Oshxonada qoʻl kelishi mumkin boʻlgan kichik ayyorliklar

1. Qovoq, kabachki va boshqa shu kabi mahsulotlarni ichidagi tuxumlaridan tozalashda maxsus muzqaymoq qoshiqchasidan foydalaning, qoshiqcha sabzavotlar ichini tozalash bilan bir qatorda ularga ajoyib koʻrinish baxsh etadi.
2. Tayyorlagan taomingiz keragidan ortiq yogʻli boʻlib ketdimi, bunda sizga muz boʻlakchasi va qogʻoz sochiq yordam beradi. Muz parchasini sochiqcha ichiga solib, uni ovqat ustiga qoʻying, muz boʻlagi ortiqcha yogʻlarni oʻziga tortib oladi.

3. Oziq-ovqatlar uchun moʻljallangan plyonkani sovitkichda saqlang, bu borada dunyoning bosh oshpazlari shunday qilishadi, chunki sovitkichda turgan plyonkadan foydalanish osonroq boʻladi.
4. Apelsin yoki mandarin poʻstlogʻini tozalashni yoqtirmaydiganlar uchun oson yoʻl, ushbu mevalarni tozalashdan oldin mikrotoʻlqinli pechga 20 soniyaga qoʻying, shunda ularning poʻstini tozalash oson boʻladi.

5. Qaynatilgan tuxumni qiyinchiliksiz tozalash uchun uni qaynayotgan paytda suvning ichiga biroz soda yoki sirka solib yuboring.
6. Limondan koʻproq sharbat tayyorlashni istasangiz, ularni oldin muzlating, soʻngra 15-20 soniyaga mikrotoʻlqinli pechga qoʻying.

7. Pishloqni qirgʻichdan oʻtkazishda qiyinchilik boʻlmasligi uchun uni ishlatishdan oldin 30 daqiqaga muzlatkichga qoʻying.
8. Toʻgʻrayotgan piyozingiz koʻzlarni yoshlatmasligi uchun ham 30 daqiqa muzlatkichdan foydalaning.
9. Makaron pishishini qozon oldida kutib turish shart emas, shunchaki qaynatayotgan makaron idish ustiga yogʻoch qoshiq qoʻying va boshqa ishlar bilan shugʻullanavering, yogʻoch makaron qaynayotgan suvning idishidan toshib ketmasligini taʼminlaydi.

10. Tayyorlagan kekslaringiz uchun moʻljallangan maxsus tag qogʻozlari oʻrniga pergament qogʻozlaridan foydalaning, bu kekslarning yanada chiroyli koʻrinishga ega boʻlishiga ham yordam beradi.
11. Pitsa yoki shu kabi pishiriqlarni mikrotolqinli pechda pishirish uchun ularning yaqiniga stakanda suv quyib qoʻying, bu pishiriqlarni quruq boʻlib qolishidan saqlaydi.
12. Koʻkatlarni oʻz holida saqlab qoʻyish uchun ularni muz boʻlakchasi shaklida muzlating, soʻngra ulardan xohlagan paytingiz foydalanishingiz mumkin.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



