Siz qaysi burj vakilisiz? Boy boʻlish burjga bogʻliqmi?

Munajjimlarning turli burj vakillari pul topish borasidagi imkoniyatlari va qarashlari haqida fikrlari bilan tanishing.

Bu burj vakillari tinimsiz mehnat orqali pul topishadi. Hattoki baʼzilari nafaqaga chiqqanlarida ham ishlashdan toʻxtashmaydi. Qoʻli ochiq desak ham boʻladi. Tartib bilan sarf harajat qilmaydi, yaqinlar va qarindoshlardan pul ayamaydilar. Shu bois ham ular ortiqcha mablagʻ jamgʻarish borasida bir oz muammolarga duch keladilar.

Ular oʻz qadrlarini juda yaxshi biladilar. Mushuk tekinga oftobga chiqmaydi degan shiorga amal qilishadi. Ular nafaqat pulni yaxshi topishadi, uni qanday sarflashni ham yaxshi bilishadi. Shu bois ham ularning pul masalasidagi muammolari uzoqqa choʻzilmaydi.

Ular hamisha oʻz aqllariga tayanib pul topishadi. Hatto bitta oʻq bilan ikta quyonni poylashadi. Biroq koʻp hollarda buning uddasidan chiqa olishmaydi. Pulni oʻylamasdan sarf qilganliklari bois pulga muhtojlikni sezib yashashadi.

Bu burjdagilar hech qachon pulsiz qolmaydilar. Hamisha qora kunga ataganlari boʻladi. Ular koʻp pul topishga va yaxshi yashashga urinishadi. Oilasini taʼminlashga butun jon-jaxdi bilan tirishadilar.

Ushbu burj vakillari barchadan yaxshi yashashga urinishadi. Yaʼni juda shoxona hayot kechirishni xohlaydilar. Ular hamisha yuqori maosh toʻlanadigan joyda ishlashga harakat qiladilar. Buning uchun hattoki tun-u kun ishlashga ham rozi boʻladilar.

Parizod burji vakillari mehnatsevar boʻlishadi. Biroq ularing mehnati hamisha ham qadrlanavermaydi. Bundan esa ular aziyat chekishadi. Ular kerakli joylarga pulni ayamasdan sarf qilishadi.

Xamisha ham jon kuydirib mehnat qilmasalar-da, pul topishning uddasidan chiqishadi. Ular oʻzlariga homiy topish borasida uddasi farangdirlar. Pul sarflashda esa bir tiyin ustida bosh qotiradilar.

Ular tabiatan moliyachi va boshqaruvchi boʻladilar. Ulardan yaxshi tadbirkor chiqadi. Xamisha qoʻshimcha daromad haqida ham bosh qotiradilar. Umuman olganda puldan pul qilishni yaxshi uddalaydilar.

Bu burj vakillarining qoʻllarida koʻp hollarda pul turmaydi. Ular koʻpincha soʻngi pullarigacha ishlatadilar. Ular oʻzlarini koʻp hollarda puli koʻpday qilib koʻrsatadilar. Biroq ayrim hollarda oʻz aldovining “qurboni”ga ham aylanib qolishadi.

Qaysar bir umr faqat oʻz oldiga qoʻygan maqsadi yoʻlidan ketadi. Ular butun umr tarkidunyo qilib yashashlari ham mumkin. Ular bor pulini bekorga sovurmaydiganlar hilidan.Ularning yonida har doim maʼlum miqdorda pul turadi.

Qovgʻalar yaxshi pul topishadi. Biroq pul ular uchun birinchi oʻrinda turmaydi. Ular doʻstlariga qarz berib hatto buni unutib ham qoʻyishadi.

Bu burj vakillari ham pulni ikkinchi darajaga qoʻyishadi. Odatda kamtarona hayot kechirishadi. Pulning ortidan quvishmaydi. Har qanday narsa taqdir izmiga bogʻliq degan fikrni shior qilib olishgan.

Bugungi jamlaganlarimiz qanchalik sizning feʼl-atvoringizga mos keldi bilmaymizku-ya, biroq sizga hamisha pul topish borasida omad tilab qolamiz. Etiboringiz uchun rahmat.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



