Qirol Abdulla va qirolicha Raniya: haqiqatga aylangan sharqona ertak

Iordaniya qirollik oilasi rezidentsiyasi yagona bir saroy emas, balki butun boshli Al-Makar kompleksi ichida joylashgan. Ushbu soʻz arab tilidan juda "shtab"deya tarjima qilinadi. Bu Arablarning qayta tiklanish davridan qolgan nom, aynan shu yerlarda arab harbiylari bazalar yaratgan va Ummon turklaridan ajralib chiqqanlar. "Shtab" hududidagi saroylar nom sharqona ertaklarni yodga soladi. Misol uchun Ragadan saroyi zoti oliylari istiqomat qiladigan qasr. U arab tilidan olingan boʻlib, "Qulay yashash" degan maʼnoni anglatadi. Basman saroyi nomi esa "xursand boʻlish" soʻzining arab tilidagi koʻrinishidan kelib chiqqan.


Ushbu betakror saroylar ichida Iordaniya qiroli Abdulla II va uning sevimli rafiqasi Raniya farzandlari bilan birga istiqomat qiladilar. Oilaviy totuvlar - bu yerdagi eng qimmatli tushunchadir. 40 gektarli maydonni egallagan sarpoylar kompleksiga qirol oilasi 1999 yilda, toj kiyish marosimidan keyin koʻchib kelishgan. Bunga qadar juftlik marhum qirol Xusayn tomonidan toʻy munosabati bilan sovgʻa qilingan shaharning boshqa burchagidagi uyda yashar edilar. Yashash hududining oʻta katta va hashamatli boʻlishiga qaramasdan qirol va uning rafiqasi oddiygina narsalarni xush koʻrishadi: qirolicha Raniya oshxonada koʻpincha mazali taomlar pishiradi, qirol esa saroyning ichki qismida barbekyu tayyorlash bilan mashgʻul boʻladi.
"U oʻzining juda ajoyib steyklar va burgerlar tayyorlay olish qobiliyati bilan faxrlanadi" degan endi qirolicha Raniya Opra Uinfriga bergan intervyusida. "Bu erkaklarning ishi, albatta. Aslida men ham taom pishirishni juda yaxshi koʻraman. Biz dam olish kunlarida aynan shu usul bilan hordiq chiqaramiz"

Qirol va qirolicha hamiga bir-birlarini tushungan holatda hayot kechirishga harakat qiladilar. Raniya xonimning aytishicha, 4 nafar farzandning birortasi oʻqishga yetarli diqqat qaratmasa yoki oʻzini munosib ravishda tutmasa zamonaviy gadjet sohibiga aylanishni orzu ham qilmaydi.
Juftlikning birinchi farzandi, taxt vorisi shahzoda Xusayn 15 yoshga toʻlgandan keyin rasmiy ravishda merosxoʻr voris sifatida tan olingan. Bunga qadar esa uni oddiy bolalar kabi tarbiya qilishgan. "Menimcha Xusayn yoshidagi bolalarga kun kelib qirol boʻlishini aytish uning ustidan bosim oʻtkazishning oʻziga hos koʻrinishi boʻlardi" degan edi qirol 2005 yili Hello jurnaliga bergan intervyusida. Bu paytlarda shahzodaning yoshi 11 da boʻlgan. "Bu unga ogʻir bosim bilan taʼsir etadi, aslida hali yosh va oddiy bolalar kabi uygʻayishi kerak. Men uchun uning risoladagildek hayot kechirishi, barcha bilan tabiiy munosabatlar oʻrnata olishi, barchaga oʻzining asl qiyofasi bilan muomala qila olishi juda ham muhim" degan edi qirol.

Quvaytda, Falastinlik qochoqlar oilasida dunyoga kelgan Raniya al-Yasin taxt haqida, ayniqsa Iordaniya taxti haqida orzu ham qila olmasdi. Uning ota-onasi ham kamtargina insonlar boʻlishgan. Otasi bolalar shifokori boʻlib ishlagan, onasi esa uy bekasi boʻlgan.
Raniya tadbirkor ayol boʻlishni istardi. Aynan shu sababli yoshlik yillaridanoq bor kuchi bilan harakat qildi. Qohiradagi mashhur Amerika universitetiga oʻqishga kirdi. Aynan shu yerda Tokiodagi birinchi gubernator ayol Yuriko Koike, Saudiya Arabistoni tarixidagi birinchi ayol rejissyor Xaifa Al-Mansurlar taʼlim olgan.
Bir soʻz bilan aytganda, universitet talabablari uchun tahsil tugagach juda katta eshiklar ochilardi. Lekin yosh va goʻzal boʻlishiga qaramasdan yosh Raniyani Iordaniya qirolichasini oʻrnida koʻrish hech kimning hayoliga ham kelmasdi.

Qizning oʻzi ham boshqacha orzular bilan yashardi. Bir vaqtlar unga model boʻlib ishlash taklifi ham tushgan, ammo Raniya buni rad qilgan ekan. Boʻlgʻusi umr yoʻldoshining oʻlkasiga esa taqdir izmi bilan kelib qoldi. 1990 yilda Quvaytda "Koʻrfaz urushi" avj oldi, Al-Yasinlar oilasi esa Iordaniyaga qochib kelishdi. Raniya yangi mamlakatga oʻrganish va bu yerga karyera qilish uchun harakatga kirishdi. Iordaniyadagi Citibankda, keyin esa Appleda ishladi. Ammo ish jarayonida uning boshqa oʻlka vakilasi ekanligi doim sezilib turardi. Shunga qaramasdan u hamisha faol va ilgʻor boʻlish uchun kurashdi, turli fikrlar bilan toʻqnash keldi.
Tabiiyki, taxt hech qachon Raniya uchun orzu boʻlmagan. Chunki kun kelib bu oʻringa ega chiqishini tasavvul qilish tugul bilmasdi ham. Aynan shu kabi uning boʻlgʻusi umr yoʻldoshi shahzoda Abdulla ham taxtga daʼvogarlik qilmasdi. Gap shundaki, bu oʻlkada faqat kattalar taxt vorisi nomiga ega chiqadilar. Shu tariqa qirol Xusayn ukasi Xasanni voris sifatida eʼlon qildi, kichik oʻgʻli Abdulla esa taxtdan mahrum boʻldi. Bu paytlarda kichik shahzodaning yoshi endigina 3 da boʻlgan.
Shunga qaramasdan Abdulla ulgʻaygach hashamatli hayot kechirishi va umrining oxiriga qadar shahzoda boʻlib qolishi aniq edi.
Abdullaning onasi Britaniyalik malika Muna edi, uning asl ismi Toni Gardiner boʻlib, qirol Xussaynning ikkinchi xotini sanalgan. Malika Muna oʻgʻlini Yevropaliklarga hos koʻrinishda tarbiya qildi. Oqibatda uni Buyuk-Britaniyaga, Sandxerstdagi qirollik harbiy akademiyasiga oʻqishga yubordilar.
Shahzoda hamisha harbiy soha ishqibozi sanalgan. U haligacha keskin sarguzashtlarsiz yashay olmaydi. Yoshlik paytlarida esa bu qiziqish yanada kuchli edi. Harbiy libos kiyib olgan, yoqimtoy tashqi koʻrinishga ega va Qirol oʻgʻli sanalmish Abdulla tez orada mamlakatdagi eng mashhur boʻydoqlardan biriga aylandi. Ammo u hech qachon uylanishga shoshmagan, bu borada otasining soʻzi bilan ish koʻrishga harakat qilgan.

Ammo yigit Raniyani uchratgach barchasi oʻzgarib ketdi. Ularning qayerda va qanday uchrashib qolgani haqidagi maʼlumotlar turlicha. Ayrimlar juftlik bank ofisida uchrashib qolgan desalar, ayrimlar shahzodaning opasi uyushtirgan bazmda degan fikrni ilgari suradilar. Har ne qilganda ham falastinlik goʻzal qiz va Iordaniya shahzodasi ilk bor uchrashdilar. "Qanchalar odatiy eshitilmasin, bu bir koʻrishdagi muhabbat edi" degan edi qirol Abdulla oradan yillar oʻtib.
"Avvaliga shahzoda bilan uchrashish va uni sevib qolish biroz gʻalati boʻldi. Ammo shunda ham bizning munosabatlarimiz oddiy qiz va yigit uchrashuvlariga koʻproq oʻxshab ketardi" deydi Raniya. Odatda yoshlarni motosikl uchib yurgan yoki dengiz yonida dam olayotgan holatda uchratar edilar. Ular bir-birlarining hayotini butunlay oʻzgartira oldilar. Oradan ikki oy oʻtib esa Abdulla Raniyaning qoʻlini soʻradi.

Bu kabi nikoh koʻpchilikni hayratga solib qoʻydi. Abdullaning otasi qirol Xusaynning 4 nafar xotini boʻlib, ularning kattasi oliynasab arab qizi, ikkinchisi britaniyalik qiz (Abdullaning onasi), falastinlik va amerikalik qizlar edi. Ammo oʻzi ham boshqa millat vakillarigina uylangan qirol ularning nikohiga ortiqcha qarshilik qilib oʻtirmadi.
Qirol yoshlarga oq fotiha berdi. Toʻyga tayyorgarlik ishlari boshlanib ketdi. Toʻy marosimi 1993 yilning 10 iyun kuni Zaxran (arab tilidan tarjima qilganda "Ochilgan gul" degani) saroyida boʻlib oʻtdi. Kuyov bu paytlarla taxt vorisi emasdi. Ammo shunga qaramasdan u qirolning toʻngʻich farzandi edi, bu esa uning toʻyi haqiqiy qirollarga hos boʻlishi kerakligini anglatardi. Hashamatli kortej, oliynasab mehmonlar, bir necha qavatli tort, gul sochuvchi kichik qizaloqlar - barchasi eng oliy darajada boʻldi. Bu oʻrinda ularning toʻy marosimi boshqa qirollik oʻlkalaridagi marosimlardan aslo qolishmadi.

Kelinning oʻzi ham juda chiroyli boʻlib ketdi. Britaniyalik dizayner Bryus Oldfild libosida toʻyga kirib kelgan Raniya oʻz ismini toʻy modasi tarixiga butun umrga muxrlab qoʻydi. Oq rangli hashamatli libos tilla kashtalar bilan bezalgan edi. Ular ustida ishlash uchun esa dizayner Viktoriya va Albert muzeyiga borib, anʼanaviy toʻy koʻylaklarini obdon koʻzdan kechirgan ekan. Kelin odatiy tiaradan voz kechdi, uning oʻrniga esa sochlariga oʻziga hos toʻgʻnagʻich taqdi. Unga esa uzun fata ulab qoʻyildi. Kelinning soch turmagi shunchalar baland boʻlib ketgan ediki, bunday turmak bilan mashinadan tushib qolishi ham muammoga aylangan ekan.

Anʼanaviy marosimdan keyin qabul boshlandi. Buning uchun kelinchak Bryus Oldfild tomonidan yaratilgan kalta yengli libos tanladi. Toʻy koʻngildagidek oʻtdi, ammo bu boʻlgʻusi qirol va qirolichaning toʻyi ekanligini birov tahmin qilmagandi ham.

Aytishlaricha, 1993 yilda Abdullaga turmushga chiqish uchun rozilik bildirgan Raniya kelgusida hech qachon qirolicha boʻlmasligini yaxshi bilgan, shu sababli shahzodaga turmushga chiqqani bilan sokin hayot kechirish umidida boʻlgan. U oʻz yori bilan qasrdan anchagina uzoq boʻlgan uyga koʻchib oʻtishdi, odamlardan va ortiqcha eʼtibordan uzoqda, oila davrasida hayot kechira boshladilar.

Raniya qaynotasi - qirol Xusayn bilan juda yaxshi aloqada boʻlgan, uni oʻta hurmat qilgan, samimiy munosabatda boʻlgan. Shu sababli ham dunyoga kelgan ilk farzandlariga aynan uning ismini berdilar. Bu qirolning eʼtiboridan chetda qolmadi. U oʻz oʻgʻli va keliniga koʻproq eʼtibor berishni, Abdulladan ajoyib qirol, Raniyadan esa betakror qirolicha chiqishi mumkinligini oʻylay boshladi.
1999 yilga kelib qirolning salomatligi yomonlashib ketdi. Uning ukasi oʻzining toj kiyish marosimiga tayyorgarlikni boshlab yubordi, xotini esa saroyni qaytadan qurishga buyruq berdi. Ammo shu paytda hech kim kutmagan hodisa roʻy berdi. Qirol ukasidan taxt vorisi nomini olib, oʻzining katta oʻgʻlini merosxoʻr deya eʼlon qildi. Bu uning oʻlimidan ikki hafta avval yuz bergandi.



Qirol vafot etdi. Taxtga oʻgʻli koʻtarildi. Uning yonidagi Raniya esa qirolicha maqomini oldi. Bu paytda Raniyaning yoshi atigi 28 da edi.
Raniya va Abdulla hikoyasi 20 yildan ortiqroq vaqt mobaynida davom etib kelmoqda. OAV ularni bir necha bor "ajrashtirib" ham, "yarashtirib" ham koʻrdi. Ammo bu kabi urinishlarning hech biri ularninng ittifoqini buza olmadi.


Raniyaning siyosiy taʼsiri yoʻq, ammo unda turmush oʻrtogʻining – qirolning muhabbati bor. Bundan tashqari u oʻz siyosiy qarashlarini ochiqchasiga namoyon qila oladigan jasoratli ayol. U boshqa qirollik oilasi ayollaridan farqli ravishda ijtimoiy tarmoqlarda ham juda faol.


Ayni paytla qirolicha bolalar, ayollar va tenglik uchun kurash olib boradi, hayriya bilan shugʻullanadi.
Bugungi kunda Raniyani nafaqat sharq ayoli, balki betakror rafiqa, ajoyib ona, yuksak did sohibasi, oʻqimishli inson va bagʻrikeng odam sifatida biladilar. Vaziyat qanday boʻlmasin u hamisha turmush oʻrtogʻining yonida, uni qoʻllab-quvvatlaydi, kuch va dalda berishni biladi, oʻzini uning ayoligina emas, yordamchisi deb hisoblaydi. Bu esa dunyodagi har bir ayol uchun iborat qilib koʻrsatsa arziydigan sifat, bizningcha.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



