Sayohat

“Amirsoy” yangi togʻ-changʻi kurortining ochilishi

“Amirsoy” yangi togʻ-changʻi kurortining ochilishi

Ushbu qishqi dam olish maskanining qurilishida Italiya, Germaniya, Avstriya, Argentina, Ispaniya va Daniyaning yetakchi loyiha kompaniyalari jalb qilingan. 

“Amirsoy” yangi togʻ-changʻi kurortining ochilishi

“Amirsoy” togʻ-changʻi kurorti ikki yil oldin Prezident tashabbusi bilan boshlangan loyihadir. Uning 2 ta bosqichining birinchisi oʻz nihoyasiga yetkazildi. Bunga 80 mln. yevrodan ortiq investitsiya kiritildi. Ushbu kurort 800 gektardan ortiq maydonni egallagan boʻlib, 580 oʻringa moʻljallangan. Loyihaning ikkinchi “Garbiy Amirsoy” nomli bosqichining qurilishi 2022 yilda tugallanib, foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

“Amirsoy” yangi togʻ-changʻi kurortining ochilishi
“Amirsoy” yangi togʻ-changʻi kurortining ochilishi

Ushbu loyiha mijozlarga yuqori qulay sharoitda xizmat koʻrsatuvchi, sifati va xavfsizligi boʻyicha jahon talablariga javob beruvchi mamlakatimizdagi ilk togʻ-changʻ kurortidir. U uzunligi 3 km keladigan ikkita osma yoʻl hamda umumiy uzunligi 10 km keladigan turli murakkablikdagi 8 ta togʻ-changʻi trassalariga ega.

“Amirsoy” yangi togʻ-changʻi kurortining ochilishi
“Amirsoy” yangi togʻ-changʻi kurortining ochilishi

“Amirsoy” dam olish maskani hududida qishki dam olish uychalari, restoranlar, sport maktabi, togʻ changʻilari va boshqa moslamalarning universal ijara markazi, vertolyot maydonchasi bor. Bu yerda shuningdek yana qorda yurish, chanalarda va kvadrotsikllarda uchish uchun qulay sharoitlar yaratilgan.  

“Amirsoy” yangi togʻ-changʻi kurortining ochilishi

Ushbu kurortga mamlakatimiz aholisidan tashqari chet ellik sayyohlarning ham kelishi kutilmoqda. U Oʻrta Osiyodagi yetakchi dam olish maskani boʻlib qoladi hamda Yevropa va jahon standartlariga toʻliq javob beradi. Shubhasiz, bu loyiha Oʻzbekiston turizmida “mavsumiylik” borasida keskin burilish yasaydi. Endi xorijdan sayyohlar yurtimizga faqatgina quyoshdan bahra olish uchun kelishmaydi.

“Amirsoy” yangi togʻ-changʻi kurortining ochilishi
“Amirsoy” yangi togʻ-changʻi kurortining ochilishi
“Amirsoy” yangi togʻ-changʻi kurortining ochilishi
“Amirsoy” yangi togʻ-changʻi kurortining ochilishi
“Amirsoy” yangi togʻ-changʻi kurortining ochilishi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar