Qiziqarli

Pepsimi yoki Koka-kola? Ularning farqi nimada?

Pepsimi yoki Koka-kola? Ularning farqi nimada?
Pepsimi yoki Koka-kola? Ularning farqi nimada?

Avvaliga ikklala brendli bu ichimliklar bir-biridan anchagina farq qilar edi. Koka-kola ichimligi 1886 yilda kashf etildi. Bu tomoq ogʻrigʻini tuzatishga moʻljallangan shifobaxsh ichimlik edi. Uning tarkibi Koka barglari kirar edi (keyinchalik undan kokain moddasi olinadi). 

Pepsi esa ancha keyin -1893 yilda paydo boʻldi. U asosan oddiy doʻkonlarda sotildi va shu narsa uning keyinchalik kasodga uchrashiga sabab boʻldi. 

Pepsimi yoki Koka-kola? Ularning farqi nimada?

1903 yilda kokain giyohvand modda deb qabul qilindi va ichimlik ishlab chiqarilishida qoʻllanishi taqiqlandi. Bu ketishda kompaniya kasodga uchrashi tayin edi, ammo savdo hajmi kundan-kunga ortib boraverdi. Ana shu paytda ikkala ichimlikning tarkibi deyarli bir xil boʻldi.

Pepsimi yoki Koka-kola? Ularning farqi nimada?

Ishlab chiqarilgandan beri Pepsi logotipi 10 marta oʻzgartirildi. Ehtimol ana shu narsa uning yoʻq boʻlib ketmasligi hamda savdo hajmining koʻpayishiga yordam bergan boʻlishi mumkinb. 1923 yilda kompaniya OAV ga ichimlikning maxfiy tarkibiy qismi haqida maʼlumot beradi. Koka-kola esa aksincha. Uning logotipi 1900 yildan beri deyarli oʻzgarmagan, tarkibiy qismi esa “mutlaqo maxfiy” muxri ostida saqlanadi.   

Dunyo brendlaridan tashqari kompaniyalar boshqa taniqli ichimliklarni ham ishlab chiqaradilar. Masalan: Sprayt, Fanta, Shveps, Lipton va Mirinda.

Pepsimi yoki Koka-kola? Ularning farqi nimada?

Yuqorida aytib oʻtkanimizdek, ikkala ichimlikning tarkibi deyarli bir xil. Bu suv, shakar, tabiiy karamel, oz miqdorda kofein va oʻzgacha taʼm beruvchi maxfiy ingredientlar. Bundan tashqari ular rangi, hidi va mazasi bilan oʻxshashdirlar. Biroq baʼzi ichimlik ixlosmandlari ular orasidagi farqni sezadilar.

Pepsimi yoki Koka-kola? Ularning farqi nimada?

Taʼm va hid. Kolada shirin mazasi kamroq va oʻtkir mevali hid yoʻq. Pepsining esa shirasi koʻproq va unda nozik meva iforini his qilish mumkin. 

Kofein. Koka-kolada u kamroq.

Shakar. Pesida Kolaga qaraganda shakar koʻproq.

Hid. Koladan vanilning yengil taʼmi, Pepsidan esa sitruslarning ifori kelib turadi.

Hissiyot. Kola ogʻizda koʻproq vishillaydi va tilni achishtiradi, Pepsi esa yengilroq ichiladi. 

Mazasidagi farqdan qatʼiy nazar ikkala ichimlik ham birdek sevib isteʼmol qilinadi. Yoqimli ishtaha!

Pepsimi yoki Koka-kola? Ularning farqi nimada?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar