Qiziqarli

Insonni hayratga gʻarq qiluvchi restoranlar

Insonni hayratga gʻarq qiluvchi restoranlar

Ithaa Undersea suv osti  restorani - Maldiv orollarida joylashgan boʻlib, muassasa besh metr chuqurlikda joy egallagan. Restoranning tomi mustaxkam shaffof akrildan tayyorlangan, shu sabab ham tashrif buyuruvchilar suv osti dunyosidan bahramand boʻlishlari, baliq va suv osti dunyosi hayvonlarini tomosha qilishlari mumkin.

Insonni hayratga gʻarq qiluvchi restoranlar

Niderlandiyada Culi Air havo shari oshxonasida havoda sayr qilib, ovqatlanishingiz mumkin. Bu gʻaroyib oshxonada bir nechta xodimlar, bosh oshpaz va ushbu zavqli tamaddini tanlagan 14 ta mehmonlar uchun ajratilgan joylar mavjud. 

Insonni hayratga gʻarq qiluvchi restoranlar

Grotta Palazzese restorani (Italiya) xaqiqiy gʻor ichida qurilgan. Restorandan dengizining ajoyib manzarasi koʻrinib turadi. Muassasaning devori va ombori ohaktoshdan boʻlib, barcha mebellar tabiiy materiallardan tayyorlangan va atrof-muhitga mos ravishda oʻta ehtiyotkorlik bilan tanlangan.

Insonni hayratga gʻarq qiluvchi restoranlar

Balining Safari bogʻida joylashgan "Tsavo Lion" restoraniga tashrif buyurgan kishilar albatta zavq-shavqqa ega boʻladilar. Faqatgina ushbu muassasada mehmonlar sher, yoʻlbars, jirafa va faunaning nigohlari ogʻushida ovqatlanishlari mumkin. Albatta, xavfsizlik nuqtai nazaridan xona shisha bilan oʻralgan, ammo bu tashrif taassurotlariga xalaqt qilmaydi.

Insonni hayratga gʻarq qiluvchi restoranlar
Insonni hayratga gʻarq qiluvchi restoranlar

Ushbu ajoyib muassasa Finlyandiyaning Kemi shahridagi Snowcastle mehmonxonasida joylashgan. Restoran ichida muz stollari, kiyik moʻynalari bilan qoplangan oʻrindiqlar, shuningdek muzli haykallar mavjud. Shu bilan birga, u oʻziga 100 kishini qabul qilishi mumkin, shuning uchun toʻy va ziyofatlar ham koʻpincha bu yerda oʻtkaziladi.

Insonni hayratga gʻarq qiluvchi restoranlar

Ali Barbour gʻori restorani Keniyada joylashgan. Muassasa sayoz gumbaz ichida joylashgan boʻlib, undan kechasi yulduzli osmonning goʻzal manzarasi koʻrinib turadi. Romantik uchrashuvlar uchun bu yerdan ajoyib joy topish juda qiyin!

Insonni hayratga gʻarq qiluvchi restoranlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar