Oshxona

Dunyodagi eng antiqa bozorlar

Dunyodagi eng antiqa bozorlar

Dunyodagi eng ajoyib bozorlar qayerlarda joylashgani haqida bilasizmi?

Dunyodagi eng antiqa bozorlar

Tailandga sayohat qilish niyatida boʻlgan insonlar bu yerdagi suzuvchi bozorlar haqida eshitgan boʻlishlari aniq. Mamlakat hududlari boshqa megapolislar kabi sershovqin klublari va hashamatli restoranlari bilan emas, tay savdogarlarining turli mahsulotlari ortilgan qayiqlar suzib yuradigan antiqa bozorlari bilan nom qozongan. Sayyohlarni bu yerdagi millionlab mahsulotlar ifori oʻziga jalb qiladi. Osiyoliklarga xos boʻlgan sokinlik har bir burchakda sezilib turadi - suv ustida ohista chayqalayotgan qayiqlarda savdogarlar oʻz mahsulotlarini sotish bilan birga tanovul qilishadi, farzandlarini oʻzlari bilan birga olib yurishadi, oʻzaro yangiliklar almashishadi. Bu kabi suzuvchi bozorlardan topish mumkin boʻlmagan narsaning oʻzi yoʻq. Ularda mevalar, liboslar, esdalik buyumlari, issiqqina taomlar ham sotiladi. Bu kabi antiqa bozorga bir bortashrif buyurgan inson uni butun umr yoddan chiqara olmasa kerak.

Dunyodagi eng antiqa bozorlar
Dunyodagi eng antiqa bozorlar

Niderlandiyadagi mazkur bozor ham suvda joylashgan, ammo bu yerdagi muhit butunlay boshqachadir. Mazkur bozorda ekzotika tushunchasidan asar ham yoʻq, ammo uni oʻz koʻzlaringiz bilan koʻrish haqiqatan ajoyib taassurotlar olishga sabab boʻladi. Minglab gul doʻkonlari Singel daryosi boʻyida joylashgan. Gullarning rang-barang yaproqlari, gollandlarning sevimli guli boʻlmish lolalar va boshqa koʻplab turdagi gullarni aynan mana shu yerdan topasiz. Anaʼaviy binolar qarshisida joylashgan bozor haddan tashqari chiroyli va noodatiy koʻrinish hosil qiladi. Bu yerdan kamyob navga tegishli lolalar, sevgilingiz uchun mutlaqo kutilmagan sovgʻa boʻluvchi guldastalar harid qilishingiz, antiqa doʻkonlar qarshisida esdalik uchun suratga tushishingiz mumkin.

Dunyodagi eng antiqa bozorlar
Dunyodagi eng antiqa bozorlar

Bugungi kunda Parijning yoyma bozorlari anchagina zamonaviy koʻrinish kasb etgan. Bu yerdan Yevropaning antikvar buyumlarini ham, moda olamigategishli boʻlgan turli narsalarni ham topish mumkin. Doʻkonlarning koʻrinishi zamon talablariga mos ravishda oʻzgargan. Parijning asl goʻzalligini koʻrish niyatingiz boʻlsa, Vernezon bozori tomon yoʻl oling. Bozorga 20 asr boshlarida asos solingan boʻlib, yogʻoch tomlar, tor yoʻlaklar va buyumlar hilma-hilligi qadimgi Fransiya muhitini his qilishingiz uchun imkon beradi.

Dunyodagi eng antiqa bozorlar
Dunyodagi eng antiqa bozorlar

Goadagi tungi bozorlarda hind madaniyati va oʻziga xos anʼanalar uygʻunligini koʻrish mumkin. Bozor savdogarlarning ovozi, savdolashayotgan insonlar shovqini bilan gavjum. Bu yerdan nafaqat arzon mahsulotlar, balki taniqli dizaynerlar tomonidan yaratilgan oliy sifatli liboslar, qoʻl mehnati namunalari, qimmatbaho buyumlar va Hindistonning mashhur taqinchoqlarini harid qilishingiz mumkin.

Dunyodagi eng antiqa bozorlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar