Qiziqarli

Xatiko: vafodor it haqida qaygʻuli voqea

Xatiko: vafodor it haqida qaygʻuli voqea

Xatiko “akita-inu” zotiga taalluqli it boʻlgan. Bunday zotdor itlar sadoqati va mardligi bilan ajralib turadi. 

Xatiko laqabli it 1923 yilda tugʻilgan. Kuchuk bolasini Tokio universitetining professori Xidesaburo Uenoga sovgʻa sifatida berishdi.

Xatiko: vafodor it haqida qaygʻuli voqea

Xatiko yoshligidanoq xoʻjayiniga juda boʻlanib qolgan edi. Ozgina katta boʻlgach u professorni Sibuya temir-yoʻl stantsiyasigacha kuzatib qoʻyadigan, kechki payt esa uni kutib oladigan boʻldi.

Odamlar professor va uning itini koʻpincha birga koʻrishar va Xatikoning sadoqatidan hayratlanishar edi. Biroq kunlardan bir kun itning xoʻjayini qaytib kelmadi.

1925 yilda Xidesaburo Ueno talabalarga dars oʻtayotgan vaqtida toʻsatdan yiqilib tushadi, uning miyasiga qon quyilgan edi (insult). Yetib kelgan shifokorlar professorni saqlab qola olmadilar.

Oʻsha mashʼum kunda professorning qaytmaganiga qaramasdan Xatiko har kuni stantsiyaga kelishni kanda qilmas va nigohi bilan tanish chehrani qidirar edi. 

Xatiko: vafodor it haqida qaygʻuli voqea

Keyinchalik itni professorning qarindoshlarinikiga yuborishdi. Ammo Xatiko begona odamlarnikida qolishni istamasdan, doimo qochib ketar edi. U qavta-qayta eski uyiga qaytib borar va stantsiyaga chiqib, professorni kutishdan charchamas edi. 

Xatiko bir necha yillar davomida shunday tarzda hayot kechirdi. Uni avvaliga mahalliy ishchilar payqab qoldilar, keyinchalik esa yoʻlovchilar ham uni yaxshi tanib qolishdi.

1932 yilda Xirokiti Saito ismli talaba bu sadoqatli it haqida qiziqa boshladi. U mahalliy aholidan qaygʻuli voqeani eshitib, uning asosida maqola yozdi.

Xatiko: vafodor it haqida qaygʻuli voqea

Maqola yirik yapon gazetalaridan birida chop etilgandan keyin, Xatiko butun mamlakatga mashhur boʻldi. 9 yil mobaynida oʻz egasini kutishdan charchamagan va uning qaytishidan umidvor boʻlgan sadoqatli itni koʻrish uchun temir-yoʻl stantsiyasiga odamlar oqib kela boshladilar. Sadoqat va vafo timsoli boʻlmish Xatikoga atab Sibuya stantsiyasida haykal ham oʻrnatildi.

Xatiko: vafodor it haqida qaygʻuli voqea

Koʻchadagi shafqatsiz hayot sharoiti Xatikoga oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmadi. U boshqa itlarning hujumiga uchrab, ularni qaytarishga urindi. Turli xil kasalliklar va notoʻgʻri ovqatlanish va sogʻinch hissi Xatikoni holdan toydirdi. 1935 yilda uning jonsiz tanasini stantsiya yaqinidan topishdi. Uning tanasi veterinarlar tomonidan yorib koʻrilganda xavfli oʻsimta va boshqa turli xil kasalliklar borligi aniqlandi.

Bu voqeadan kinemotografiyachilar ham taʼsirlandilar. Mazkur qaygʻuli voqea asosida ikkita film suratga olindi – Yaponiya mahsuloti boʻlmish “Xatiko voqeasi” hamda Britaniya va Amerika hamkorligida suratga olingan “Xatiko: eng sadoqatli dosʼt” filmlari. 

Xatiko: vafodor it haqida qaygʻuli voqea
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar