Qiziqarli

Kinoteatrlarning biz bilmagan sirlari

Kinoteatrlarning biz bilmagan sirlari
Kinoteatrlarning biz bilmagan sirlari

Kim filmni popkorn yeb tomosha qilishni yoqtirmaydi, deysiz? Va bu, ehtimol kinoteatrlarning eng katta siridir. Koʻp hollarda kinoteatrlarga daromadni kino prokati emas, popkorn sotilishi keltiradi. Uni arzonga sotib olamizku, deb ajablanmang. Oʻsha arzonga sotib oldim, deb oʻylagan bodrogʻingiz ham mahsulotning tannarxidan 15-20 barobar qimmat.

20-asrning birinchi yarmida, Amerikada Buyuk depressiya davrida, kinoteatrdagi eng arzon shirinlik popkorn edi. Oʻshandan beri popkorn juda mashhur va ommabop boʻlib qoldi.

Kinoteatrlarning biz bilmagan sirlari

Agar shu narxga siz yangi popkorn sotib olayapman, deb oʻylasangiz, katta xato qilasiz. Mahsulotning asosiy afzalliklaridan biri – bu deyarli bir hafta davomida aynimasligidir. Va shuning uchun kinoteatrda bir hafta qizdirilgan popkorn sotiladi.

Nega premyeralar deyarli har doim payshanba kuni boʻladi, deb oʻylab koʻrganmisiz? Bunga mantiqiy izoh bor. Albatta koʻpchilik tomoshabinlar kinoga dam olish kunlari borishadi. Shuning uchun premyera payshanba kuni qoʻyiladi, chunki shu 2 kun mobaynida kinoni koʻrgan odamlar ijtimoiy tarmoqlar va doʻstlariga kino haqida yozishadi va tavsiya qilishadi, shuning uchun dam olish kunlari tomoshabinlar soni koʻpayadi.

Har seansdan keyin zalni tozalashadi, lekin baʼzan filmlar seansi orasidagi vaqt kam boʻlgani uchun zalni tozalashga ulgurishmaydi. Keyingi safar kinoga kelganda, stulingizning tagiga qaramang, chunki u yerda popkorn va boshqa chiqindilar yotishi mumkin.

Kinoteatrlarning biz bilmagan sirlari

Kino seansining boshidan oxirigacha kinoteatrning xavfsizlik xodimlari tomoshabinlarni kuzatishadi. Kinozallarda kameralar oʻrnatilgan. Ular orqali xodimlar tomoshabinlarni jamoat tartibini buzmasliklari va kamera ishlatmasliklari uchun kuzatishadi.

Kinoteatrlarning biz bilmagan sirlari

Kinoteatrlar oʻzining tovush tizimi tahsinga loyiq, chunki ular tomoshabin qulogʻiga maksimal tasir oʻtkazishadi. Ammo, baʼzilar baland tovush standartlariga roiya qilmaydilar.

Baʼzi odamlar uchun harakat, portlash va jang sahnalari koʻp boʻlgan filmlar xavfli. Agar quloqingiz sezgir boʻlsa, bunday filmlarni tomosha qilmang yoki kinoga oʻzingiz bilan minigarnitura olib boring.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar