Yurak uchun eng zararli 7 mahsulot

Shakar deyarli har bir mahsulot tarkibida mavjud boʻlib, yurak uchun juda havflidir.Mutaxassislar kuniga 20-30 gr dan ortiq shakar isteʼmol qilmaslikni tavsiya etadilar.

Pishiriqlar tarkibida koʻp miqdorda shakar va toʻyingan yogʻ boʻladi. Ushbu mahsulotlar hech qanday ozuqaviy hususiyatiga ega emas. Faqatgina xolesterin miqdorini oshiradi holos.

Ularning asosiy xavfi tarkibidagi shakar emas, shakarning suyuq koʻrinishdadir. Shakarli suvlar insulin miqdorini oʻzgartirib yuboradi, bu esa ortiqcha vazn va butun boshli metobolik buzilishlarning asosiy sababchisiga aylanadi.

Yogʻsizlantirilgan mahsulotlar bir qarashda foydalidek tuyulishi mumkin, ammo koʻp hollarda tarkibida yogʻ boʻlgan narsalar ham aynan shunday nom bilan sotuvga qoʻyiladi. Shu boisdan mahsulotlarni harid qilishdan avval ularning tarkibini oʻrganib chiqing.

Margarin –toʻyingan yogʻning koni boʻlgan mahsulotlardan biri. U organizmdagi yalligʻlanish jarayonlarini keltirib chiqaradi.

Nonni meʼyorida tanovul qilgan yaxshi. Ammo oq nondan voz kechib, qorasiga oʻtganingiz maʼqulroqdir. U ishlov berilgan uglevodlar koni sanaladi, uning tarkibida kletchatka ham, foydali moddalar ham mavjud emas. Oq nonni haddan tashqari koʻp isteʼmol qilish qondagi glyukoza miqdorini tushiradi va qon tomir kasalliklari xavfini kuchaytirib yuboradi.

Sotuvdagi yogurtlar sunʼiy qoʻshimchalar va zararli moddalar bilan birgalikda ishlab chiqariladi. Shu sababli yogurt isteʼmol qilishni istagan paytingizda uni uy sharoitida tayyorlashga harakat qiling.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



