Qiziqarli

Bu nima: oʻxshashlikmi yoki tasodif? Tarixdagi aql bovar qilmas darajadagi ajib oʻxshash voqealar

Bu nima: oʻxshashlikmi yoki tasodif? Tarixdagi aql bovar qilmas darajadagi ajib oʻxshash voqealar

XIX asrda yashab, ijod qilgan qoʻrqinchli va vahimali asarlari bilan mashhur boʻlgan yozuvchi Edgar Alan Po “Artur Gordon Pimning sarguzashtlari haqidagi qissa” nomli kitobni yozgan. Ushbu asarda kema halokatidan keyin sogʻ qolgan toʻrt kishi haqida hikoya qilinadi. Ular ochiq dengizda kichkinagina qayiqda daydib suzib yuradilar, och qolganlaridan tinkalari qurib, Richard Parker ismli yungani oʻldirib, yeb qoʻyadilar. 

Kitob chiqqanidan bir necha yil oʻtgandan keyin 1884 yilda real hayotda haqiqatdan ham yelkanli bir kema halokatga uchraydi. Unda ham toʻrt nafar kishi halokatdan omon qoladi va ular ham ochiq dengizda suzib yurib, ochlikdan madorlari tugab, oxir-oqibat yungani oʻldirib, yeb qoʻyadilar. Buni qarangki, yunganing ismi xuddi kitobdagiday Richard Parker edi. Ajoyib oʻxshashlik, shunday emasmi?

Bu nima: oʻxshashlikmi yoki tasodif? Tarixdagi aql bovar qilmas darajadagi ajib oʻxshash voqealar

1930 yilda Jozef Figlok ismli bir kishi yosh va aftidan begʻam bir onaning hayotida muhim bir rol oʻynagan. Gap shundaki, kunlarning birida Figlok koʻchada sayr qilib yurganida uning ustiga uyning derazasidan bir bolakay qulab tushgan. Bolaga ham, u kishiga ham hech narsa qilmagan. Bir yildan soʻng xuddi shu bola yana uyining oynasidan tushib ketgan va yana mister Figlokning ustiga kelib tushgan. Ularning ikkalasigayam hech narsa qilmagan. Bu nima – tasodifmi yoki…

Bu nima: oʻxshashlikmi yoki tasodif? Tarixdagi aql bovar qilmas darajadagi ajib oʻxshash voqealar

Egizak aka-uka Jim Lyuis va Jim Springer tugʻilishlari bilanoq bir-birlaridan ajralganlar va boshqa-boshqa oilalar tomonidan asrab olinganlar. Bu oilalar bir-birlarini tanimaganlar. Buni qarangki, bu ikkala bolaga Jeyms ismi berilgan. Aka-ukalar bir-biridan xabari boʻlmagan holda oʻsdilar, yakkakurash sport turi bilan shugʻullanganlar, universitetni mexanik-muhandis mutaxassisligi boʻyicha bitirganlar va ikkalovlari ham Linda ismli qizlarga uylanganlar. Ikkala erkak oʻgʻil farzand koʻrishgan va ularga Jeyms Alan ismi berilgan. Egizaklar birinchi turmushlaridan ajrashib, Betti ismli qizlarga uylanganlar. Qoʻshimchasiga yana aka-ukalarning Toy laqabli itlari ham boʻlgan.

Bu nima: oʻxshashlikmi yoki tasodif? Tarixdagi aql bovar qilmas darajadagi ajib oʻxshash voqealar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar