Qiziqarli

Ishdan chiqqan gen. Tananing birdaniga yosharib ketishi haqidagi uch voqea

Ishdan chiqqan gen. Tananing birdaniga yosharib ketishi haqidagi uch voqea

Doktor Graza – insonning qarishining sabablarini oʻrganuvchi olim, 97 yoshli, yaʼni 1896 yilda tugʻilgan ayolni koʻrganida koʻzlariga ishonmadi. Roza Farone ismli bu ayol yoshiga nisbatan 70 yil yoshroq koʻrinar edi. Ajablanarlisi, u yoshartiruvchi vositalardan foydalanmagan va plastik operatsiyalar qildirmagan edi. Yoshiga qaramay uning aqlu- hushi, zehni va xotirasi joyida edi.

Ishdan chiqqan gen. Tananing birdaniga yosharib ketishi haqidagi uch voqea

Rozani tekshiruvdan oʻtkazganlarida, natijalar hammani lol qoldirdi: ayol organizmi 28 yoshni koʻrsatar edi. Nomaʼlum sabablarga koʻra Rozaning organizmi yoshara boshlagan edi.

75 yoshli yapon ayoli Sey Senagon gormonal vositalar yordamida davolash kursini oʻtaganidan keyin, birdaniga oʻzgara boshladi. U eri bilan 50 yildan beri nikohda yashab kelayotgan edi, lekin birdaniga uning organizmi yoshara boshladi.

Avvaliga Seyning sochlari qoraya boshladi, soʻngra tushib ketgan eski tishlar oʻrniga yangilari chiqa boshladi. Qarilikdagi ogʻriqlar va ajinlar yoʻqola boshladi, bir yildan keyin esa hayz tsikli ham qayta tiklandi. Sey qari eridan ajrashib, yosh yigitga turmushga chiqdi. U hattoki homilador boʻlib, sogʻlom farzandni dunyoga keltirdi. Bu yangilik butun Yaponiya boʻylab tarqaldi. Hamma bu ayolning turmush tarzi bilan qiziqa boshladi: nima isteʼmol qiladi, qanday kosmetikadan foydalanadi, qaysi sport turi bilan shugʻullanadi, necha soat uxlaydi va xokazo.

Ishdan chiqqan gen. Tananing birdaniga yosharib ketishi haqidagi uch voqea

Bu ayolni gerontolog olimlar tekshiruvdan oʻtkazdilar va “uning organizmida yangi xujayralarning hosil boʻlishiga xizmat qiluvchi gen bor”, degan xulosaga keldilar. Bu gen maʼlum bir sharoitda onkologiyani ham keltirib chiqarishi yoki tanani yoshartirishi mumkin. Sey bu ketishida yosh bolaga aylanib qolishidan xavotir olmoqda. U 30 yoshda yosharishdan toʻxtashni xohlamoqda.

Soso Lomidze kriminal dunyoda taniqli oʻgʻri boʻlgan. U 25 yoshida birdaniga yoshara boshladi. Uning oq sochlari qorayib ketdi, boʻyi ham anchagina kichraydi, bora-bora u begunoh yosh boladay koʻrinishga ega boʻldi. Lekin bu oʻzgarishlar uning kriminal dunyodagi oʻbroʻsiga putur yetkazmadi.

Ishdan chiqqan gen. Tananing birdaniga yosharib ketishi haqidagi uch voqea

Soso boyib ketdi, Moskva chekkasida uy sotib olib, uylandi. Biroq kichraya boshlagan Sosoni erkaklik quvvati tark eta boshladi. U taniqli ekstrasens Junaga murojaat etdi, ammo u bu muammoda unga yordam bera olmadi. Shunda Soso inson morfologiyasi ilmiy-tekshirish instututiga tekshiruvdan oʻtdi. Olimlar nomaʼlum sababga koʻra genetik dasturda buzilish roʻy bergan, degan tashxis qoʻyishdi. Koʻp oʻtmay u 9 yoshli bola koʻrinishiga vafot etdi va vatani Tbilisida dafn qilindi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar