Qiziqarli

Sharq ayollarining goʻzallik sirlari

Sharq ayollarining goʻzallik sirlari

Qatiq –soch parvarishida ajoyib vosita. Qadim-qadimdan Sharq ayollari sochni qatiqda yuvishgan, bu esa oʻz navbatida sochlarga tabiiy jilo bergan.

Shu oʻrinda qatiq oʻrniga kefir ishlatish mumkinmki, degan savol tugʻilishi tabiiy. Kefir tarkibiga turli kimyoviy qoʻshimchalar qoʻshilganligi sabab, u kutilgan natijani bermaydi.

Bundan tashqari sochlarga hina yordamida ham jilo berish mumkin. Xina takibida efir moylari va oshlovchi moddalar koʻp boʻlib, u sochga yengil qizgʻish tus beradi. Xina sochga surkalib, 10 daqiqa ushlab turiladi, soʻngra yuvib tashlanadi.

Sharq ayollarining goʻzallik sirlari

Sharq ayollarining har doim jilvakor koʻrinuvchi tiniq yuzlarining siri tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan niqobdandir.

Tiniqlashtiruvchi niqob esa quyidagicha tayyorlanadi:

Qahva quyqumiga ozroq tuz, dolchin va kurkum qoʻshib aralashtirilib, yuzga surtiladi.

Yana bir niqob: 1 choyqoshiq shakar 1 choy qoshiq zaytun yogʻi bilan aralashtiriladi.

Sharq ayollarining goʻzallik sirlari

Buning uchun qahva quyqumiga 1 choy qoshiqdan shakar, kurkum, dolchin va 1-2 choy qoshiq zaytun yogʻi, yirik tuz solib aralashtiriladi. Hosil boʻlgan massa tanaga aylana harakat bilan surtilib, 10 daqiqa qoldiriladi. Soʻngra iliq suvda yuvib tashlanadi.

Sharq ayollarining goʻzallik sirlari

Sharq goʻzallari teridagi ortiqcha tuklardan shakar yordamida osonlikcha xalos boʻlishgan. Bu epilyatsiya metodi shugaring deya nomlanadi.

Buning uchun shakarga limon sharbati qoʻshib, olovga qoʻyiladi va shakar tilla rangga kirguncha eritiladi. Massa sovigach, muammoli joylarga surtiladi.

Sharq ayollarining goʻzallik sirlari

Tishlarni uy sharoitida oqartirish uchun Sharq ayollarining quyidagi retsepti yordam beradi deb oʻylaymiz.

Buning uchun quruq tish choʻtkasiga yogurt yoki smetanaga surtib, tishlar tozalanadi va 5 daqiqa qoldiriladi. Soʻngra ogʻiz chayib tashlanadi.

Bu jarayon bir kunda 3-5 marta takrorlanadi. Ammo shuni unutmang, tishlarni ushbu usulda tozalash haftada bir marta amalga oshirilishi mumkin.

Sharq ayollarining goʻzallik sirlari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar