Oshxona

Tuxum haqida 9 qiziqarli fakt

Tuxum haqida 9 qiziqarli fakt

1.       Tuxum parxezli maxsulot

“Bremenlik sozandalar” multfilmidagi qirol oʻjar malikani tuxum yeyishga koʻndirishi bejizga emas. Tuxum sarigʻi ozishni istovchilar uchun mukammal mahsulot. U bor-yogʻi 100 kaloriyaga ega. Amonokislotalar esa kun davomida toʻqlik hissini berib turadi.

2.       Miya uchun taom

Tuxum sarigʻi oʻz tarkibida koʻp miqdorda litisin saqlaydi. U faqat jigar uchun foydaligina boʻlib qolmay, eʼtibor va fikrni jamlashga yordam beradi.

Tuxum haqida 9 qiziqarli fakt

3.       Tuxum shov-shuvi

Statistik maʼlumotlarga qaraganda, katta shaxar aholisi yiliga 215 dona tuxum isteʼmol qiladi. Bu miqdor tuxum asosiga tayyorlangan pishiriqlar, tort va qaylalarni tashkil etadi.

4.       Xayot ramzi

Xitoyda tuxum hayot ramzi sanaladi. Oilada farzand dunyoga kelsa, baxt olib kelishi maqsadida tuxum qizil rangga boʻyaladi.

Tuxum haqida 9 qiziqarli fakt

5.       Rang axamiyatga ega emas.

Oq rangdagi tuxumlar och jigarrangdagilariga nisbatan foydaliroq ekanligi – uydirma. Turli rangdagi poʻstloqqa ega tuxumlar ustida olib borilgan kimyoviy tekshirishlar ularning foydalilik hususiyatida hech qanday farq yoʻq ekanligini koʻrsatdi.

6.       Muhabbat eleksiri

Mehr bilan tayyorlangan tuxum quymoqni chala yoki qotirib pishirilganligining farqi yoʻq. Muhimi – tuxum tarkibida erkaklarning salomatligi uchun zarur moddalar mavjud.

Tuxum haqida 9 qiziqarli fakt

7.       Xolesterin haqidagi xaqiqat

Bir dona tuxum tarkibida 300 gramm xolesterin mavjud boʻlib, u inson uchun xolesterinning bir kunlik meʼyorini tashkil etadi. Agar salomatligingiz bilan bogʻliq muammolar mavjud boʻlmasa, tuxumni har kunlik taomnomanigizga kiritishingizni tavsiya qilamiz.

8.       Togʻri saqlash

Tuxumning poʻsti yupqaligi bois uni hidi oʻtkir narsalar bilan birga yonma-yon saqlash tavsiya etilmaydi. Tuxumi +4C haroratda saqlanishi lozim. Bundan yuqoriroq harorat tuxumda bakteriyalar yigʻilishi va u tez aynib qolishiga sabab boʻladi.

Tuxum haqida 9 qiziqarli fakt

9.       Tuxum sifatini aniqlash

Tuxum sifatini tekshirish uchun uni oddiygina sovuq suv toʻldirilgan idishga solish kifoya qiladi. Agar idish tagida tuxum gorizontal koʻrinishda qolsa uning sifati yanxi. Agar uning bir uchi tepaga koʻtarilib qolsa, u ishlatishga yaroqli darajada sanaladi.  Suv yuzasiga koʻtarilib qolgan tuxum sifati buzilganidan darak beradi.

Tuxum haqida 9 qiziqarli fakt
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar