Qiziqarli

Qanday mashgʻulot va hobbilar yordamida stressdan qutilish mumkin?

Qanday mashgʻulot va hobbilar yordamida stressdan qutilish mumkin?

Kimdir qulay kresloga oʻtiradi, sevimli koʻrpasiga oʻralib olib  "katta narsalar" haqida oʻy suradi, kimdir quvonch va tasalli beradigan sevimli mashgʻulotlariga yoʻl oladi. Agar siz nimaga ustunlik berishni bilmasangiz, sizga stressga qarshi tan olingan sevimli mashgʻulotlarning turlari bilan tanishishingizni maslahat beramiz. 

Qanday mashgʻulot va hobbilar yordamida stressdan qutilish mumkin?

Faol jismoniy mashgʻulotlar:Tabiat qoʻynida yugurish, velosipedda sayr, sport bilan shugʻullanish (tabiat qoʻynida) nafaqat koʻngilni koʻtaradi, balki tanani jismoniy holatda saqlaydi. Bundan tashqari, bir qator tadqiqotlar oʻtkazilganidan soʻng, olimlar bunday sevimli mashgʻulotlar ijodiy fikrlashni rivojlantirishga yordam berishini isbotladilar. Raqs tanani chiniqtirishning ajoyib usuli boʻlishdan tashqari, kayfiyatni yaxshilaydi, yurak mushaklarini kuchaytiradi, nafas olish tizimi ishini yaxshilaydi, ortiqcha vazndan xalos boʻlishga yordam beradi .

Qanday mashgʻulot va hobbilar yordamida stressdan qutilish mumkin?

Velosipedda sayr sizdagi jismoniy faollikni oshiradi va surunkali kasalliklarga chalinish xavfini kamaytiradi. Shuningdek, bu sayr toza havodan nafas olish, tabiatda boʻlish, odamning ruhiy holatini ijobiy aks ettirish imkoniyatini beradi;

Qanday mashgʻulot va hobbilar yordamida stressdan qutilish mumkin?

Yugurish -bu stressni yengishga yordam beradigan yana bir faoliyat. Ushbu mashgʻulot tanani yaxshi jismoniy holatini saqlaydi, adrenalin (baxt gormoni) ishlab chiqarilishini qoʻzgʻatadi, kayfiyatni yaxshilaydi.

Qanday mashgʻulot va hobbilar yordamida stressdan qutilish mumkin?

Kayfiyatingiz yoʻqmi? Hech kimni koʻrishni istamayabsizmi? Gʻamgin holatdan qanday qutilishni bilmayabsizmi? Qoʻl mehnati inson kayfiyatini koʻtarib, dolzarb muammolardan sizni  chalgʻitadi.

Toʻqish-Ushbu qadimiy xalq hunarmandchiligi diqqat-eʼtibor va tirishqoqlikni talab qiladi. Bu asab tizimini tinch va uygʻun holatga keltiradi.

Qanday mashgʻulot va hobbilar yordamida stressdan qutilish mumkin?

Agar kundalik muammolardan bir muncha vaqt xalos boʻlishni istasangiz, bunda tikuv mashinasi sizga yordam beradi. Mehnatning natijasi  har doim kishiga quvonch va magʻrurlik tuygʻusini beradi.

Toʻqish va tikish sizning mashgʻulotingiz emas deya oʻylasangiz u holda daftar yoki boʻlmasa fotoalbomlar ustini bezatish bilan shugʻillaning. Bezak qogʻozlari ajoyib qoʻl mehnatini yaratish uchun asos boʻladi, bu oila va doʻstlar uchun ajoyib sovgʻa boʻlishi mumkin. 

Qanday mashgʻulot va hobbilar yordamida stressdan qutilish mumkin?

Amaliy sanʼatning boshqa koʻplab turlari mavjud: makrame, origami, papier-mache va boshqalar. Nima boʻlishidan qatʼiy nazar, zargarlik buyumlari, turli xil hunarmandchilik buyumlari, kiyim-kechak buyumlarini yaratish jarayoni- bularning barchasi ajoyib antidepressant vazifasini bajaradi va miyaning qarishini oldini oladi.

Siz har doim savdo koʻrgazmalarida aylanib yurganingizda qoʻlda tayyorlangan chiroyli idish-tovoq yoki naqshinkor buyumlardan estetik zavq olasiz. Ijodkorlikning sabr-toqat va qoʻllar bilan ishlash qobiliyatini talab qiladigan bir qancha turi mavjud. Rassomlar ishlaydigan ranglar palitrasining xilma-xilligi tana zoʻriqishini yengillashtirishi, kayfiyatni yaxshilashi  va ijodiy fikrlashni rivojlantirishi azaldan isbotlangan. Rasm chizishni yaxshi koʻradigan odamlar juda ehtiyotkor, diqqatli va mulohazalidirlar;

Qanday mashgʻulot va hobbilar yordamida stressdan qutilish mumkin?

Kulolchilik insondan sabr-toqat, kuchli ishtiyoq va ilhom talab etuvchi sanʼat turidir. Siz ushbu omillarni zerikarli deb oʻylashingiz mumkin. Biroq, sinab koʻrganingizda, qanchalik xato qilganlarini bilib olasiz. Ishlash jarayonida , kaftlarda sezgir zonalar toʻplanib, ular kuchni qaytadan yigʻishga, tinchlik va xotirjamlikni tiklashga koʻmak beradi.  

Qanday mashgʻulot va hobbilar yordamida stressdan qutilish mumkin?

Floristika - Ushbu dekorativ sanʼat turi tabiiy materiallardan (gullar, novdalar, barglar,somon) barcha turdagi mahsulotlarni (guldasta, panellar, kollaj) yaratishni oʻzichiga oladi. Aytgancha, britaniyalik olimlar eksperimental ravishda bu sevimli mashgʻulot nafaqat odamning hissiy holatini yaxshilashga, balki bir qator psixologik kasalliklardan xalos boʻlishga yordam berishini isbotladilar.

Qanday mashgʻulot va hobbilar yordamida stressdan qutilish mumkin?

Oʻqish miyaga madaniy hordiq baxsh etadigan yana bir faoliyat turidir. Shunday qilib, agar siz oʻqishni juda yaxshi koʻrsangiz, oʻzingizga bu zavqni rad etmang. Bundan tashqari, kitoblar eng samarali tinchlantiruvchi vositalardan biri ekanligi olimlar tomonidan isbotlangan. Adabiyot bilan mutolaning dastlabki olti daqiqasidan soʻng stress darajasi 68% ga kamayadi. Boshqa narsalar qatori, oʻqish yurak urishini normallashtirishga va mushaklarning zoʻriqishinini yengillashishiga yordam beradi.

Qanday mashgʻulot va hobbilar yordamida stressdan qutilish mumkin?

Bogʻ-rogʻ yaratish. Agar xovli uyda  yashasangiz va shaxsiy uchastkangizda ishlash imkoniyati mavjud boʻlsa, "yerga qazish" imkoniyatini qoʻldan boy berish gunohdir. Toza havo, jismoniy faollik, tabiat bilan aloqa tanaga ijobiy taʼsir koʻrsatadi . Bogʻingizdagi oʻsimliklarga gʻamxoʻrlik qilish orqali siz tanangizni ajoyib holatda saqlashingiz mumkin. Tajribali bogʻbonlar hech qachon yomon kayfiyatdan shikoyat qilmaydilar. Bundan tashqari, ular oʻzlarining mehnatlari samarasini koʻrganlarida, odamda ijobiy nuqtai nazar va taʼriflab boʻlmaydigan quvonch paydo boʻlishini taʼkidlashadi. Olimlarning taʼkidlashicha, qora tuproq tarkibida mikroorganizmlar mavjud boʻlib, ular inson tanasiga kirib, serotonin - tabiiy antidepressant ishlab chiqarishga javob beradigan miya hujayralariga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Qanday mashgʻulot va hobbilar yordamida stressdan qutilish mumkin?

Ushbu mashgʻulot juda maroqli. Fotosurat linzalari orqali odam tanish narsalarni yangicha idrok qila boshlaydi. Goʻzallikni topish jarayoni- siz abadiylashtirishni xohlagan daqiqani kutish, maksimal kontsentratsiyani, katta eʼtiborni va cheksiz sabr-toqatni talab qiladi. Atrof-muhitga qarash va unga boʻlgan munosabat tubdan oʻzgaradi va hayotdagi barcha muammolar ahamiyatsizdek tuyila boshlaydi.  

Qanday mashgʻulot va hobbilar yordamida stressdan qutilish mumkin?

Koʻrib turganingizdek, sevimli mashgʻulotlar shunchaki ijobiy his-tuygʻularni yetkazuvchi vosita emas. Qoida tariqasida, hatto eng oddiy, birinchi qarashda zerikarli tuyilgan mashgʻulot ham salbiy fikrlarni ongdan chiqarib yuborishi, hissiy holatni yaxshilashi va dunyoga boʻlgan nuqtai nazarimizni oʻzgartirishi mumkin. Buning natijasida esa , ijobiy fikrlaydigan odam gipertenziya, alkogolizm va hatto saraton kasalligiga kamroq moyil boʻladi. Shuning uchun, shifokor bilan uchrashishdan yoki tabletka ichishdan oldin, kamera, velosiped, toʻqish ignalari yoki chizish uchun choʻtka oling. Sevimli faoliyatingizning taʼsiri barcha kutgan natijalaringizdan ham koʻproq natija berishi mumkin. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar