Erta qarishga sabab boʻluvchi zararli odatlar

Uyquga toʻymaslik natijasida tananing himoya kuchi susayadi va turli xil kasalliklar kelib chiqadi; modda almashinuv jarayoni (metabolizm) sekinlashadi, ishtaha esa oshadi – ortiqcha vazn kelib chiqadi; miya faoliyati yomonlashadi, koʻz tagi qorayadi, teri tonusini yoʻqotadi.

Yoshingizga nisbatan katta koʻrinmaslik va oʻzingizni yaxshi his qilishingiz uchun bir kech-kunduzda kamida 7 soat uxlashingiz kerak. Uyquning nafaqat sifati, balki qaysi vaqtda uxlashga yotishingiz ham muhim. Agarda siz kechasi bilan bedor boʻlib, tongga yaqin uxlab, kunduz kuni esa 12 da uygʻonsangiz, hech qanday natijga erishmaysiz. Uyqu uchun eng qulay vaqt – 22:00-23:00.
Koʻpchilik odamlar ichimlikni naycha orqali ichishni yoqtiradi, biroq bu odat ogʻiz atrofida mayda ajinlarni keltirib chiqaradi, ularni keyin ketkazishning ilojisi yoʻq. Hamisha ogʻizda nimanidir chaynab yurish odati ham ogʻiz sohasidagi teriga salbiy taʼsir koʻrsatadi va ajinlar paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Nimanidir chaynash yoki haddan ortiq yeyishga boʻlgan ehtiyoj asab kasalliklariga bogʻliqdir. Shuning uchun ogʻzingizga biror nimani solishning oʻrniga asabni tinchlantiruvchi narsalar bilan shugʻullaning, masalan, meditatsiya.

Maʼlumotlarga qaraganda, 60%-75% odamlar notoʻgʻri ovqatlanadilar, ularning ratsionida meva va sabzavotlar yetishmaydi, ayniqsa yilning sovuq davrida. Zero, meva va sabzavotlar qarishga qarshi kurashuvchi antioksidantlarga boydir.

Ayollar goʻzalliklari va salomatliklarini yoʻqotmasliklari uchun bir kunda 5 portsiya meva va sabzavot isteʼmol qilishlari kerak. Shirinliklardan esa voz kechish lozim, chunki ortiqcha shakar terining tarangligi uchun javob beruvchi kollagen moddasi parchalab yuboradi.
Bu va boshqa zararli odatlardan voz kechsangiz erta qarishning oldini olgan boʻlasiz.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



