Foydali

Sokin orom oling: Uyqusizlikka qarshi kurashishning samarali 17 usuli

Sokin orom oling: Uyqusizlikka qarshi kurashishning samarali 17 usuli

Gipersomniya (uyquchanlik) koʻpincha ogʻir yuqumli kasalliklar (toshmali terlama, meningit, gripp) bilan ogʻrib oʻtganlarda, kamqonlikda va bosh miya yalligʻlanishidan kelib chiqqan virusli entsefalitda yuz beradi.

Sokin orom oling: Uyqusizlikka qarshi kurashishning samarali 17 usuli

 

Insomniya (uyqusizlik) esa aksariyat hollarda nerv tizimining kuchli shikastlanishi, nevroz, psixoz, miya qon tomirlari aterosklerozi, endokrin bez kasalliklari, buyrak va jigarning surunkali dardlari oqibatida kelib chiqadi.

- uyquning kech kelishi;

- yuzaki uyqu;

- tez-tez uygʻonish va tong sahardagi notinch uyqu.

Sokin orom oling: Uyqusizlikka qarshi kurashishning samarali 17 usuli

-  immunitet pasayib boraveradi;

- ertalablanj holda uygʻonadi, boshi ogʻriydi, asabi buziladi;

- kechasi aloq-chaloq tushlar koʻradi;

- koʻz koʻrish quvvatining susayadi, xotira yomonlashadi;

- gormonlar faoliyati buziladi;

- organizmdagi barcha aʼzolar ishi yomonlashadi;

- insult va miokard infarkti xavfi yuzaga keladi.

 

Sokin orom oling: Uyqusizlikka qarshi kurashishning samarali 17 usuli

1. Tarkibida kofein mavjud boʻlgan mahsulotlar (qahva, kola, tetiklashtiruvchi ichimliklar, shokolad singarilar)ni istemol qilmang.

2. Uhlashdan ikki-uch soat oldin ovqatlaning. Agar biror narsa yegingiz kelib qolsa yarim stakan kefir iching yoki bir-ikki boʻlak yogʻsiz pishloq yeng.

3. Kechki ovqat uchun sutli va sabzavotli taomlar yaxshi, lekin oʻtkir ziravorlar, achchiq va shoʻr narsalarni cheklash kerak. 

Sokin orom oling: Uyqusizlikka qarshi kurashishning samarali 17 usuli

4. Kam harakatli odamlar (kun boʻyi oʻtirib ishlovchilar) uyquga yotishdan avval albatta toza havoda sayr qilishlari lozim.

5. Kun oxirida aqlni zoʻriqtiradigan ishlar bilan shugʻullanmang.

6. Salbiy hissiyotlar va ogʻir kechinmalardan uzoqroq boʻling, yomon xayollarga berilmang.

Sokin orom oling: Uyqusizlikka qarshi kurashishning samarali 17 usuli

7. Uyqu oldidan kompyuter oʻynash yoki televizor koʻrish mumkin emas, toʻshakda yotib kitob oʻqish ham tavsiya etilmaydi.

8. Doimo bir vaqtda yotib, birvaqtda uygʻonishga odatlaning.

9. Kunduzi iloji boricha uxlamagan maʼqul.

Sokin orom oling: Uyqusizlikka qarshi kurashishning samarali 17 usuli

10. Odam kun boʻyi qanchalik faol harakatda boʻlsa kechasi shunchalik yaxshi uhlaydi.

11. Yangi uzilgan kashnich barglarini ovqat bilan birga istemol qiling. Salat (kohu) barglari ham “uyqu chaqiruvchi oʻt” hisoblanadi.

12. Oshqovoq qaynatmasini asal bilan aralashtirib kuniga 3 mahal chorak stakandan ichib turing.

Sokin orom oling: Uyqusizlikka qarshi kurashishning samarali 17 usuli

13. Kechqurun oʻta toʻyib ovqatlanmang, och holda ham yotib uxlamang.

14. Uxlash oldidan koʻp suyuqlik ichmang.

15. Mehnat qilish va dam olish rejimiga qatʼiy rioya eting. 

Sokin orom oling: Uyqusizlikka qarshi kurashishning samarali 17 usuli

16. Kechasi tinchlantiruvchi dorilardan boshqa dorilarni ichmaganingiz maʼqul.

17. Uyqusizlik holatiga safro xuruji sabab boʻlsa surgi dori ichib ichni tozalang va zararli xiltlardan forigʻ boʻling. Buning uchun bir siqim sano barglarini idishga solib ustidan ikki stakan qaynoq suv quying. Toʻrt-besh soatdan soʻng dokada suzib iliq holda iching, keyin uxlashga yoting. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar