Kir yuvish mashinasini tozalash haqida 3 maslahat

U ishqalaydi, yuvadi va hattoki siqib ham beradi. Biroq hamma narsa ham toʻliq mukammal boʻlmaydi. Kir yuvish mashinangiz siga juda uzoq yillar hizmat qilishini istasangiz, uni holatini kuzatib boring. Barabanning tozaligi va yigʻilgan axlatlar diqqat eʼtiboringizdan chetda qolib ketmasin. Keling, keraksiz muammolar va buzilishlarga yoʻl qoʻymaslik uchun bunga qanday erishish haqida bilib olaylik.

Filtrni tozalang. Kir yuvish mashinasining old tomoni pastki qismida joylashgan filtr qopqogʻini oching. Undan oldin, drenaj shlangining ostiga oʻrta oʻlchamdagi idishni joylashtiring, chunki qolgan suv toʻkila boshlaydi. Filtr qopqogʻini olib tashlaganimizdan soʻng, biz barcha toʻplangan qoldiqlarni olib tashlaymiz va uni salfetka bilan artib olamiz. Jarayon shu bilan nihoyasiga yetdi, qopqoqni yopish uchun buramiz. Shuni esda tutingki, ushbu jarayonni oyiga kamida bir marta amalga oshirilishi kerak.

Filtrdan tashqari kukun va tozalovchi vositalar quyiladigan joy ham tez ifloslanadi.Ushbu idish kir yuvish mashinasidan osonlik bilan olinadi. Idishdagi qora dogʻ hamda mogʻorlarni shoʻtka yordamiga ehtiyotkorlik bilan yuvib ketkazing. Quruq mato bilan barcha namlikni ketkazib arting va asl joyiga qaytaring.

Kir yuvish mashinasini limon kislotasi bilan tozalaymiz. Agar mashinaning elektr isitish trubasida tuz toʻplanib qolsa, mashina ishdan chiqadi. Yiliga bir ikki marotaba tozalash orqali ushbu koʻngilsizlikni oldini olishingiz mumkin. Uy sharoitida esa sizga limon kislotasi qoʻl keladi. Kukun quyish boʻlmasini oching va asosiy qismga 60-100 g limon kislotasini quying(kir yuvish mashinasi hajmini hisobga olgan holda). Keyin suvni maksimal darajada (90-95° C) isitishni taminlaydigan dasturni tanlang va mashinani ishga tushiring. Ushbu jarayon yakuniga yetguniga qadar kir yuvish mashinasi oldidan ketmaganingiz maʼqul. Limon kislotasi drenaj filtriga tiqilib axlatlarni katta boʻlaklarga ajralishiga olib kelishi mumkin. Agar bu holat sodir boʻlsa, kir yuvish mashinasini oʻchiring, filtrni tozalang va avtomatik ravishda oʻchguncha ishlashiga qoʻyib bering. Jarayon tugagach, baraban va kauchuk qismlardagi qaynagan chiqindilar bor yoʻqligini tekshiring.

Agar siz mashinangiz uzoq vaqt davomida sizga ishonchli xizmat qilishni xohlasangiz, uni vaqti-vaqti bilan tekshirib turishni va axlatlardan tozalashni unutmang. Ehtiyotkorlik bilan ishlov berish va parvarish qilish har qanday uskunaning ishlash muddatini uzaytiradi. Avtomat yordamchingizga gʻamxoʻrlik qiling, chunki u sizning qoʻllaringiz goʻzalligi va sogʻligʻini himoya qiladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



