Oshxona

Roʻzgʻorda qoʻl keluvchi usullar

Roʻzgʻorda qoʻl keluvchi usullar

Oshxona rakovinasini tozalashda tirik tuz yoki kir yuvish kukunidan foydalanish mumkin. Rakovinaga 3-4 kun qaynoq suv quyilsa yoki 0,5 stakan soda va shuncha miqdorda tuz, sirka sepilsa, chiqindilarni tozalab yuvib ketadi.

Gazli suv va ichimliklar joʻmrakdagi zang va changlarni yaxshi ketkaza oladi.

Roʻzgʻorda qoʻl keluvchi usullar

Poldagi yogʻli dogʻlarni ketkazish uchun suvga 2 osh qoshiq oddiy osh tuzi qoʻshib tozalanadi va orqasidan toza suv bilan artiladi.

Roʻzgʻorda qoʻl keluvchi usullar

Duxovkadagi yogʻ va kir qatlamlari uncha koʻzga tashlanmasa-da, uni tozalash ancha kuch talab qiladi. Shunday ekan, uy bekalariga amalda sinalgan quyidagi usulni taqdim etamiz. Duxovkani sirkali suvda hoʻllangan latta bilan artish kifoya. Goʻsht toblash yoki boʻlmasa boshqa yogʻli jarayonlardan soʻng issiq duxovkaga yirik tuz sepilsa, yogʻ va kirlarni oʻziga soʻrib oladi. Agar bu usul naf bermasa, soda va metal yuvgichdan foydalanishingiz mumkin. Eski oʻrnashib qolgan dogʻlarga nashatir spirti surtib qoʻyilsa, tozalash oson boʻladi.

Plita ustidagi yogʻ va chirklarni ketkazish uchun limonli suv yoki sirka sepib, soda bilan artiladi. Ketishi qiyin boʻlsa limon suvli aralashma bir necha daqiqaga qoldiriladi. 

Roʻzgʻorda qoʻl keluvchi usullar

Qaynoq bugʻ sovutgichni yaxshi tozalaydi va dezinfeksiyalaydi. Sirkali aralashma ham sovutgichdagi dogʻ va yoqimsiz hidni bartaraf etishga koʻmak beradi. Umuman olganda, undagi kirlarni sovun va kir yuvish kukuni bilan artsa ham toza boʻladi.

Roʻzgʻorda qoʻl keluvchi usullar

Choynakdagi qasmoqni ketkazishda gazli suv sizga qoʻl keladi. Buning uchun choynakka gazli suv solib qaynating. Soʻngra choʻtka bilan yuvib tashlang.

Idishlarni tozalashda isteʼmol sodasi, qaynoq suv va zarqogʻoz kerak boʻladi. Kastryulkaga qaynoq suv, 2 osh qoshiq soda va gʻijimlangan zarqogʻoz solib, bir necha daqiqa tindiriladi. U bilan oshxonadagi dogʻ bosgan idishlarni tozalash mumkin.

Kumush buyumlardagi dogʻlarni ketkazishda esa sirka va soda aralashmasi yordam beradi.

Iliq suvga 2 osh qoshiq sirka qoʻshib, oyna artilsa u top-toza boʻladi. Agar oynadagi dogʻ ketishi qiyin boʻlsa, issiq (qaynoq emas aks holda oynaga darz ketishi mumkin) suvdan foydalanish mumkin.

Roʻzgʻorda qoʻl keluvchi usullar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar