Qiziqarli

Buyuk Britaniya haqida qiziqarli faktlar

Buyuk Britaniya haqida qiziqarli faktlar

1.       Buyuk Britaniyada mashinalar oʻn tomon boʻyicha emas, chap tomonda harakat qilishadi.

2.       Buyuk Britaniya gerbiga fransuz tilida “Xudo va mening huquqim” soʻzlari yozilgan.

3.       Edinburg dunyoda shaxsiy yongʻin xavfsizligi xizmatiga ega boʻlgan birinchi shahar sanaladi.

4.       Shotlandiyada dunyodagi eng qisqa aviareys mavjud. U Vestra orolidan Papa Vestra oroliga olib boradi, davomiyligi1 daqiqa-yu 14 soniyani tashkil qiladi.

Buyuk Britaniya haqida qiziqarli faktlar

5.       Buyuk Britaniyada yagona konstitutsiya hujjati mavjud emas.

6.       Buyuk Britaniyada “Navbatda turuvchi shaxs” nomli kasb ham mavjud.

7.       Shotlandiyada biror yigit qizga uylanish taklifi bilan chiqsa-yu, biroq keyin bundan bosh tortsa buning uchun jarima toʻlashga majbur boʻladi.

8.       Britaniya orollarini “Tumanli Albion” deb ham atashadi. Angliyaga bunday nom berilishining sababi uning oppoq qorli qoyalaridadir.

Buyuk Britaniya haqida qiziqarli faktlar

9.       Ayni paytda buyuk Britaniyada eng ommabop suhbat mavzusi- sport va iqlim oʻzgarishlari haqida ekan.

10.       Dunyo markalarida mamlakatlar nomi lotin harflarda koʻrsatilgan. Biroq faqatgina bitta mamlakat Yaʼni Buyuk Britaniya bu majburiyatga boʻysunmaydi. Sababi markalarning oʻzi ham aynan mana shu mamlakatda paydo boʻlgan.

11.       Ushbu oʻlkadagi ayrim restoranlar xisob-kitob qilishni kartalar bilan emas, balki naqd pul bilan amalga oshirishni talab qiladi.

12.       Parlamentning quyi palatasi-oʻlkadagi qirolicha kira olmaydigan yagona joy sanaladi. Sababi ingliz qirolichasi palataning aʼzolaridan emas.

Buyuk Britaniya haqida qiziqarli faktlar

London juda koʻp jihatdan mamlakatning eng ajoyib hududi sifatida taxsinga sazovordir. Bu yerdagi muzeylar, tarixiy qadamjolar va teatrlarning son-sanogʻi yoʻq.

Agar ingliz anʼanalari bilan tanishish istagingiz boʻlsa, qadimiy Oksford va Kembridj universitetlariga tashrif buyurishingiz mumkin.

Glazgo shaxri ham turistlar orasida juda mashhur. Bu yerdagi teatrlar sanʼat ixlosmandlarini hamisha oʻziga rom qilib kelgan.

Bundan tashqari Big Ben soatlari, Vestminister saroyi, Bukingem qasri va afsonaviy Madam Tyusso muzeyi ham bu diyorning eng ajoyib maskanlaridandir.

Buyuk Britaniya haqida qiziqarli faktlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar