Oʻzbekistonda eng qimmat osh qaysi viloyatda?

Oʻzbekistonda "Big Mak" indeksining muqobili - "Palov indeksi" joriy etildi. Statistika qoʻmitasi qaysi viloyatda osh eng qimmat sotilishini xabar qildi.
Yangi indeksni hisoblashda turli viloyatlarda mol goʻshti (700 gr), guruch (1 kg), sabzi (1 kg), piyoz (300 gr), yog; (300gr) va ziravorlar narxlari hisobga olingan.

Tayyor palov narxlari har bir shaharda 3 tadan oshxonalar orqali aniqlab oʻrtachasi olingan.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekistonda eng qimmat osh Samarqand shahrida ekan - 20.000 soʻm bir portsiyasiga. Undan keyin Buxoro (16.000 soʻm), Toshkent shahri (15.500 soʻm), undan keyin Jizzax va Qashqadaryo (15.000 soʻmdan).
Qoʻmita ushbu indeksni doimiy ravishda eʼlon qilib borishini taʼkidlagan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



