Oshxona ustalari qanday uddalashadi: sabzavotni uzoq saqlash usullari

Bulgʻor qalampirini yaxshi saqlash uchun qogʻoz sochiq yoki boʻlmasa salfetkaga oʻrab qoʻyish tavsiya etiladi.

Qulupnay umrini uzaytirishning siri esa ularning bir-biriga tegib qolmasligidadir. Idishga bir necha qavat qilib salfetka qoʻying va qulupnaylarni yoyib chiqing. Bu borada yana bir variant eng mukammali sanaladi. Bu tuhumning qogʻoz idishi. Qulupnay joylashtirish va saqlash uchun bu ayni muddao.

Bodringni saqlash. Bodiringlarni politen paket ichiga solib, ustini nam doka bilan yoping. Eng asosiysi paketning chetini yopib qoʻymang.

Pomidorlarni tepasidagi bandlari bilan saqlang.

Sabzini suv bilan toʻldirilgan idishga joylashtiring, bu bilan saqlash muddatini 14 kunga uzaytirish mumkin.

Seldereyni folga qogʻozga oʻrang va muzlatkichda saqlang.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



