Barchaga birdek yoqishning imkoni bormi? Bu borada koʻpchilik bilgan va bilmagan haqiqatlar

Bugungi kunda barchaga yoqishning usullari haqida hikoya qiluvchi qoʻllanmalarning son sanogʻi yoʻq. Ularning omma eʼtiborini jalb qilishi va katta qiziqish bilan kutib olishini ham ruhiyatdagi oʻzgalarga yoqish istagi bilan izohlash mumkin.
Ushbu qoʻllanmalarda keltirilgan tavsiyalarni amalda qoʻllash chogʻida muvaffaqiyatsizliklarga ham duch kelish holatlari kuzatilib turadi. Soʻzlagan gapingizning boshqalar tomonidan notoʻgʻri qabul qilinishi, sizga nisbatan notoʻgʻri fikr bildirishlari ham kayfiyatingizga taʼsir koʻrsatmasdan qolmaydi.

1. Sizni tinglayotgan odamga yetkazib beryotgan soʻzlaringizga katta diqqat qaratib yubormang. Aslida soʻzlar yetkaziladigan maʼlumotning atigi toʻrtdan bir qismini tashkil etadi, qolgan maʼno esa holat, mimika, intonatsiyava pauzalar orqali yetkazib beriladi.
2. Harakat koʻp hollarda aytilayotgan gapning teskarisini koʻrsatib beradi. Agar sizga muhabbat va doʻstlik haqida soʻzlab, ogʻir pallada tashlab ketsalar, bunday munosabatdan voz kechib qoʻya qolgan yaxshi emasmi?

3. Barchamiz maʼlum bir soʻzlarni eshitish va maʼlum bir soʻzlardan qochishga intilamiz. Ayrim soʻzlar sizni bir soniya ichida hafa qilishi, yana ayrimlari esa bir soniya ichida koʻngilni togʻday koʻtarib yuborishi mumkin. Shu bois suhbatdoshingiz sizga nisbatan notoʻgʻri soʻz qoʻllasa, uni darxol ranjitishga urinmang. U bu soʻzni sizni hafa qilish niyatida aytmagan boʻlishi mumkin.
4. Tan olish kerakki, barchaga birdek yoqish butkul imkonsiz. Buning uchun harakat qilib oʻzingizni qiynab,azoblashingiz kerak emas. Atrofdagilarning siz haqingizdagi fikrlarini hisobga olib qoʻyingu koʻngilga yaqin olmang. Bu holatingiz, ruhiyatingiz va kayfiyatingizga kuchli taʼsir koʻrsatadi. Oʻzingizga boʻlgan ishonchingizni ham susaytirishi mumkin. Oʻzingizga muhim insonlarga esa sezdirmasdan moslashishni oʻrganing.

5. Kimnidir fikrini tinglashni istasangiz- yaqinlaringizni tinglang. Ota-onangiz, aka-uka, opa-singlingiz turmush oʻrtogʻingiz fikri bilan qiziqing, qolganlari esa ahamiyatsiz.
6. Boshqalarga yoqish siz uchun majburiyat emas!

7. Baʼzan yangi ishga joylashayotgan paytda, omadli insonlar bilan hamkorlikni boshlashda ularda yaxshi taassurot qoldirishga harakat qilasiz. Shunday paytlarda oʻzingizni haddan ortiq hayajonlangan koʻrinish orqali ham sotib qoʻyishingiz mumkin. Boringizcha boʻling, biroq hatti-harakatlarni ham oshirib yubormang.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



