Foydali

Oddiy ammo zararli holatlar: yashirin kasallik qoʻzgʻatuvchilar haqida

Oddiy ammo zararli holatlar: yashirin kasallik qoʻzgʻatuvchilar haqida

Ichiga anchagina buyumlarni joylashtirish imkoni boʻlgan shu zayldagi sumkalarning vazni ancha ogʻir boʻlib, uni koʻtarish natijasida yelka, boʻyinda noxush ogʻriq turib, ushbu hol bosh ogʻrigʻiga sabab boʻladi. 

Oddiy ammo zararli holatlar: yashirin kasallik qoʻzgʻatuvchilar haqida

Sumkangizni tez-tez reviziyadan oʻtkazing. Kerak boʻlmagan buyumlardan uni ozod eting. Sumkani galma-galdan u qoʻldan bu qoʻlga olib yuring. Yaxshisi, yelkaga yoki yelka qiyalamasiga osib olishni maslaxat beramiz. Shu yoʻl orqali sumka ogʻirligi butun tanaga teng taqsimlanadi. Sumkangizning ogʻirligi tana vazningizning 10%idan oshmasligi kerak.

Oddiy ammo zararli holatlar: yashirin kasallik qoʻzgʻatuvchilar haqida

Koʻpchiligimizda ish kuni davomida toʻsatdan bosh ogʻrigʻi ruju qilib qoladi. Buning asosiy sabablaridan biri- ofis ichimligi sifatida suvdan voz kechib qahvani tanlaganmiz. Qaxva peshob haydovchi vosita boʻlib, organizmning suvsashi oqibatida qon aylanish faoliyati sustlashadi va bu holat miyada ham takrorlanadi. 

Oddiy ammo zararli holatlar: yashirin kasallik qoʻzgʻatuvchilar haqida

Doim yoningizda gazlanmagan toza ichimlik suvi boʻlsin. Uni kun mobaynida oz-ozdan isteʼmol qiling. Yodingizda tuting, bosh ogʻrigʻi ratsioningizda magniy, sink kabi ayrim foydali moddalarning yetishmasligi oqibatida kelib chiqadi. Shu bois qattiq parxezdan saqlaning. Yoz oylarida suyuqlik ichish miqdori 2 litrdan kam boʻlmasligi kerak. 

Oddiy ammo zararli holatlar: yashirin kasallik qoʻzgʻatuvchilar haqida

Ajablanarlisi shundaki, baʼzan bosh ogʻrigʻiga siz tomondan isteʼmol qilinayotgan oziq ovqatlar ham sabab boʻlishi mumkin : chuchvara, chips, mayonez, kreker, konserva maxsulotlari, kolbasa, tez tayyorlanadigan shoʻrvalar.  

Kutilmagan ogʻriqni oldini olish maqsadida tayyor mahsulotlar tarkibiga ahamiyat bering. “Taʼm kuchaytiruvchi”, “taʼmga qoʻshimcha” va “E621” yozuvlaridan ehtiyot boʻling. 

Oddiy ammo zararli holatlar: yashirin kasallik qoʻzgʻatuvchilar haqida

Ish stolida zoʻriqib ishlash, asabiylashish, yelka va boʻyin mushaklarida kuchli ogʻriqni paydo qiladi. Ushbu hol xizmat doirasidan kelib chiqib uzoq vaqt muqim oʻtirish orqali roʻy beradi.

Dilhiralik va janjaldan uzoqroq boʻlishga harakat qiling. Qadingizni tik ushlab, xona boʻylab yurish ham foydadan holi boʻlmaydi. Kompyuterda ishlayotganda vaqti-vaqti bilan boshingizni stul suyanchigʻiga qoʻyib, yuqoriga qarab oʻtirsangiz, boʻyin mushaklariga dam berib bosh ogʻrigʻi boshlanishining oldini olasiz. 

Oddiy ammo zararli holatlar: yashirin kasallik qoʻzgʻatuvchilar haqida
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar