Sirivannavari Nariratana: Tailandning goʻzal malikasi haqida

Malikaning 4ta akasi bor. Sirivannavarining ota-onasi 1994-yilda turmush quradilar, ammo oradan koʻp oʻtmay, ajrashib ketishadi. Qirol oʻz rafiqasi va bolalarini oliy unvonlardan mahrum qiladi. Malika ajrimdan soʻng onasi va akalari bilan Angliyaga kelgan va shu yerda yashagan.
Ammo otasi tez orada qizini Tailandga qaytarib olib keladi. Sirivannavari bobosi-qirol Rama IX buyrugʻiga koʻra, malika nomini qaytarib oladi.

Qiz Bangkokdagi sanʼat fakultetiga oʻqishga kiradi va 2008 yilda bu oʻqishni “Moda va tekstil” yoʻnalishi bilan tamomlaydi. Keyin esa Christian Dior, Balmain, Salvatore Ferragamo, Georgio Armani, Bulgari modalar uyida malaka oshirdi.

2007-yilda malika fransuz modeleri Perr Balmendan Parijdagi modalar namoyishida qatnashish taklifini oldi. Uning ilk kolleksiyasining nomi “Oʻtmish jilolari” boʻlgan. Qiz oʻz liboslarida Tailand kiyimlariga zamonaviy koʻrinish berishni uddaladi.Oradan bir yil otib, Parijda shaxsiy kolleksiya namoyishi boʻlib oʻtdi.
2008 –yilda malika “Forbes” jurnali versiyasiga koʻra, qirollik oilalari vakillari orasida eng chiroyli insonlar reytingining 16-oʻrnini band etdi.

Sirivannavari badmintondan tashqari ot sporti va velosport bilan ham shugʻullanadi. 2013 yilning sentyabr oyida u fransuz chavandozlar maktabida ot sporti boʻyicha murabbiylik sertifikatini olgan.
Malika oʻzining shaxsiy hayoti tafsilotini birovga oshkor qilishni yoqtirmaydi. Paparatsiyalar faqatgina bir marta Roland-Garros tribunalarida qizni koʻrkam yigit bilan koʻrishgan. Ammo uning kim ekanligi sirligicha qolgan.

“Men qirollik maʼsuliyati nima ekanligini yaxshi bilaman. Zimmamda ana shu maʼsuliyat, shaxsiy ishlarim yuki bor. Doʻstlarim va boshqa muhim insonlar bilan uchrashaman. Bu men uchun kundalik yumushlarning bir qismi. Ammo ushbu uchrashuvlar hashamatli davrada oʻtmaydi. Qayerda boʻlishimdan qatiiy nazar Tailandlik qiz ekanim hamisha yodimda”, deydi malika.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



