Oshxona

Roʻzgʻorda mavjud boʻlgan oddiygina limon orqali goʻzal boʻlish sirlari

Roʻzgʻorda mavjud boʻlgan oddiygina limon orqali goʻzal boʻlish sirlari

Yuzdagi katta teshikchalar yogʻli terini koʻpincha apelsin poʻstlogʻiga oʻxshatib qoʻyadi. Terini tashqi koʻrinishini yaxshilash uchun bir dona tuxumning oqini koʻpirtirib, unga bir choy qoshiq limon sharbati qoʻshish kerak. Bu qorishmani sekinlik bilan har besh daqiqada birinchi qatlam qotishi bilan ikkinhisini surtib boring. Soʻngra niqobni iliq koʻk choy bilan paxtali tampon orqali yuvib tashlang.

Roʻzgʻorda mavjud boʻlgan oddiygina limon orqali goʻzal boʻlish sirlari

Bir choy qoshiq asalni bir dona hom tuhum sarigʻi bilan aralashtiring. Yarim choyqoshiq oʻsimlik moyi va 10 tomchi limon sharbati quying. Soʻng koʻpirtirib, bir choyqoshiq suli unidan qoʻshib yuboring. Niqobni yuz va boʻyin terisiga 20 daqiqa surtib, keyin iliq suv bilan yuvib tashlang.

Roʻzgʻorda mavjud boʻlgan oddiygina limon orqali goʻzal boʻlish sirlari

Suvli vannada ikki oshqoshiq asalni eriting. Ikki oshqoshiq tuyilgan suli donini va yarimta limondan siqilgan sharbatni qoʻshib yuboring. Iliq qorishmani yuzingizga surting. 20 daqiqadan soʻng niqobni iliq suv bilan yuvib tashlang.

Roʻzgʻorda mavjud boʻlgan oddiygina limon orqali goʻzal boʻlish sirlari

Doka qopchaga limon va muz boʻlagini solib, yuz, boʻyin va butun tanangiz terisiga surtib chiqing. Namlikni sochiq bilan artmang, oʻzi tabiiy qurib qolishiga qoʻyib bering. Ana shunda teringiz tiniqlashib, husningizga husn qoʻshiladi.

Roʻzgʻorda mavjud boʻlgan oddiygina limon orqali goʻzal boʻlish sirlari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar