchalik bandligi bilan belgilanadi, taxminan 6 million soʻmdan boshlanadi.

Yulduzlar haqida. Oʻzbek estrada qoʻshiqchilarining daromadi qancha?

Munisa Rizayeva mashhur qoʻshiqchi va kino aktrisasi. Oʻzbek qoʻshiqchilik sanʼatida oʻziga xos yoʻnalishda kuylaydigan ayol xonanda. Bitta toʻyda kuylagan qoʻshiqlari uchun 8 million soʻm xizmat haqqi oladi.

Ushbu roʻyxatni hali koʻp davom ettirish mumkin. Koʻpgina xonandalar xalqning ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqib, bir kechada bir nechta toʻy va tadbirlarda xizmat qilishlari mumkin.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar