Oʻzbekiston

Vatanparvar qahramon siymosi. Oʻzbek xalqining mard oʻgʻloni Jaloliddin Manguberdi

Vatanparvar qahramon siymosi. Oʻzbek xalqining mard oʻgʻloni Jaloliddin Manguberdi

Jaloliddin Manguberdi 1199 yilda Xorazmda tavallud topgan. U 1169-1220 yillarda yashab oʻtgan hamda 1200-1220 yillar davomida Xorazmshohlar saltanatini boshqargan hukmdor Oloviddin Muhammad II ning oʻgʻlidir.

Jaloliddin Manguberdi - Vatanni zolim bosqinchilardan himoya qilishda yuqori darajada mardlik va jasorat koʻrsagan bizning buyuk ajdodimiz, vatanparvar qahramon siymosidir. 

Vatanparvar qahramon siymosi. Oʻzbek xalqining mard oʻgʻloni Jaloliddin Manguberdi

Qadimgi Xorazm saltanatiga bosqinchi Chingizxonning lashkari yaqinlashib kelayotgan paytda Xorazmshoh Muhammad qochib qolishga ulgurdi, uning ayonlari esa dushmanga taslim boʻlishga tayyor edilar. Endigina 21 yoshni qarshilagan Jaloliddin yovga qarshi kurash hamda ona yurt ozodligi yoʻlida barcha ogʻirlikni oʻz boʻyniga oladi. Oʻn bir yil davomida u moʻgʻullar istilosiga qarshi kurashib keldi va unga bir necha bor qaqshatgich zarbalar berib, magʻlubiyatga uchratdi. Hattoki qonxoʻr va zolim Chingizxon ham Jaloliddin Manguberdining jasorati va qoʻmondonlik mahoratiga tan bergan.

Yosh sultonning gʻalabalaridan xavotirga tushgan Chingizxon unga qarshi 45 ming askarli qoʻshinini yuboradi. Jaloliddin mardlarcha dushman qoʻshiniga qarshi kurashga otlandi va uni Pervan shahri yaqinida qarshi oldi.

Vatanparvar qahramon siymosi. Oʻzbek xalqining mard oʻgʻloni Jaloliddin Manguberdi

Chingizxon sulton Jaloliddinni yoʻq qilish uchun katta sonli qoʻshini bilan uni Ind daryosi boʻyida jang uyushtirdi. Jaloliddinning askarlarining soni moʻgʻullarnikidan besh marotaba kam boʻlishiga qaramay, bu jangda ishtirok etdi. Chingizxonning tepalikdan turib jangni boshqarayotganini koʻrgan Jaloliddin bor vajohati bilan hujumga kirishib ketganidan moʻgʻullar hukmdori otiga minib, xoramzliklarning qilichidan qocha boshladi. 

Ammo sonlar nisbati boʻyicha ancha ustun boʻlgan moʻgʻullar armiyasi sultonning otryadini qurshovga ola boshladi. Yov qoʻliga asir tushmaslik uchun Jaloliddin baland tepalikdan kuchli oqimdagi daryoga oʻzini tashladi va uni muvaffaqiyatli kechib oʻtib, Hindiston tarafga qarab yoʻl oldi. 

Ana shu voqeadan hayratga tushgan Chingizxon oʻgʻillariga qarab:  "Ota oʻgʻil mana shunday boʻlishi lozim!" degan.

Vatanparvar qahramon siymosi. Oʻzbek xalqining mard oʻgʻloni Jaloliddin Manguberdi

Vatanini moʻgʻullar istilosidan xalos qilish maqsadida Jaloliddin Manguberdi Xorazmdan tashqarida yangi davlat tuzadi. Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston, Eron va Hindistonning maʼlum qismi uning hukmronligi ostiga oʻtadi. U bu yerda moʻgʻul bosqinchilariga qarshi yangi qoʻshin yigʻadi. Oʻn yil davomida Jaloliddin moʻgʻullarga qarshi kurashib, ularning Rus yerlari va Yevropaga yoʻl olishiga toʻsqinlik qilib turgan.

Vatanparvar qahramon siymosi. Oʻzbek xalqining mard oʻgʻloni Jaloliddin Manguberdi

1231 yilda Kurdistonning qorli togʻlarida xorazmliklarning moʻgʻullar bilan oxirgi jangi boʻlib oʻtdi. Bu jangda sultonning oxirgi safdoshlari qahramonlarcha halok boʻldilar. Jaloliddinning oʻzi bu jangda omon qoldi, biroq bir necha kundan keyin kurd qaroqchilari tomonidan sotqinlarcha oʻldirildi. Xorazmning mard oʻgʻloni 32 yoshida halok boʻldi. Uning ishini bir yarim asr oʻtgach Amir Temur nihoyasiga yetkazdi.

Vatanparvar qahramon siymosi. Oʻzbek xalqining mard oʻgʻloni Jaloliddin Manguberdi

Oʻzbekiston hukumati Jaloliddin Manguberdining moʻgʻul bosqinchilariga qarshi kurashda koʻrsatgan mislsiz jasorati, vatanga va oʻz xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida "Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida" qaror qabul qildi (1998 yil). Qarorga koʻra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal oʻrnatildi, yirik koʻcha, maydon, jamoa korxonalari va boshqa joylarga uning nomi qoʻyildi. Jaloliddin Manguberdi haqida videofilm, doston, pyesalar yaratilgan.  2000 yil 30 avgust kuni "Jaloliddin Manguberdi" ordeni taʼsis etilgan.

Vatanparvar qahramon siymosi. Oʻzbek xalqining mard oʻgʻloni Jaloliddin Manguberdi
Vatanparvar qahramon siymosi. Oʻzbek xalqining mard oʻgʻloni Jaloliddin Manguberdi
Vatanparvar qahramon siymosi. Oʻzbek xalqining mard oʻgʻloni Jaloliddin Manguberdi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar