Goʻzal va sogʻlom boʻlishda qoʻl keluvchi maslahatlar

Shirin va achchiq anorning siqib olingan sharbati asal bilan aralashtirilib bir necha kun quyoshga qoʻyiladi. Bu malham koʻzdagi harorat va koʻz koʻrishi qobiliyatini yaxshilaydi.
Anjir tomoq qirilishi va oʻpka yoʻllariga juda foydali. Anjir sharbati emizikli ayollarga sutini koʻpaytirishda foyda beradi. Bundan tashqari anjirning mevasi va bargi soʻgal va dogʻlarni ketkazishda qoʻl keladi.
Qovurilgan yongʻoqni kindik ustiga qoʻyilsa, ichak ogʻriqlarini bosadi va ichni toʻxtatadi.
Achchiq bodom sepkil va oftobdan qorayishni yoʻqotadi. U yuzdagi ajinlarga surtilsa, terini silliqlashtiradi.
Uyqusizlikda yotishdan yarim soat oldin qora choyga sut qoʻshib ichiladi. Ozgina asal qoʻshsangiz foydasi koʻproq seziladi. Bu muolajaning emizikli ayollarda sut yetishmovchiligida nafi boʻladi. Davolanish muddati bir oy.
Asab toliqishida astepinda bir qisim doʻlana, qoragʻat , shotut mevalari va yalpiz bargi hamda qora choy tuyib aralashtiriladi. Bir qoshigʻiga yarim litr qaynoq suv quyib, yarim soatga tindirishga qoʻyiladi. Undan kuniga bir ikki piyoladan ovqatdan bir soat oldin bemorning ahvoli yaxshilanguniga qadar ichib yuriladi.
Tinmay ich ketganda qora choyni achchiq qilib damlab, har ikki soatda bir piyoladan ichiladi.
Oftob urganda achchiq damlangan choydan paxtani namlab terining zararlangan joylariga qoʻyiladi.
Qorin dam boʻlganda bir qisim qora choyga 10 gr shivit (ukrop) urugʻi aralashtiriladi.Uning bir qoshigʻiga yarim litr suv quyib, oʻrta olovda besh daqiqa qaynatiladi. Damlamani sovutib, kuniga 2-3 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir piyoladan ichiladi.

Koʻp alkogol isteʼmol qilganda 100-120 gr miqdordagi asal ikki marta ichiladi. Asaldagi fruktoza alkogol taʼsirini yoʻqotadi.
Tomoq ogʻrisa, angina, surunkali tanzilit, laringit, farangit, milk ogʻriqlarida tabiiy asal saqichi gʻoyatda shifobaxshdir. Bunday hollarda xalq tabobati asal saqichini chaynashni tavsiya qiladi.
Agar saqich boʻlmagan taqdirda tabiiy asalni unchalik qaynoq boʻlmagan issiq suvda 1:2 miqdorda eritib, ogʻiz chayqaysiz.
Qon tomirining kengayishida doka tomponi ustiga qalinroq holda asal surtib, qon tomirining vorikoz kengaygan joyiga bosiladi-da, ustidan bint bilan bogʻlab qoʻyiladi. Dastlabki kun kompresni ikki soatdan soʻng, ikkinchi va uchinchi kunlari 4 soatdan soʻng olasiz. Keyinroq esa butun tun davomida qoldirasiz. Asal mikrobga va gazaklashga qarshi taʼsir koʻrsatib, varikoz jarohatlarini tez yengadi.

Asablar charchaganda va asabiylashganda gunchangni ovqat isteʼmol qilishdan yarim soat oldin kuniga 3 mahal 0.3 – 1 choy qoshiqda qabul qilib turiladi.
Ikki choy qoshiq asal solib tayyorlangan vannada 20 daqiqadan yotib tursangiz, asabiy charchashdan halos boʻlasiz, teridagi mayda ajinlar ham tekislanadi.
Sizni uyqusizlik qiynayotgan boʻlsa, bir stakan iliq suvda bir osh qoshiq asalni eriting va yotishdan oldin ichib oling. Uyqingiz tinch boʻladi.
Tish ogʻriganda noxatdek keladigan asalari mumi (propolis) ni ogʻriqli tish ustiga bossangiz, ogʻriq oʻsha zahotiyoq sizdan daf boʻladi.
Yoʻtalda100 ml turp suviga 1 osh qoshiq asal qoʻshiladi va erib ketkuniga qadar aralashtiriladi. Aralashmani har soatda qabul qilib turish lozim.
Siydik tuta olmaslikda farzandlaringizga uyquga yotishdan oldin 1 choy qoshiqda toza asal bering. Asalda tinchlantiruvchi va mustahkamlantiruvchi hususiyat bor. Bundan tashqari, inson organizmidagi suyuqlikni saqlab turadi.
1 limon, yarim stakan asal, 0,5 kg mayiz, 0,5 kg yongʻoqni goʻsht qiymalagichdan chiqarib har kuni ertalab naxorga bir osh qoshiqdan isteʼmol qiling.

3 ta poʻsti archilmagan, oʻrtacha kattalikdagi nordon boʻlmagan olmani toʻgʻrab, ustidan 1litr qaynoq suv quyib, past olovda 10 daqiqa qaynating. Uni yarim soat tindiring, bir osh qoshiq asal solib ichib yuring.
Kichik yoshdagi bolalar yoʻtalganida asal va ilitilgan zaytun moyi bir hil miqdorda obdon aralashtiriladi. Kichik yoshdagi bolalarga bir choy qoshiqdan, kun davomida 3-4 marotabadan ichkazib turiladi.
Uyqusizlikda1 stakan mineral suvga 1 osh qoshiq asal, yarimta limon sharbatini aralashtirib, ertalab och qoringa toliq hafta mobaynida iching.
Uyqingiz yaxshi boʻlmasa bir osh qoshiq asalni qaynatilgan suv yoki sut bilan aralashtirib, uyquga yotishdan oldin 100 ml miqdorida iching.
Koʻz ravshanligini oshirishda qaynatib sovutilgan suvning 300 ml ga 1 choy qoshiq asal solib aralashtiring, u bilan dokani namlab, kechasi koʻzga bogʻlab yoting. Shakarlanib qolgan asalning noxatdayini quruq joyda yaxshilab aralashtirilgach, ikkala koʻzga 5 tomchidan tomizib 10 daqiqa yotilsa, koʻz quvvati oshishdan tashqari yalligʻlanishdan ham holi boʻladi.
Erkaklarga sochlar qazgʻoqida asalga noxat talqonidan teng miqdorda solib aralashtiring.Ushbu aralashmani sochingizni oldirganingizdan soʻng surting, oftobda 1 soatga yaqin vaqt mobaynida turing. Soʻng esa yuvib tashlang. Bu muolajani 3 marotaba takrorlashda taʼsirini seza boshlaysiz.

Erkaklarga maslaxat: 50 ml qaynatilgan suvga 1 choy qoshiq asal solib aralashtiring va uni soqol olinganidan soʻng yuzingizga surting. Asalli suv terini turli mikroblardan tozalaydi va yuzni tiniq boʻlishini taminlaydi.
Husnbuzarni davolashda yangi siqilgan 1 stakan bodring suviga 1 choy qoshiq asal yaxshilab aralashtiriladi va yuzga surtiladi. 30- 40 daqiqadan soʻng sovuq suv bilan yuvib tashlanadi.
Asal, asalari mumi, asalli mahsulotlar biologik faol quvvatga ega boʻlib, immunitetni kuchaytiradi.
Ich qotib ketganda asosiy davolar: oʻrik qaynatmasi, suyuq hamir ovqatlar va koʻk choy. Qovurilgan achchiq, shoʻr ovqatlarni isteʼmol qilishni toʻxtatish lozim.
Inson qanday kasallikka chalinmasin, ularni davolashda 4 hil meva faol qatnashadi. Bular oʻrik, tut, uzum va hurmodir. Ularni to darddan butunlay tuzalmaguncha isteʼmol qilib turish nihoyatda foydalidir.
Yurak hastaligini davolashda sogʻaygunga qadar quyidagilar isteʼmol qilinadi:ovqatlardan – shirguruch, qora bugʻdoydan tayyorlangan shavla, baliq shoʻrva, non, saryogʻ, pishloq, qatiq, suzma;
Ichimliklardan– koʻk choy, oʻrik qaynatmasi, meva, sabzavot sharbatlari, qaynatilgan suv, ularga shirinliklar qoʻshilmasligi shart.

Suvi qochgan non, qattiq non va ayniqsa, talqon, ortiqcha yogʻlarni oʻziga singdirib, semizlikning oldini oladi. Ivitib yesa ham boʻladi.
Muntazam bajarib turiladigan badan tarbiya yoki jismoniy mehnat insoning ichki va tashqi azolarini erta qarishdan saqlaydi. Xujayralar paydo bolishini yaxshilaydi bu esa oʻz navbatida tez kasalga chalinishdan saqlab umrni uzaytiradi.
Issiqda paydo boʻlgan bosh ogʻrigʻini tut, yer qalampirining bargi, otquloq bargini damlab ichish foyda beradi.
Suyuqlikni ovqat bilan qoʻshib aralashtirib ichish mumkin emas. Ovqat isteʼmol qilib boʻlgach, bir ozdan soʻng ichgan maʼqul. Yotishdan oldin bir payola qatiq ichib uyquga ketgan kishining qabziyat bilan muammolari boʻlmaydi.
Yongʻoqni uhlashdan oldin isteʼmol qilib boʻlmaydi, bu sogʻliq uchun zararli.
Sabzavotni archishdan oldin yarim soatga sovuq suvga solib qoʻysangiz, tarang tortilib, yupqa archiladi.
Kamqonlikdan qiynalayotgan boʻlsangiz qizil lavlagini pishirib tanovul qiling. U qoningizni va ichingizni tozalaydi.

Behi urugʻini yanchib isteʼmol qilinsa yurak hastaligiga davo boʻladi.
Inson jigariga 4 narsa juda foydali: qattiq non, xom karam, tvorog va asal.
Koʻk choy ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi.
Koʻk choy asabni tinchlantirishi bilan bir qatorda chexrani ochadi, tana haroratini qishda oshiradi, yozda esa salqin saqlaydi.
Koʻk choyning yana bir foydali hususiyati – qonni suyultiradi, tomirlarni kengaytirib, qon yurishini yaxshilaydi.
Koʻk choy xotirani yaxshilaydi, fikrlarni rivojlantiradi.
Koʻk choyqon bosimini pasaytiradi, chunki u badandagi yogʻlarni eritadi va qon tomirini kengaytiradi.
Koʻk choy qand kasalligini davolashda kundalik choy hizmatini oʻtaydi. Qondagi qand soqqachalarini kamaytirib, qon tarkibining bir meyorda boʻlishini taʼminlaydi.
Muntazam koʻk choy ichib yurish orqali teri tiniqligiga erishsa boʻladi. U yana qon tarkibini moʻtadillashtiradi, teri sirti koʻk choy bilan artilsa, yogʻli dogʻlar asta – sekin ketadi.

Aksariyat teri xastaligini davolashda, shuningdek yaralarni yuvishda koʻk choy eng yaxshi vositalardandir.
Koʻk choy damlamasi koʻzdagi qon bosimini tushuradi. Har kuni koʻk choy shamasini olib tashlab, 1-2 bor yuviladi. Uyquga yotishdan avval esa qovoqlarga shamasi bogʻlanadi.
Oftab urganda ham koʻk choy shifo boʻla oladi. Buning uchun choy damlamasidan koʻp miqdorda tayyorlab, badanni u bilan yuvib koʻp koʻp ichib turish kerak.
Bir choy qoshiq miqdorda asal , glesirin va bitta tovuq tuxumining sarigʻini yaxshilab aralashtiring. Teriga surtilsa terini oziqlantiradi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



