Pardoz mahsulotlaridagi inson uchun zararli komponentlar

Bu sintetik murakkab efirlar kosmetik vositalarning tarkibiy qismi hisoblanadi va asosan mahsulotning yaroqlilik muddatini uzaytirish uchun qoʻshiladi.
Yaqin kunlargacha parabenlar zararsiz, deb hisoblanib kelinar edi, biroq oxirgi paytlarda bu sintetik qoʻshimcha koʻkrak saratoni tarkibida aniqlana boshlandi. Olimlarning xulosalariga koʻra, bu modda organizmdan chiqib ketmay, yigʻiladi va onkologik kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Ushbu komponent asosan quyoshdan saqlovchi kosmetik vositalar tarkibiga kiradi va ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi. Benzofenon toksik va kantserogen xususiyatga ega emas, biroq u organizmda yigʻilib borib, qarama-qarshi samarani beradi.
Ushbu komponentning yalligʻlanishni ketkazuvchi va antiseptik xususiyati bor. U bakteriyalar, virus va mikroblarning aktivligini susaytiradi. Ammo baʼzi mamlakatlarda, masalan, Shvetsiya va Yaponiyada formaldegidni kosmetik mahsulotlarda ishlatish taʼqiqlangan. U terida allergiya va taʼsirlanishni keltirib chiqarishi, baʼzi hollarda esa asab kasalliklariga ham sabab boʻlishi mumkin.

Bu modda terida sezilmaydigan qobiq hosil qiladi va tashqi omillarning zararli taʼsiridan himoya qiladi. Ammo u ham organizmda yigʻilib, tana aʼzolariga salbiy taʼsir koʻrsatadi, ayniqsa homilador ayollarga.
Bu komponent antibakterial vazifani bajaradi.U patogen mikroflorani harakatsizlantiradi, mikroblarni oʻldiradi, infektsiyalarning rivojlanishining oldini oladi. Biroq uning ham toksikologik taʼsiri aniqlangan. Triklozanning organizmda yigʻilib qolishi kam oʻrganilgan. Baʼzi olib borilgan mustaqil tadqiqitlarning koʻrsatishicha, bu komponentning antibakterial xususiyati boʻrttirib koʻrsatilgan.

Talk asosan upa va qovoq boʻyoqlarida ishlatiladi. U teridagi ortiqcha namlikni shimib oladi. Biroq talk poralarni yopib qoʻyadi, moddalar almashinuviga halal beradi va qon aylanishini yomonlashtiradi, bu esa oʻz navbatida terining epidermis qavatiga zararli taʼsir koʻrsatadi. Talkning nafas yoʻliga tushib qolishi oʻpkaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Mineral yogʻlar neftni qayta ishlash mahsuloti sanaladi. Kosmetikada u yumshatuvchi, namlovchi va shamollashga qarshi vosita sifatida foydalaniladi. Bunday yogʻlar uzoq muddatga yaroqli hisoblanadi, shu bois ham pardoz mahsulotlarida faol foydalaniladi. Biroq bu komponentning ham yuqori toksik taʼsiri boʻlib, metobolizmni ishdan chiqarishi mumkin.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



