Foydali

Kartoshka haqida siz bilmagan maʼlumotlar

Kartoshka haqida siz bilmagan maʼlumotlar

Statistik maʼlumotlarga koʻra, har bir inson oʻrtacha hisobda yiliga 80 kg kartoshka isteʼmol qilar ekan. Kartoshka tarkibida koʻp turdagi mikroelementlar, B guruhidagi vitaminlar, A, C, U, PP vitaminlari, kaliy, ruh va magniy moddalari mavjud. Shuningdek kraxmalga boyligi sabab organizmga quvvat bagʻishlaydi, aʼlo darajada toʻyintiradi.

Kartoshka haqida siz bilmagan maʼlumotlar

Kartoshka yurak va buyrak kasalliklaridan aziyat chekuvchi insonlar uchun tavsiya etiladi. Uning sharbati qabziyat va gastritni davolashda qoʻllanish bilan birga,oshqozon yaralarini bitishiga ham yordam beradi.

Kartoshka haqida siz bilmagan maʼlumotlar

Kartoshka qaynayotgan suvga solinsa, uning tarkibidagi C vitamin koʻproq saqlanib qolinadi.

Poʻsti bilan pishirilgan kartoshka  eng foydali hisoblanadi. Agar sabzavot yangi kavlab olingan boʻlsa, uni hatto poʻsti  bilan ham yeyish mumkin.

Salat uchun kartoshkaning qattiq navini ishlatish lozim.

Kartoshka haqida siz bilmagan maʼlumotlar

Sovuq kartoshkadagi glikemik indeks issiq kartoshkaga nisbatan pastroq boʻladi. Shu sabab ortiqcha vazndan halos boʻlishni istaganlar uchun uni sovuq tarzda isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

Qishda kartoshkaning poʻstini tozalab tashlash zarur - uning ostida koʻp miqdorda zararli moddalar yigʻilgan boʻlishi mumkin.

Kartoshka haqida siz bilmagan maʼlumotlar

Uzoq vaqt davomida saqlangan kartoshkani  faqatgina qaynatilgan va tozalangan holda isteʼmol qilish lozim.

Kartoshka yuqori kaloriyali mahsulot sanalgani sabab, dietologlar kuniga 200 grammgacha,haftada esa 2-3 kun davomidagina kartoshka tanovul qilishni maslaxat beradilar.

Kartoshka haqida siz bilmagan maʼlumotlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar