Oshxona

Bosh ogʻrigʻini qoldirishda samarali tabiiy muolajalar haqida maʼlumotlar

Bosh ogʻrigʻini qoldirishda samarali tabiiy muolajalar haqida maʼlumotlar

Qon bosimi bilan bogʻliq kuchli bosh ogʻrigʻida quyuq damlangan shirin choy yordam beradi.

Koʻk choy qon bosimini pasaytiradi, chunki u badandagi yogʻlarni eritadi va qon tomirini kengaytiradi.

Bir choyqoshiqdan koʻk choy, quritilgan yalpiz, choyqoshiq uchida dolchin olinib, bir stakan suvda damlanadi va 3 dona qand solib ichilsa, bosh ogʻrigʻiga barxam beradi.

Bosh ogʻrigʻini qoldirishda samarali tabiiy muolajalar haqida maʼlumotlar

Gipotoniyada ham holsizlanish, bosh ogʻrigʻida namatakli tetiklashtiruvchi choy damlab ichish lozim. Qon bosimi past kishilar zanjabil va kashnich ziravorlaridan ham qoʻshishlari maqsadga muvofiqdir.

Lavlagi ildizini asal bilan qaynatib, isteʼmol qilinsa, bosh ogʻrigʻi dardiga davo boʻladi.

Akas daraxti bargi yoki gulini qaynatib ichish ham bosh ogʻrigʻidan halos etadi. 

Bosh ogʻrigʻini qoldirishda samarali tabiiy muolajalar haqida maʼlumotlar

Karam yaprogʻ suvi chiqquncha tuyib, peshonaga, ikki chakkaga, bilak hamda quloq orti chuqurchasiga bogʻlansa, birozdan keyib bosh ogʻrigʻi toʻxtaydi.

Kartoshka tarkibida mavjud boʻlgan moddalar ham bosh ogʻrigʻiga davo ekanligi maʼlum. Bosh ogʻrigʻini qoldirish uchun, archilgan hom kartoshkani qirgʻichdan oʻtkazib, sharbatini siqib olib, shu sharbatdan 2-3 marta yarim stakandan ichilsa, bosh ogʻriqlari tezda yoʻqoladi.

Bosh ogʻrigʻini qoldirishda samarali tabiiy muolajalar haqida maʼlumotlar

Migren huruj qilganda limon poʻsti bilan chakkangizni arting. Efir moyi terini biroz achitishi mumkin. Bu qonning tomirlar boʻylab tezroq aylanishiga yordam berib, mushkulingizni oson qiladi.

Gipotoniyadda har kuni qizil lavlagi pishirib tanovul qilish lozim. Shu bilan birga lavlagi qonni ham tozalaydi.

Koʻk choy asabni tinchlantirish hususiyatiga ega. Bundan tashqari u tana haroratini qishda oshiradi, yozda esa salqin saqlaydi.

Bosh ogʻrigʻini qoldirishda samarali tabiiy muolajalar haqida maʼlumotlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar