Koreys milliy libosi - Xanbok haqida maʼlumotlar

Gʻarbning kuchli taʼsiriga qaramasdan ayrim koreys kelinchaklari hanuzga qadar milliy toʻy libosi kiyishni afzal biladilar. Zamonaviy kelinchaklar oq rangli toʻy libosi kiysalar-da, kelin va kuyov uchun milliy libosda mahsus fotosessiya oʻtkaziladi.

Xanbok “hogori” deb ataluvchi kalta jaket va “Chima” (yoki chxima) nomli keng yubkadan iborat.
Chogori – jaketi (koʻrinishidan boleroga oʻxshab ketadi)ning yeng qismi pere deb ataladi. Chogori ikki tasmadan tashkil topgan bir ilmoqli bant bilan bogʻlanadi. Bunda ilmoq yurak tomonga qarab turmogʻi lozim. Tasmalar uchi yubka boʻylab tushib turadi.

Chima –Xanbok yubkasi. U koʻkrakning pastki qismidan boshlanadi va chogori ostidan kiyiladi. Uning bir qavatli, ikki qavatli va qaviqli turlari mavjud.
Chima ostidan sokchxima ( ichdan kiyiladigan yubka), shuningdek, poson – maxsus paypoqlar va poyabzal kiyiladi.

Maʼlumot oʻrnida:
Chogori –xanbokning yuqori qismidagi jaketi.
Tonchjon –yoqa. Oq tasmadan tashkil topgan bogʻich jaketning boʻyin qismiga biriktiriladi.
Otkorim –ayollar libosi bezagi. U yubka ustiga tushib turadi.
Pere –jaket yengining pastki chizigʻi.
Chima –ayollar yubkasi.
Naqshlar –xanbokda tasvirlangan naqshlar uning nafisligiga urgʻu beradi.

Xollebok –toʻy xanboki. U kundalik liboslardan farqli ravishda tantanavor koʻrinishga ega boʻladi. Ushbu libos chima va chogoridan tashqari, vonsam deb ataladigan uzun poltodan tashkil topgan. Kelinchak sochi esa “Chokturi” nomli tojsimon usulda turmaklanadi.

Tol xanbok– bolalar xanboki, u bolakayning ilk tugʻilgan kunida kiydiriladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



