Ishtaha aldashning 17 usuli

1. Ovqatlanishdan oldin 1 stakan mineral suv yoki boʻlmasa pomidor sharbatini iching. Shunda odatda yeydigan ovqatingizni bir qisminigina yeysiz.
2. Ovqatlanish paytida tuz va qalampirni haddan ortiq isteʼmol qilmang.
3. Gazeta oʻqib yoki boʻlmasa televizor tomosha qilib ovqatlanmang.

4. Ovqatni shoshilmasdan asta-asta chaynab yeyish kerak.
5. Muzlatgichda yuqori kaloriyali taomlarni saqlamang. Aks holda bu ovqat esingizga tushib qolgan zahoti darhol paqqos tushirasiz.
6. Taomni kichkina idishga suzing. Bu bir qarashda ovqat miqdorini meyoridan koʻp qilib koʻrsatadi. Idish rangi moviy boʻlsa, undan ham yaxshi. Ushbu rang ishtaxani bir oz boʻlsada boʻgʻish hususiyatiga ega.

7. Kun boʻyi yeyiladigan ovqatning 80%i nonushta va tushlikka toʻgʻri kelishi darkor. Nonushtada koʻproq non mahsulotlarini isteʼmol qilish kerak. Chunki ular vitaminlarga boy boʻlib, organizmida suv yigʻilib qolishiga yoʻl qoʻymaydi. Qolaversa non oshqozonda uzoq vaqt hazm boʻlgani sabab, ochiqish hissi sizni uzoq vaqt bezovta qilmaydi.
8. Bozor yoki doʻkonga harid uchun borganingizda qorningizni toʻqlab oling. Shunda bozor haltani toʻldirib tashlash fikridan bir oz qaytasiz.
9. Meva , sabzavot va shunga oʻxshash parxez taomlarni koʻzga yaqinroq joyga qoʻying. Qorin ochgan pallada qoʻl keladi.

10. Kundalik taomnomaga loviya va noʻxatni kiritib qoʻying. Bu mahsulotlar ovqatni tez hazm qilish bilan birga, oshqozonni bir zumda “toʻydirib qoʻyadi”.
11. Tushlikda sabzavotli salat isteʼmol qiling. U organizmdagi ortiqcha xolestirindan halos etadi.
12. Ochlik koʻp hollarda kechqurun “bosh koʻtaradi”. Agar tunda oshxonaga moʻralamay desangiz, jismoniy mashqlar bilan shugʻillaning. Bu sizni ovqat haqidagi fikrlardan chalgʻitadi.

13. Tunda ortiqcha ovqat yeb qoʻymaslik uchun tishlaringizni yaxshilab tozalang. Shunda taomga boʻlgan istak oʻz-oʻzidan pasayadi.
14. Oʻta ochiqsangiz, bir piyola sut qoʻshilgan iliq choy ichib oling. U uyqusizlikdan halos etish hususiyatiga ega.
15. Agar tushlikni kutishga sabringiz yetmasa, bittagina konfet bilan cheklaning. Konfetda kaloriya yuqori emas, lekin uglevodlar qonga tez singishi bois, ochlik hissi nari ketadi.

16. Koʻp taom isteʼmol qiladigan kishilar va ozish orzusidagi insonlar 5 martalik ovqatlanish tartibiga oʻtganlari maʼqul.
17. Ishtaxani aldashda aromaterapiyadan ham foydalanish mumkin. Buning uchun ochlik hissi paydo boʻlganda sevimli atiringizni toʻyib-toʻyib hidlang. Atir bir muddat ishtaxani boʻgʻilishiga sabab boʻladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



