Uzumdan ajoyib niqoblar tayyorlash sirlari

Sersuv uzumning bir nechta donasini teshib, sharbati bilan boʻyin va yogʻli yuz terisini arting. 15-20 daqiqadan soʻng yuvib tashlaysiz. Natijada yuz va boʻyin terisi yumshoq va mayin boʻladi.

Uzum donalarini ikkiga boʻling. Bir necha daqiqaga yuzingizga qoʻying. Ushbu niqob terining shox qavatini koʻchirib, mayda ajinlardan forigʻ boʻlishingizga koʻmaklashadi.

Sovuq kunlarda qoʻllar dagʻallashadi. Ularni tozalash uchun esa maydalangan gerkules va ezilgan uzumdan teng miqdorda olib, boʻtqa tayyorlang. Uni qoʻllarga surtib 5-10 daqiqa qoʻl terisini aylanma harakat bilan uqalang. Keyin esa iliq suvda yuvib tashlang. Natijasini oʻzingiz payqay boshlaysiz.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



